1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi


Rossiya olimlarining qiyosiy pedga qo’shgan hissasi



Yüklə 55,73 Kb.
səhifə16/18
tarix01.12.2022
ölçüsü55,73 Kb.
#120285
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi

Rossiya olimlarining qiyosiy pedga qo’shgan hissasi . Ushinskiy qo’llanilayotgan tarbiya tizimining o’zlashtirilishi muammosiga boshqacha yondashgan. Uning fikriga ko’ra, har bir mamlakatda tarbiya tizimi muammosi shunchalik o’ziga xos xarakter kasb etganki, xorij tajribasini o’zlashtirishning deyarli imkoni yo’q. Bunday g’oya Ushinskiy asarlarida aniq ifodasini topgan. Nemis, ingliz, fransuz, amerikalik tarbiya tizimidan aynan bir xil narsa talab qilmaydi. Tarbiya nomi ostida har bir xalq turlicha tushunchani qo’llaydi. Har bir xalqda o’ziga xos komil inson timsoli mavjud va ular tarbiyasidan yosh avloddan ana shunday komil inson yaratishni talab qiladi. Har bir xalqqa birdek tegishli umumiy tarbiya tizimi amaliyotda ham, nazariyada ham mavjud emas. Har bir xalqda o’zining maxsus tarbiya tizimi mavjud. Shuning uchun bir xalqning boshqasidan tarbiya tizimini o’zlashtirishining iloji yo’q. Ushbu xolatda Ushinskiy turli xalqlarning o’ziga xos milliyligini mutloqlashtirgan deb tushunish mumkin. U yoki bu shaklda barcha xalqlarda mavjud; tarbiya usullari, mazmuni va maqsadiga qat’iy kiritiluvchi umuminsoniy qadriyat va g’oyalarni umumlashma sifatida talqin qilib, asosiy o’rinda muhokama qilmaydi. Ushinskiyning xorijiy pedagogika tajribasini o’zlashtirish muammosiga oid qarashlarini mavhum ko’rinishda, Rossiyada bir necha o’n yillar davom etgan taraqqiyot yo’lini belgilashga oid munozoralarni e’tiborga olmay ko’rib chiqilsa, tushunish mushkullashadi. Milliy o’ziga xoslikni Rossiya ta’limi rivojlanish shartlariga nomuvofiq g’arb stereotiplarining mexanik ravishda o’zlashtirilishiga qarshilik qiluvchi maxsus tayanch sifatida ko’rish mumkin. Lekin masalaning mohiyati Rossiya’ning o’ziga xosligidagina emas. Ushinskiy turli mamlakatlarning pedagogik amaliyotining eng yaxshi namunalarini birlashtirib, barcha xalq va mamlakatlar uchun yagona bo’lgan ideal tarbiya tizimi yaratish imkoniyatini inkor qiladi. Tarbiya’ning umumiy tizimi amaliyotda ham, nazariyada ham mavjud emasligini ta’kidlab shunday yozadi: “Har bir xalq tarbiya tizimidan munosib jixatlarni o’zlashtirib yagona, umumiy va mukammal tarbiya tizimi yaratish mumkinmi? Bo’lishi mumkin. Nemislardan ilmiy va falsafiy taraqqiyot boyliklarini, inglizlardan mulohazakorlik va xarakterni, fransuzlardan texnik tafakkurni etkazib bera olish salohiyatini, amerikaliklardan ijtimoiy ta’lim 12 to’g’risida davlat miqiyosida umumiy jarayonni tezkorligini olish kabi har bir davlatdan bir tushunchani olib shunday tarbiya tizimini yaratish mumkin. Lekin bu bilan, ya’ni shu maqsadga erishib, insoniy mukammallikning oliy idealini yarata olamizmi? Ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, bunday terma tarbiya tizimi, agar mumkin bo’lsa ham, boshqa oddiy tizimlardan kuchsizroq bo’ladi. Bunday tizim xalqlarning ijtimoiy ta’raqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmasligi aniq”. Jahon pedagogik jarayonining kelgusi rivojlanish bosqichlari Ushinskiy fikrini deyarli tasdiqlaydi. Sun’iy ravishda ta’lim tizimining qandaydir unversal modelini yaratish, uni butun jahon bo’ylab amaliyotga tatbiq qilish ya’ni “pedagogik esperanto” yaratishga intilish muqarrar omadsizlikka yuz tutar edi. Ammo bularning bari xorij tajribasini o’rganishdan voz kechishga aslo yo’naltirilmaydi. Ma’lum sub’ekt uchun qaysi fan va sa’nat foydaliroq yoki foydasiz ekanligini ham bildiradilar. Bu ham yetmagandek inson ruhini murakkab modda kabi xotira, ong va his-tuyg’uga bo’lib yuborgan. Bularning qaysi biriga qancha mashq kerakligini ham bildiradi. – Bularning bari aslo hazil ham, paradoks ham emas, balki men Germaniyada loaqal uning bir shahri Frankfurktda maktablarni o’rganish uchun kuzatganim kabi maktablarni o’rganayotgan erkin odam ishonch hosil qiladigan haqiqatdir. 13 Tolstoy xorijdan Yevropa maktablari tuzilmasi bilan tanishuv xech qanday ijobiy natija bermadi degan qat’iy ishonch bilan qaytib keldi. U y yerda ko’rganlarining bari unda keskin e’tiroz tug’dirdi. Rus qishlog’ining bolalariga ta’lim berishni nemis-protestent, na klassik, na iezuit, na tarbiya’ning yangi nazariy tuzimini qo’ya olaman. Ammo rus tajribasini ham inkor etadi. “Ruscha bo’lmagan nazariyalar begona, ularni rus o’quvchilari uchun qo’llash imkonsiz. Ularning beqarorligi, samarasizligi, o’ylashimcha, xorijliklarning o’zlari tomonidani isbot qilingan. Rus tizimini qo’llash ham men uchun imkonsiz. Buni yo’q bo’lib ketgan musiqa asbobi chalishni bolalarga nazariy jixatdan o’rgatishga qiyoslash mumkin.” Bundan boshqacha bo’lishi mumkin edimi? Axir Tolstoyning pedagogik dunyoqarashda “erkin tarbiya” g’oyalari ustivor edi. G’arbda esa maktab xayotini barcha tomonidan qa’tiy me’yorlarga solingani; Maktab ta’limi bolalarining xaqiqiy qiziqish va talablaridan ajratib qolganligining guvohi bo’ldi.


Yüklə 55,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin