Afrika mamlakatlari ta’lim tizimi tahlili. Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi. Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari. Hozirgi JAR hududiga yevropaliklar kelgunga qadar (17-asr o'rtalarigacha) afrikalik yoshlarga ta'lim berish an'anaviy afrikacha yo'ldan borgan: yosh avlodga turmush ko'nikmalari va hayot falsafasini o'rgatar edi. Yevropalikalarning dastlabki manzilgohlari barpo etilgach, ularning farzandlari cherkov ruhoniysida diniy kitob o'qishni o'rganardi. xristian dini targ'ibotchilari (missionerlar) 18-asr oxiri-19 asr boshlarida dastlabki maktablarni ochishdi. Inglizlar avval boshdanoq bu maktablarda yevropaliklar va 85 mahalliy millat bolalarining alohida-alohida o'qishini joriy etdilar. 1995-96 yil o'quv yilida maorif ehtiyojlari uchun 8,9 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag' ya'ni davlat byudjetining 21,2 % sarflandi. Jami o'quvchilar 9,3 mln kishiga yetdi. Boshlang'ich maktab o'qituvchilari kollejlarga, o'rta maktab o'qituvchilari 17 universitet va 3 politexnika institutida tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Pretoriya, Vitvatersrand, Stellenbosh, Keyptaun universitetlari. Yirik kutubxonalari: Blumfonteyndagi ommaviy kutubxona (1875 yilda tashkil topgan), Keyptaundagi shahar (1952), Parlament (1857), Janubiy Afrika ommaviy (1818) kutubxonalari, Keyptaun universitetining kutubxonasi (1829). Asosiy muzeylari: Blumfonteyndagi milliy muzey, Janubiy Afrika tabiat tarixi muzeyi, Janubiy Afrika madaniyat tarixi muzeyi, Keyptaundagi Milliy galereya. Zambiya ta'lim tizimi. Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalar. Zambiya mustaqillikka erishgach, boshlang'ich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga o'qitila boshladi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlang'ich maktabda o'qiydi. Boshlang'ich maktabning 1-4 sinflarda darslar ona tilida, so'ng ingliz tilida olib boriladi. O'rta maktab 5 yillik. Boshlang'ich maktablar uchun o'qituvchilar kichik (to'liqsiz) o'rta maktab negizida pedagogika bilim yurtlarida 2-3 yil davomida tayyorlanadi. Kichik o'rta maktab o'qituvchilari esa to'liq o'rta maktab negizida pedagogika kollejlarida 2 yil davomida , to'liq o'rta maktab o'qituvchilari institutda tayyorlanadi. Hunar-texnika ta'limi boshlang'ich maktab negizidagi hunar maktablarida va hunarmandchilik o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Lusakada universitet (8 f-t), Kitve-Nkanada uning filiali bor. Zambiyada yana bir qancha institut va kollejlar shu jumladan Milliy ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji va b. Yirik kutubxonalari: Lusakada Zambiya universiteti kutubxonasi, Zambiya kutubxonalar boshqarmasi, shahar ommaviy kutubxona, Ndola va KitveNkanada ommaviy kutubxonalar bor. Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy-muzeyi, Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar.