3. 2-testda keltirilgan ma’lumotlar asosida qurilish mashinasini kirim qilinishiga buxgalteriya yozuvini bering.
a) Debet 0160 Kredit 6010 10000000 so‘mga;
b) Debet 0130 Kredit 6010 11300000 so‘mga;
v) Debet 0130 Kredit 0820 11700000 so‘mga;
g) Debet 0160 Kredit 0820 11700000 so‘mga
4.2-test ma’lumotlari asosida qurilish mashinasiga qilingan kapital investitsiyaga kiritilmaydigan summani va uni aks ettiruvchi yozuvni toping.
a) Debet 0820 Kredit 6010 10000000 so‘m;
b) Debet 0820 Kredit 6990 1300000 so‘m;
v) Debet 9610 Kredit 6920 150000 so‘m;
g) Debet 0820 Kredit 6990 400000 so‘mga
5. Ko‘tarish kranining ish faoliyati o‘lchanadi:
a) ko‘targan yuk vazni bilan;
b) bosib o‘tgan yo‘l uzunligi bilan;
v) ko‘tarish-tushirishlar soni bilan;
g) mashina-soat miqdori bilan.
6. Kovushli ekskavatorni ekspluatatsiya qilish xarajati 600000 so‘m. Jami ishlagan vaqti bir oyda 200 soat, shundan A ob’ektda 100 soat, B ob’ektda 60 soat, V ob’ektda 40 soat. Buldozerning ekspluatatsiya qilish xarajati summasi ob’ektlar o‘rtasida qanday usulda taqsimlanadi?
a) Ishlagan vaqtiga qarab;
b) To‘g‘ridan to‘g‘ri;
v) Teng taqsimlanadi;
g) Rahbar xohlagan tarzda.
7. 6- testda keltirilgan ma’lumotlar asosida buldozerni ekspluatatsiya qilishga ketgan xarajatlarning V ob’ekt tannarxiga olib boriladigan summasini toping.
a) 180000 so‘m;
b) 120000 so‘m;
v) 600000 so‘m;
g) 300000 so‘m.
8. 6- testda keltirilgan ma’lumotlar asosida buldozerni ekspluatatsiya qilishga ketgan xarajatlarning A ob’ekt tannarxiga olib boriladigan summasiga buxgalteriya yozuvini bering.
a) Debet 2010 Kredit 2520 180000 so‘mga;
b) Debet 2010 Kredit 2520 120000 so‘mga;
v) Debet 2010 Kredit 2520 600000 so‘mga;
g) Debet 2010 Kredit 2520 300000 so‘mga.
9. Kovushli ekskavatorni ekspluatatsiya qilish muddati 10 yil. Boshlang‘ich qiymati 20000000 so‘m. Tugatish qiymati 1000000 so‘m. Amortizatsiya bir maromli usulda hisoblanadi. 5 – yil oxiriga jamlangan amortizatsiya summasini toping.
a) 10000000 so‘m;
b) 9500000 so‘m;
v) 10500000 so‘m;
g) 20000000 so‘m.
Dostları ilə paylaş: |