1. qо‘llarning to`G`ri holati



Yüklə 108,46 Kb.
səhifə3/5
tarix03.01.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#121950
1   2   3   4   5
derejorlik2

3. О‘NG QО‘L

Dirijorlikda boshqaruv vazifasini bajaruvchi о‘ng qо‘l avvalo taktlash, ya’ni vazn qismlarini kо‘rsatish, asarning vazn tuzilishini namoyon qilishga mо‘ljallangan. Shu bilan birga u cholg‘ular yoki ovozlar ijrosiga navbat beradi, aksentlar, fermatalar, sinkopalarni belgilaydi, tempni aniqlaydi, harakat harakterini, dinamikasini aks ettiradi. Bundan kо‘rinib turibdiki о‘ng qо‘l mexanik ravishda emas, balki ijro etilayotgan musiqaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlaydi. О‘ng qо‘l — yetakchi, ishonchli, tashabbuskor, «qat’iyatli» qо‘ldir. Va nihoyat, hammaning diqqat markazida bо‘lgan, dirijorning ritmik kо‘rsatmalarini aks ettiruvchi tayoqcha ham aynan о‘ng qо‘lda bо‘ladi. Demak chap qо‘l taktni belgilashda muhim о‘rin tutmasligi о‘z-о‘zidan ayon bо‘ladi. Zamonaviy dirijorlik texnikasi har ikkala qо‘llar harakati bilan belgilanishidek eskirgan va foydasiz odatdan allaqachon voz kechgan. Igor Markevichning qayd qilishicha, parallel ravishda takt belgilash bamisoli pianinochi bir xil balandlikdagi faqat unison ohangdoshligini chalishni bilganidek ma’nisizdir.

  1. CHAP QО‘L


Chap qо‘l cholg‘ular, ovozlar, orkestr guruhlariga, xor va yakkaxon partiyalarni ijroga yо‘llovchidir. U ijroning dinamik qirralarini ifoda etadi. Bundan tashqari, asosan chap qо‘l yordamida musiqiy bayon ajratiladi, jumlalar ayricha kо‘rsatib о‘tiladi, jarangdorlik, alohida pauzalar ifodalanadi, musiqiy shakl uyg‘unlik, faktura о‘zgarishi kо‘rsatib boriladi. Yuqorida aytilganlar о‘ng qо‘l yoki har ikkala qо‘l bilan bir vaqtning о‘zida bajarib bо‘lmaydi degani emas. Biz faqat dirijor qо‘llashi mumkin bо‘lgan harakatlar va ularning xilma-xilligini ta’kidlab, ular erkinligi va muvofiqligi haqida, ayni vaziyatda esa — qо‘llar mustaqilligi tо‘g‘risidagi masalani olg‘a surayapmiz. Dirijor qо‘llari bir-biriga bog‘liq bо‘lsada, mutlaqo erkin vaziyatni tutish lozim. Bir qо‘lni ikkinchisi harakatlarini qaytarishi, bu harakatlar boy emasligini kо‘rsatadi, dirijordagi bir xillik yо‘lini ifodalaydi. Bu albatta, simmetrik harakatlarni qо‘llashdan voz kechish kerak degani emas, — kо‘p hollarda ulardan qochishning о‘zi qiyin. Masalan, orkestr qudratli va tantanavor yangragan chog‘da uning xarakterini yorqin ifoda etish uchun dirijorning qо‘llari о‘z-о‘zidan holatga kirib, bir xil xarakatlar bilan biri ikkinchisini qо‘llab-quvvatlaydi. Biroq simmetrik harakatlarni uzoq vaqt qо‘llash harakatning kambag‘allashuviga, dirijorlikni bir xillikka olib keladi va ijro etilayotgan musiqaning emotsional mohiyati va unda dirijorning ijodiy xis tuyg‘usi va maqsadini ifodalashga keng imkoniyat maydonini yaratib berolmaydi.
О‘ng va chap qо‘l о‘rtasidagi asosiy farq shundaki, taktni belgilashni о‘ng qо‘l bajaradi, qolgan vazifalarni esa о‘ng va chap qо‘l birga bajarmog‘i kerak. Vazifalarni bu tarzda tо‘g‘ri taqsimlash dirijorga asarning barcha qirralarini tо‘laligicha ochib berishga imkon yaratadi. Shu bilan birga har ikkala qо‘l harakati qat’iy muvofiqlashtirilgan va ularning vazifalari xilma-xil bо‘lsa ham va yagona maqsad — musiqani barcha detallari bilan imkon qadar tо‘liqroq ijro etishga qaratilgan bо‘lishi shart.
Agar dirijor chapaqay bо‘lsa, unda chap va о‘ng qо‘l vazifalarni almashtirish mumkin, chunki bunday dirijor asosiy ritmni chap qо‘l bilan (uning uchun yetakchi qо‘l) olib borishi, dinamika va qolgan xususiyatlarni esa о‘ng qо‘li bilan bemalol kо‘rsatishi mumkin. Orkestr va musiqa uchun buning farqi yо‘q. Shunday qilib, quyidagicha yakuniy fikrga kelish mumkinligiga amin bо‘ldik: О‘ng qо‘l taktni boshlaydi, ya’ni musiqaning asosiy ritmi va vaznini, uning dinamikasi va xarakterini boshqarib boradi. Chap qо‘l zimmasiga esa musiqa dinamikasi va xarakterini belgilash, alohida ovozlar yoki orkestr guruhlari, xor, yakkaxonlarni ijroga о‘tishini kо‘rsatish vazifasi yuklatiladi: Bu ayniqsa opera va musiqiy teatrga taalluqli holatdir. Chap qо‘l musiqiy ijro detallarini kо‘rsatadi, dirijorning xissiy — badiiy jihatlarini ifoda etishiga xizmat qiladi. Istalgan harakatlar erkinligiga va ularni muvofiqligiga, qо‘llarning mustaqilligiga qanday erishish mumkin?
Bu maqsadga erishishning dastlabki bosqichi vaznga xos sxemalarni о‘zlashtirishdan iborat. Kо‘p holda ushbu sxemalar bilan tanishuvda ikkala qо‘l ishlatiladi. Bunda talabada har ikkala qо‘lni simmetrik tarzda harakatlantirish odati shakllanadi va bu keyinchalik qо‘l harakatlarini erkinligiga erishishni qiyinlashtiradi. Keyinchalik voz kechish lozim bо‘ladigan harakatlarga о‘rganishdan nima foyda? Chap qо‘l о‘ng qо‘lni takrorlashga yoki takt belgilashga tayyor bо‘ladi, ammo о‘rganuvchining vazifasi aynan shundan qochishni tushunishidadir.

San’atlar ichida eng yoshi va kam о‘rganilgani dirijorlik san’ati hisoblanadi. Dirijorlik amaliyoti uning nazariyasini ancha ortda qoldirdi. Biroq aynan nazariyaga bо‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ayniqsa dirijorlikka о‘rgatish ishida unga ehtiyoj katta. Dirijorlik sohasida ta’lim berish uchun nazariy negiz yaratishga doir izlanishlar tinimsiz davom etayapti, biroq shu paytgacha hatto eng fundamental tushunchalarning umumqabul qilingan va barcha uchun tushunarli bо‘lgan ta’riflari yо‘q. Terminologiyani ta’riflashda ham turli, ba’zan bir-biriga zid fikrlar mavjud. Ba’zilar dirijorlik — bu san’at emas, unga о‘qitishning hojati yо‘q, shunchaki orkestr yoki xor oldida turib, taktga solish yoki metronomlashi kifoya, ya’ni ijro etilayotgan asar taktining alohida qismlarini qо‘l bilan kо‘rsatsa bas va dirijorning vazifasi shu bilan tugaydi, deb hisoblaydilar. Boshqalar esa, dirijorlik — faqat ichki his tuyg‘ularga asoslanadi, bu qandaydir sehrgarlik va shunga alohida qobiliyatli insonlar qodir, shu sababli dirijorlikka о‘rganib bо‘lmaydi, deb hisoblaydilar. Xar ikkala fikr va unga о‘xshash mulohazalarning xato ekanligini isbotlab о‘tirish shart emas. Dirijorlik san’atiga bu kabi qarashlarni rad qiluvchi misollar hayotimizda kо‘plab uchraydi. Dirijorlik — bu qо‘shiq aytish, royal, skripka yoki boshqa cholg‘uni chalish kabi ijrochilik san’atidir. Shu bilan birga dirijorlik ijrochilik san’atining boshqa turlaridan jiddiy farq qiladi: agar musiqachilar jonsiz jismda musiqa ijro etsalar (fortepiano, skripka, truba, nay, rubob va x. z.). va ularning ijrolari cholg‘uning sifati hamda о‘zlarining mahoratlariga bog‘liq bо‘lsa, dirijor kо‘plab bir-biridan farq qiluvchi insonlar bilan ishlaydi. U о‘z oldida turgan xor yoki orkestr a’zolarini bir jamoada tо‘plab, ularni shunday birlashtirishi kerakki, bu jamoa uning boshqaruvida xuddi yaxshi sozlangan musiqa cholg‘usidek yangrashi lozim. Aytish joizki, dirijorga о‘z san’ati haqida yozishdan kо‘ra, dirijorlik qilish osonroq: Dirijorlik faoliyatining kо‘zga kо‘rinuvchi qismini umuman ta’riflash qiyin. Zero, u yoki bu qо‘l harakatini musiqasiz, sо‘zlar bilan tavsiflagandan kо‘ra, uni musiqa fonida kо‘rsatib bergan osonroq. Shu bois dirijor ishining о‘ziga xosligi, orkestr yoki xor rahbari sifatida uning zimmasiga yuklatilgan vazifaning naqadar murakkabligini hisobga olgan holda aytish mumkinki, bо‘lajak dirijor ushbu murakkab va mas’uliyatli ishda muvaffaqiyat qozonish imkonini beruvchi maxsus qobiliyatga, katta musiqiy-nazariy va amaliy tayyorgarlik bilimlariga ega bо‘lishi


Frak (dirijor kiyadigan maxsus kiyim) kiyib, orkestr tepasida turgan va musiqa yangrayotgan bir paytda qо‘llarini silkitib turgan odamning haqiqiy roli nimadan iborat?
«Dirijor» sо‘zi turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi: nemislar «Dirident, italyanlar «Diridente», fransuzlar «Shef orkestre», inglizlar «Konduktor» deydilar.
Har qaysi tilda ham bu sо‘z rahbar, boshliq, direktor ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, dirijor bu — orkestr yoki xor jamoasining rahbaridir. Uning asosiy vazifasi — bu jamoaning hayoti faol va yaxshi tashkillashtirilgan bо‘lishini nazorat qilishdan iborat. Dirijor sozandalar musiqiy asarni uyg‘unlikda ijro etishlari, ular asarni birga boshlab, birga tugatishlari, о‘z cholg‘ularini bir maromda chalishlari, pauzalarni vaqtida ushlab, bir maromda kuy boshlashlarini ta’minlaydi. Dirijor sozandalar ijrosini yagona ritm va tempga moslashtirishni, ularni ijroga yо‘naltirish uchun belgi berishi lozim.
Darvoqe, uzoq vaqt davomida kо‘pchilik, dirijor vazifasi faqat orkestr yoki xorning yagona ritmdagi ijrosini ta’minlashdan iborat, deb tushunar edi. Aslida esa dirijorlik kasbi juda murakkab va qiyindir. U juda katta aqliy va asabiy mehnat, doimiy jismoniy quvvat talab qiladi. Demak, dirijor mustahkam salomatlikka va chidam hamda bardoshga ega bо‘lishi zarur. Uning uchun zarur bо‘lgan о‘zini qо‘lga ola bilish hususiyati ham salomatlik va asab tizimining ahvoliga bog‘liq.
Dirijor 100 dan ortiq musiqachilar faoliyatining asosiy muvofiqlashtiruvchisidir. Uning roli qisman rejissyor roliga о‘xshab ketadi. Rejissyor — teatrdagi sahna asarining badiiy rahbari, spektaklni tayyorlash borasidagi barcha ishlarning boshini birlashtirib turadi. Dirijorning ham bevosita orkestr yoki xorning rejissyori deya qarash mumkin.
Profissional dirijorlik san’ati boshqa san’at turlariga nisbatan anchagini yosh bо‘lib, maxsus va mustaqil ijrochilik faoliyat turi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tо‘liq shakllangan deyish mumkin. Ammo о‘zining dirijorlik negizi bilan – jamoachilik musiqa ijrosining boshqarish san’ati sifatida – uzoq о‘tmishga borib taqaladi. Qadimiy Misr va Yunonistonda musiqa jamoalari boshqaruvida ma’lum insonlar turganlar, ular о‘zlavrining qо‘l harakatlari bilan u yoki bu ijro hususiyatlarini sozanda va honandalarga kо‘rsatib, ularga har xil imo-ishoralar bilan rahbarlik qilganlar. Hozirgacha saqlanib kelayotgan qadimiy devoriy suratlar va boshqa tasvirlar ushbu ma’lumotlar haqida dalolat beradi. О‘sha davrlarda dirijorlikning boshlang‘ich shakllari bо‘lgan bо‘lishi mumkin, ushbu harakatlarni “Xeyronomiya” deb atashgan: chunki ma’lum qо‘l va barmoq harakatlari tizimi yordamida ijrochilar guruhi rahbari sur’at, ulchov, ritm, kuy harakati yо‘nalishlarini kо‘rsatib bergan. Xeyronmiyani (xironomiya) ixtiro qilinishi qadimiy musiqa amaliyotida о‘zining о‘sha davrga nisbatan ilg‘or kо‘rsatkichlarini nomoyish etgan. Ammo shu bilan birga о‘rta asrlarda dirijorlikning bu uslubi amaliy ish olib borish jarayonida og‘irlk qilgan, ijro etilayotgan musiqa asarlarini mohiyatlarini tо‘liq ochib bera olmasiligi, ularni shunchaki shartli harakatlar asosidagi bir vosita ekanligi ma’lumdir.
О‘tgan zamonlardagi jamoa ijrochiligida qо‘llanishgan oddiy, kо‘rgazmali harakat (oyoq bilan yer tepish, qо‘llarni bir hil harakati, qarsak chalish va b.)lar jо‘rnavozlik va ansambllar ijrochiligida eshitish, kо‘rib-kuzatish uchun yordam berardi. Binobarin, jamoa rahbari о‘z harakatlari bilan kо‘rsatgan tovushni ular kо‘rib va shu vaqtning о‘zida oyoq bilan yer tepish, qarsak chalib turushlarini ijrochilar eshitib turar edilar. Barcha harakatlarning haqiqiy mazmuni, zamonaviy nota yozuvi paydo bо‘lgandan sо‘nggina о‘z mohiyatiga ega bо‘ldi.
О‘sha davrdan boshlab dirijorlik san’ati va dirijor vazifasi ham musiqa san’atining rivojlanish taraqqiyoti bilan bog‘liq holda о‘zoq taraqqiyot yо‘lini bosib о‘tdi. Nota yozuvining yaratilishi dirijorlik san’ati tarixida katta о‘rin tutadi va keyinchalik yangi, murakkab musiqa janrlari (opera, oratoriya, cholg‘u musiqa shakllari) ning tashkil topishi va tarqalishi ahamiyatlidir. Ijrochilik jamoasi rahbarinng vazifasi, maqsadi bora-bora yangi uslublar va ijro texnik vositalari bilan kengayib murakkablashib bordi.
Zamonaviy nota yozuvi paydo bо‘lishidan ancha avval XV asrning birinchi yarmida xor jamoasini boshqarish uchun battuta - deb nomlangan uzun, uchli katta hassasimon tayoq qо‘llanilgan; u esa chiroyli, rang-barang qilib bezatilgan bо‘lib sahnaning hamma tomonidan kо‘rinib turadigan bо‘lgan. U qirol tayoqchalar deb ham yuritilgan. Albatta, battuta yordamida dirijorlik qilish anchagini kamchiliklarga ega bо‘lgan. Birinchidan, о‘zining noqulay kattaligi, qо‘poligidan dirijor jamoa boshqaruvida yengil harakat qilolmas, uning harakatlari faqatgini takt urib turish bilan band bо‘lib qolar, ikkinchidan, har taktda yerga urib turish esa, musiqani shovqunsiz eshitishga halaqit berar edi. Shuning uchun ham XVII va XVIII asrlarda shovqunsiz dirijorlik qilish uchun izlanishlar olib borilgan va general bas uslubi topilgan
Aniqrog‘i, u musiqa amaliyotida tabiiy holda paydo bо‘lgan alohida uslub bо‘lib, general-bas yoki son qо‘yilgan bas deb nomlangan. General-bas yuqoridagi ovozga jо‘r bо‘luvchi shartli yozuv bо‘lib hisoblangan, har bir sonlar bilan kо‘rsatilib, о‘sha yerda aynan qanday akkord ijro qilinishi faraz qilinganligi yozilgan, ijrochilar esa о‘z hohishlariga qarab musiqaga har xil garmonik akkordlar bilan bezak terganlar. Bunday murakkab vaziyatda general-basni notalashtirish vazifasini tabiiy holda dirijor о‘z zimmasiga oladi. U klavesin kursiga о‘tirib jamoani boshqara boshlaydi. Bu hol unga dirijor hamda badihagо‘yona (impravizatsiya) ijrochi vazifasini yuklaydi. Ansambl ijrochiligida dirijor oldindan akkordlar bilan musiqa asarining tezligini, ritm-urg‘usini, boshi yoki kо‘zlari imo-ishoralari bilan kо‘rsatib turgan, gohida oyoq zarblari bilan ham о‘ziga yordam bergan. Bunday uslubdagi dirijorlik XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida operada keyinroq esa konsert amaliyotida mustahkam о‘rin oladi.
Zamonaviy dirijorlik tili — yuz ifodasi va qо‘l harakati tili sifatida insonning kо‘p asrlik tajribasi bilan sinalgan muloqot vositasidan foydalanib, shakllangan. Qо‘l harakati va yuz ifodasi tili hammaga tushunarli, serma’no va boydir. U darhol qaytariluvchi emotsional javobga sabab bо‘ladi. Qо‘l harakatlari katta hissiy — obrazli ifoda kuchiga ega: ular jahldor yoki muloyim, sо‘roq yoki tasdiqlovchi, iltimos qiluvchi yoki rad etuvchi, da’vatkor yoki taklif qiluvchi, kutib oluvchi yoki hayratlanuvchi, ogohlantiruvchi yoki tahdid qiluvchi va xokazo bо‘lishi mumkin. Ijro etilayotgan musiqaning obrazli — emotsional mohiyatiga qarab, u yoki bu ma’noli harakat tanlanadi.
О‘zbekisgonda dirijorlik san’ati XX asrning boshlaridan shakllanib, ikkinchi yarmidan ham mazmunan, ham shaklan rivojlanib bordi. XX asrning 50-80 yillarda ushbu sanatning keng rivoj olishi, uning har xil turlarini rivojlanishiga o’tib keldi va buni e’tibordan chetda qoldirib bо‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yangi san’at turi sifatida shakllangan dirijorlik badiiy faktlar va kuzatishlarga asoslangan holda, simfonik, sahna, xalq cholg‘ulari, xor jamoasi, damli va estrada musiqasida yanada rivojlanib bormoqda. An’anaviy badiiy shakllar, uslublar, ayrim tasviriy vositalar yordamida, tо‘g’rirog‘i musiqa san’atiga xos bо‘lgan xususiyatlar saqlangan holda ijtimoiy hayot hodisalarini aniq, realistik aks ettirgan yangi badiiy asarlar yaratish davom etib kelayotgani, dirijorlik san’atini yanada rivojlanishiga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.
Dirijorlik san’ati badiiy ijodning zamonaviy tabiati, yangicha xususiyatlari, yangi sharoit, yangi davr va hayot talablari, vazifalari hamda badiiy muhit bilan har tomonlama uzviy bog‘langandir. Ikkinchidan, о‘zbek musiqa san’ati, ayniqsa, kompozitorlik ijodidagi yangiliklar, о‘zgarishlar, uning yangi timsollari, ijobiy qahramonlari xalqning moddiy-ma’naviy о‘sishi, yuksak estetik didi, yangicha insonparvarlik qarashlari va fazilatlari bilan belgilanadi. Bu esa, dirijorlik san’atida ham о‘z aksini topishi tabiiydir.
Shuning uchun ham XX asr о‘zbek dirijorlik san’atining taraqqiyoti, bevosita yangi jamiyatning rivojlanish tarixi yuz berayotgan voqelikni, ya’ni xalq hayotini yorqin aks ettirishi bilan ta’riflanadi va uning g’oyat muhim tarbiyaviy-ma’naviy salohiyati, faol ta’sirchan vositaligi ham ana shundadir.
О‘zbek dirijorlik san’ati 70 yil davomida о‘zbek musiqasi bilan о‘zaro uyg‘unlikda о‘sib bordi. Bu ikki san’atning birligi g‘oyaviylikda, mavzusida, timsollaru-mazmunida, xalq qahramonlarini kuylashda, insonni yuksak g’oyalar sari yangi ijodiy ruhda tarbiyalashda, siyosiy, ijtimoiy, estetak mohiyatada, uning mumtoz musiqasiga nisbatan g‘oyaviy jihatdan yuqori ekanligida ravshan kо‘rinadi.
Tana
Dirijorlik qilish paytida tana tik, erkin, xotirjam va shu bilan birga harakatga tayyor holatda kо‘krak kafasi sal kо‘tarilgan, yelka esa tik tо‘g‘ri bо‘lishi lozim. Yelkani juda kо‘tarib yuborish mumkin emas — bu bel mushaklari harakatsiz holatda bо‘lishiga, tirsaklar ikki tomonga «tarvaqaylab» ketishiga va umuman butun tananing noqulay vaziyatga kelishiga sabab bо‘ladi. Haddan tashqari egilish va bukilish ham notо‘g‘ri. Bunday holatda harakatlar sust va ishonchsiz bо‘lib qoladi. Tananing haddan ziyod harakatchanligi, ijro paytida tez-tez burilish, egilish va boshqa ortiqcha holatlar shoshqaloqlikdek kо‘rinadi va odatda dirijorning texnik kо‘nikmalari yaxshi emasligini kо‘rsatadi.
Umuman, dirijorning butun tashqi kо‘rinishi estetikaga asoslanishi kerak: tana tabiiy holatda, kо‘krak qafasi kerilgan, yelkalar tо‘g‘rilangan bо‘lmog‘i lozim. Shuningdek dirijor hech qachon qaddini bukib turmasligi darkor. Tananing holati dirijorning nafas olishiga ham ta’sir etadi. Yelka va butun tana shunday holatda bо‘lishi kerakki, dirijorni erkin nafas olishiga xalaqit qilinmasligi kerak. Dirijorning nafas olishi shu sababdan tabiiy bо‘lishi kerakki, u butun musiqa va uning qismlarini nafasi bilan bog‘laydi. Shu bois ham «Dirijor musiqa bilan birga nafas oladi» degan ajoyib ibora bor. Dirijorning nafas olishi xonandalar va sozandalar nafasi bilan ham tabiiy ravishda bog‘lanadi. Dirijorning butun vujudi doimo orkestr yoki xorning har bir a’zosi va qolaversa, tinglovchilarning diqqat markazida bо‘lishini inobatga olgan holda u о‘zini hamisha nazorat qilib turishi, ortiqcha harakatlar qilmasligi lozim. Dirijorning butun diqqat e’tibori orkestr yoki xorga qaratilib, uning harakatlari aniq, ishonchli va ayni paytda о‘sha-rо‘parasidagi orkestr yoki xorga kо‘maklashishga yо‘naltirilgan bо‘lishi shart. Ba’zi dirijorlar qо‘l harakatlarining ta’sirchanligini oshirish maqsadida orkestrantlar tomon egilib, о‘z tanasini noо‘rin harakatlarga yо‘naltiradi. Amalda esa bu hol kо‘l harakatlarining samarasini oshirmaydi, aksincha, ijrochilarning yanglishtirishga olib kelishi ham mumkin. Ta’sirchanlikka tana yordamida emas balki faqat qо‘l harakatlari orqaligina erishish lozim.
Bunga taniqli rus dirijori YE. A. Mravinskiy yorqin misol bо‘la oladi. Uning tanasi orkestrni boshqarish jarayonida deyarli ishtirok etmaydi. Qо‘llari esa butkul erkin holatda ishlaydi. Tananing ifoda imkoniyatlaridan a’lo darajada foydalana bilish, tana holatining ma’nodorligi, harakatlarning yuksak darajada plastik ekanligi uning dirijorlik uslubini nihoyatda emotsional bо‘lishini ta’minlagan.


  1. Yüklə 108,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin