1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi



Yüklə 55,73 Kb.
səhifə1/18
tarix01.12.2022
ölçüsü55,73 Kb.
#120285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi


1.Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi.
Jyulen 1848 yilda vafot etdi. Deyarli bir asrga yaqin vaqt ichida uning publististik va ilmiy merosi esga olinmadi. Faqat 1935 yilda uning “Qiyosiy tarbiya bo’yicha tadqiqotlarga oldindan eslatmalar va ocherk” nomli (1817) kichik broshyurasining Parijdagi eski kitoblar do’koni peshtaxtasidan tasodifan topilishi, uning ismini xalq xotirasidan butunlay o’chib ketishining oldini oldi. Uning ijodiga qiziqishni qayta uyg’otdi. Aynan shu asarda «qiyosiy tarbiya» va «qiyosiy pedagogika» atamalari ilk bor qayd qilingan edi. Jyulen fikriga ko’ra, qiyosiy pedagogikaning vazifasi Yevropada, keyinchalik esa butun dunyoda ta’lim-tarbiyaning eng oqilona tizimini yaratish maqsadida turli mamlakatlarning pedagogik tajribasini o’rganishdan iborat. Pedagogika ijobiy fanga aylanishi uchun,- deb yozgan edi Jyulen,- turli mamlakatlarning dalillangan materiallari tahliliga asoslangan bo’lishi lozim. Turlituman dalillar to’planishi tartibga keltirilishi va ularni tizimlashtirish usullari aniqlanishi zarur. Bu omillarsiz pedagogik faoliyat va uning natijalari sub’ektiv, cheklangan qarashlarga, o’sayotgan avlod ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar fikri va irodasiga bog’liq bo’lib qolaveradi. Jyulen batafsil ma’lumot olish maqsadida, katta, so’rovnoma (250 dan ko’proq savollar) tuzdi. Bu so’rovnoma maktab faoliyatining turli jihatlariga aloqador edi. So’rovnomani Yevropaning turli davlat hokimyatlariga yuborishni taklif qiladi. So’rovnomaning ayrim savollarida miqdoriy va daliliy ko’rsatkichlar to’plash maqsadi ko’zda tutiladi. (Masalan, sinf mashgulotlarining kunlik davomiyligi, o’quv yili necha oydan iborat, imtihon o’tkazish tartibi qanday, turli o’quv muassasalarida bitiruvchilarga qanday turdagi diplom yoki shahodatnoma beriladi kabi). Shuningdek, sezilarli darajada murakkab savollar ham mavjud bo’lib, ular bugungi kunda ham fanda muammoli masalalardan hisoblanadi. O’quvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinishi va aniqlanishi qanday amalga oshiriladi? Mehnatsevar, itoatkor, lekin etarli layoqatga ega bo’lmagan bolalarning dars jarayonida aytarli mashaqqatsiz saboqni o’zlashtirayotgan qobiliyatli bolalardan ortda qolishi, ularda maktabga nisbatan qoniqmaslik hissining paydo bo’lishiga sabab bo’lmaydimi? kabi savollarga javob izladi. Jyulen so’rovnoma yordamida olingan ma’lumotlar qaysi davlat ta’lim taraqqiyotida etakchilik qilmoqda, qaysilari ortda qolgan, rivojlanishga to’sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish yo’llari kabi muhim masalalarga oydinlik kiritishiga umid qilgan. Prussiya bilan bo’lgan urushdagi mag’lubiyatdan so’ng, Fransiya (1870)da nemis maktabi tajribasiga qiziqish tobora ortdi. 1880-1890 yillarda E.DreyfusBrissak tomonidan uch tomli “Yangi tarbiya qiyosiy-pedagogik o’rganish” asari nashr qilindi. XX asrda yaratilgan asarlar orasida Fredelning ikki asarini alohida qayd qilish mumkin. “Xorijiy mamlakatlarda muallim tayyorlash” (1903) va “Xorijiy pedagogika”(1910). Keyingi kitobda 9 mamlakatning majburiy ta’lim shakllanishi qiyosiy tavsiflangan. Bu g’arb mamlakatlari (Angliya, Germaniya, Italiya, AQSh) maktablari bilan bir qatorda Yaponiya va Misrda ta’lim shakllanishining xarakterli jixatlarini yoritib bergan Yevropada amalga oshirilgan dastlabki asar hisoblanadi. Nemis adabiyotida pedagogik qiyoslash elementlarini aks ettirgan dastlabki asarlar XVIII asrdayoq paydo bo’ldi. 1784 yilda I.Brinkmanning “Qadimgi va zamonaviy tarbiya’ni qiyoslash va ulardan qaysi biri tabiatga ko’proq muvofiqligini ajratish” asari chop etildi. 1790 yilda Frayburg gimnaziyasi direktori F.Xekt “Angliya va Germaniya maktab tizimlari qiyosi” nomi ostida ma’ruzalar to’plamini lotin tilida e’lon qildi. Ushinskiy qo’llanilayotgan tarbiya tizimining o’zlashtirilishi muammosiga boshqacha yondashgan. Uning fikriga ko’ra, har bir mamlakatda tarbiya tizimi muammosi shunchalik o’ziga xos xarakter kasb etganki, xorij tajribasini o’zlashtirishning deyarli imkoni yo’q. Bunday g’oya Ushinskiy asarlarida aniq ifodasini topgan. Nemis, ingliz, fransuz, amerikalik tarbiya tizimidan aynan bir xil narsa talab qilmaydi. Tarbiya nomi ostida har bir xalq turlicha tushunchani qo’llaydi. Har bir xalqda o’ziga xos komil inson timsoli mavjud va ular tarbiyasidan yosh avloddan ana shunday komil inson yaratishni talab qiladi. Har bir xalqqa birdek tegishli umumiy tarbiya tizimi amaliyotda ham, nazariyada ham mavjud emas. Har bir xalqda o’zining maxsus tarbiya tizimi mavjud. Shuning uchun bir xalqning boshqasidan tarbiya tizimini o’zlashtirishining iloji yo’q.

Yüklə 55,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin