1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi


Jahon mamlakatlarida ta’lim muammolarini hal etish



Yüklə 55,73 Kb.
səhifə5/18
tarix01.12.2022
ölçüsü55,73 Kb.
#120285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi

Jahon mamlakatlarida ta’lim muammolarini hal etish1961 yilda «Bosh yangi ba’zis» tamoyillari asosida AQSH o’rta maktablarini isloh qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to’rt yil), matematika (to’rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil)kabilardan iborat besh yo’nalishdagi majburiy ta’lim joriy qilindi. Har bir yo’nalish o’z navbatida bir necha qismga bo’linadi. Masalan, matematika, algebra, trigonometriya, ish yuritish, kompyuter texnikasini qo’llashdan iborat. Barcha majburiy predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritildi. 1985 yildan e’tiboran barcha yuqori bosqich kollejlarining 90 foizi shu besh ba’zisli tamoyillar asosidagi dasturlar bilan ish olib bormoqdalar. Natija: majburiy tayyorgarlik bo’yicha ta’lim hajmi qisqardi, shu bilan bir qatorda dastur chuqurlashtirilib o’rganiladigan kurslar hisobiga tig’izlashdi. 80-yillarda majburiy ta’lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar ba’zislari asosida ish olib borilmoqda. Ta’limning boshqa turlari esa ixtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo’ldi. Amerikadagi ko’zga ko’ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O’quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta’lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o’quv rejasi va dasturini ta’lim muassasalarining o’zlari belgilaydilar. 24 Mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o’quv soatlari o’qitilishi shart bo’lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili va adabiyoti, matematika, din darsi, jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O’quv soatlarining boshqa qismi esa o’qitilishi shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy, matematik mazmundagi) ajratiladi. 80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik g’oyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. Fransiya boshlang’ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo’linadi. Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o’quv dasturida bir qator farqlar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi o’quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o’rganish ham kiritilgan. Yapon xalqida «Hamma narsa unitilganda ham ta’lim esda qoladi» degan hikmatli gap bor. Aftidan, rivojlangan davlatlarda o’quv dasturining rivojlanishi mana shu yo’nalish asosida qurilmoqda. To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSHda bu xizmatga ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlari ham safarbar etilgan, milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlar tashkil etdi. O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet mamlakatlarning ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda. Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda. Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobar ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmoqda. Ular o’quvni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.

Yüklə 55,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin