1. Quduqning suvlanishiga qarshi kurash



Yüklə 10,31 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü10,31 Kb.
#124577
9-javob


1. Quduqning suvlanishiga qarshi kurash
Qatlamni va quduqlarni muddatdan oldin suvlanishining oldini olish uchun, ishlash jarayonida quyidagi boshqarish usullari qo'llaniladi. Quduqlar ishining texnologik tizimlarini optimallashtirish bilan suvlarning til va konus hosil qilishini kamaytirishga erishiladi, ko'p qatlamli konning yuqori o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan qatlamlaridagi suvning ildamlanish harakatini bartaraf etish uchun esa bir vaqtda-ajratib ishlatish usuli qo'llaniladi.
Neftni suv bilan siqib chiqarish sharoitida neft konlarini ishlashda qatlamdan olinayotgan suyuqlikning 98% suvlanishga qadar kuzatiladi. Shuning uchun suv yo'lini berkitishdagi ta'mirlov ishlarini amalga oshirish faqatgina quduq muddatidan oldin suvlanish paytida maqsadga muvofiq. Ajratish - ta'mirlash ishlarining asosiy maqsadi loyiha viy neft bera oluvchanlik koeffitsientiga erishish uchun qatlamni ishlatishni optimal sharoitini yaratishdan iborat.
2.Quduqlarning suvlanish yo'llarini ochiq-oydin tasavvur etish bilan ajratish ishlarining maqsadini, tanlangan usulni va uni amalga oshiruvchi texnologiyani asoslashni aniq ifodalash mumkin. Suvning kirib kelish yo'llarini o'rganishda kon geofizikasi tadqiqoti usullari qo'llaniladi:
Mustahkamlanmagan quduqlarda esa radioaktiv indikator haydash usuli, termometriya, impulsli neytron-neytronli karotaj (INNK), azot haydash va boshqa usullar qo'llaniladi. iroq bu usullar har doim ham ishonchli emas. Shuning uchun suv oqimi yo'lini ajratish bilan bog'liq masalalarni ajratish ishlarini natijalariga asoslangan holda sinalgan yo'l bilan hal etish kerak.


3.Barcha ajratish - ta'mirlash ishlarini maqsadga muvofiq holda uch ko'rinishda bajarish mumkin: mustahkamlovchi quvurlar birikmasini va sement halqasini nogermetikligini bartaraf etish; alohida qatlamlarni o'chirish; qatlamning alohida suvlangan oraliqlarini, qalinlik bo'yicha joylashish o'rni va suvlanish tavsifidan qat'iy nazar uchirish, shu bilan birga quduqlarda suv haydash hamda suv haydash kesmasini boshqarish.
4.
G'ovaklar, yoriqlar, kovaklar va boshqa turli o'lchamdagi kanallar suv oqimining yo'llari bo'lishi mumkin. Oqimni ajratish usulini va suv qabul qilish kesimini boshqarishni texnologik nuqtai nazardan ajratuvchi materiallarning dispersiyalanish bosqichiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi:
Tamponlovchi eritmani qatlam g 'ovaklariga sizilishi;
Ingichka-dispergatsiyali tamponlovchi materiallar suspenziyasi;
Donalangan tamponlovchi materiallar suspenziyasi;
Mexanik moslanmalar va qurilmalar;
Yüklə 10,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin