1. qо‘llarning to`G`ri holati


DIRIJOR QО‘LLARNING ERKINLIGI



Yüklə 108,46 Kb.
səhifə2/5
tarix03.01.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#121950
1   2   3   4   5
derejorlik2

DIRIJOR QО‘LLARNING ERKINLIGI


Ba’zan konsertlarda ikkala qо‘li bilan takt belgilab, musiqaning sur’at va metrini faqat mexanik tarzda kо‘rsatuvchi dirijorlarni kо‘rish mumkin. Ularning har ikkala qо‘li takt berish bilan band bо‘ladi. Shu bois, ularda boshqa vazifalarni bajarishga imkoniyat yо‘q. Asarning badiiy jihatlarini kо‘rsatishda chap qо‘ldan samarali foydalanish о‘rniga u bilan о‘ng qо‘l harakatlarini qaytarar ekan, dirijor о‘z texnikasini qashshoqlanishiga yо‘l qо‘yadi.
Parallel ravishda chap qо‘lni ham takt berishga ishlatgach, ijro qilinayotgan musiqaning badiiy sifatlarini kо‘rsatishga imkoni qolmaydi. Aftidan, ba’zi dirijorlar bunday ahvolning be’maniligini anglab, gohida faqat о‘ng qо‘llarini takt kо‘rsatish uchun ishlatadilar. Biroq, bu ahvolda chap qо‘l nima ish bajaradi? Avvaliga u partitura sahifalarini varaqlaydi, sо‘ngra noaniqlik bilan sust tarzda taktlash jarayoniga qо‘shiladi, u yog‘iga yana varaqlash uchun pastga tushiriladi, ba’zi hollarda chap qо‘l dirijor tanasida ojiz bir ahvolda osilib turadi va orkestrni boshqarish jarayonida umuman ishtirok etmaydi ham yoki — yana о‘ng qо‘lga qо‘shilib takt belgilashga tushadi. Har qanday alohida vaziyatda harakatning qanday turini qо‘llash kerak? Bu avvalo musiqaning xarakteri, dinamikasi, fakturasi, asarning har qanday qismidagi tempga bog‘liq. Bundan tashqari harakatning uyg‘unligi, uning mutanosibligini belgilashda dirijor faqat о‘ziga qulay va erkin bо‘lishini va nihoyat, harakatning yaqqol kо‘zga tashlanishini hisobga olishi kerak. Shu bois dirijorning qо‘l harakatlari plastik, oddiy, ifodali, musiqaga muvofiq tushunarli va aniq bо‘lishi lozim. Qо‘l harakatlari vositasida Dirijor ijrochilar jamoasiga о‘zining qalb kechinmasini, о‘y-fikrlarini yetkazadi. Qolaversa, ijrodagi muhim bо‘lgan badiiy vazifalarni yuklaydi.
О‘ng qо‘l ham, chap qо‘l ham istalgan vazifani bajarishiga qaramay, dirijorlik amaliyotida har ikkala qо‘lga alohida talablar qо‘yiladi. Shu bois ularni alohida jihatlarini kо‘rib chiqamiz.

Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin