1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi


Hindiston talim tizimi va uning qiyosiy tahlili



Yüklə 55,73 Kb.
səhifə7/18
tarix01.12.2022
ölçüsü55,73 Kb.
#120285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi

Hindiston talim tizimi va uning qiyosiy tahlili. Hindiston mustaqillikka erishgan paytda mamlakat aholisining 965 savodsiz bo’lgan. 1949 – yilda qabul qilingan konstitutsiya bo’yicha 6 yoshdan 14 yoshgacha to’lgan bolalar uchun bepul majburiy ta’lim joriy etildi. 2005 – yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Hindistonda xalq ta’limi tizimi maktabgacha ta’lim tizim, boshlang’ich va kichik asosiy maktab, to’liqsiz o’rta va to’liq o’rta maktabdan iborat. Oliy o’quv yurtlarida o’qish muddati 5 – 6 yil va o’qish pullik. Mamlakatda 219 ta universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Oliy o’quv yurtlari: Bombey universiteti, Kalkutta universiteti, Chennoy universiteti. Asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona, Dehlidagi ommaviy kutubxona, Chennoydagi ommaviy markaziy kutubxonalar bor.
Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim tizimi Hududi: Xitoy Xalq Respublikasi - dunyoning eng katta davlatlaridan biri bo’lib, uning hududi 9,6 mln kv.km ga teng. Aholisi: Xitoy aholisi qariyib 1,5 mld. kishiga teng. Aholining 90% dan oshig’ini – xitoyliklar, qolgan qismini boshqa millat vakillari tashkil etadi. Xitoy ta’lim tizimi o’ziga maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, to’liqsiz o’rta ta’lim, o’rta ta’lim, universitet, aspirantura bosqichlarini qamrab olgan. Xitoy Xalq Respublikasining “Majburiy ta’lim” to’g’risidagi qonuniga muvofiq, 9 – yillik ta’lim davlat tomonidan majburiydir. 36 Xitoy boshlang’ich maktablarida 140 mln. ga yaqin bolalarni o’qishi yo’lga qo’yilgan. Har yili boshlang’ich maktablariga 6 yoshli bolalarning 98.8%i qabul qilinadi. O’rta maktablarda 60 mln. o’quvchi o’qiydi, oliy ta’lim muassasalarida esa talabalar soni 3 mln. dan ortiqni tashkil etadi. O’quv yili 1 – sentabrdan boshlanib, iyul oyining boshlarida yakunladi. Ta’limda talabalar bilimini baholash uchun kredit tizimi amal qiladi. O’quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion pedagogik texnologiyalar tatbiq qilingan. Shanxay Universiteti haqida Shanxay universiteti Xitoyning eng nufuzli, yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda universitet mamlakat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlari uchun zarur bo’lgan, zamonaviy talablarga to’liq javob beradigan mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Universitetda 58 ta bakalavr dasturi, 64 ta magistr dasturi, muhanddislik ilmiy darajasi uchun 7 ta mutaxassislik dasturi, axborot muhanddislik, matematika, elektronika va kommunikatsiya, metallurgiya, dinamika sohalarini qamrab olgan 7 ta nomzodlik va 16 ta doktorlik dasturlari mavjud. Bundan tashqari Shanxay universiteti 2010 kishilik professor – o’qituvchilar kontingentiga ega, ulardan 337 tasi professor va 687 tasi fan nomzodlaridir. Ushbu professorlardan 7 tasi Xitoy muhanddislik akademiyasi va Xitoy fanlar akademiyasi akademiklaridir. Bugungi kunda Shanxay universitetida 30 mingdan ziyod talabalar tahsil oladilar. Ushbu universitetning 72 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud. Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish qadimiy an’analardan biridir. O’tgan asr boshlarida Vilgelm Fon Gumbold Pruss universitetlarni isloh qildi, o’shandan beri “tadqiqot va o’qitish birligi” ularning hayotiy tamoyillariga aylanib qolgan. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishda va juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniya ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.

Yüklə 55,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin