1. "Qur’oni Karim" va Hadisi sharifda oila masalalariga qanday qaralgan ?



Yüklə 19,53 Kb.
səhifə3/3
tarix28.03.2022
ölçüsü19,53 Kb.
#115020
1   2   3
1. Qur’oni Karim va Hadisi sharifda oila masalalariga qanday q

Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.

Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.

3. Farzand – inson hayotining mazmuni, nasl-nasabini davomchisi, oilaning mustahkam zanjiri hamdir. Aqlli, bilimdon, mehnatsevar, imon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligi hisoblanadi. Odatda, farzand oilada ham jismonan ham ma'nan ulg‘ayib, shakllanadi. Ularning voyaga yetishi davomida oiladagi ahillik muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa ularning ma’naviy tarbiyasi bilan jamiyatga xizmatini ifodalaydi. Demak, oila barkamol avlodni tarbiyalovchi maskan hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy, ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhimdir.

Insonning shakllanishida, hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini singdirishda oilaning o‘rni beqiyosligini bir so‘z bilan ta’riflash kamlik qiladi. Yoshlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashda mas’uliyatlilik, vijdoniylik, fidoyilik kabi fazilatlari har bir hatti-xarakatida namoyon bo‘lishi bilan yuksak ma’naviyatliligini ko‘rsatadi. Bunda ota-onaning o‘zaro farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari farzandlarining ham jismoniy ham ma’naviy sog‘-salomat voyaga yetishlari uchun asos bo‘ladi.

Farzand yaxshi xulq-atvorga va aql-farosatga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik teran anglaydi va ezgu ishlarni amalga oshiradi. Aksincha bo‘lsa, u bugungi kunda globallashib borayotgan tahlikali zamonda yot g‘oyalarga asir bo‘lishi, to‘g‘ri yo‘lni yo‘qotishi, qonunchilikni bilmasligi oqibatida jinoyat ko‘chasiga kirishi mumkin.

Oiladagi tarbiya bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o‘tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. Ayni shu davrda ota-onaning tarbiyadagi e’tibori, oilaviy muhitning sog‘lomligi farzand kamolida katta ahamiyat kasb etadi.

Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o‘rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo‘pol, dag‘al so‘zlar eshitib, kaltak yeb katta bo‘lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday nosog‘lom muhitdagi oilalarda tarbiyalanayotgan bolalardan “ma’naviy xasta” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma’naviyatiga ham, uning kelajagiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hamma narsa, hatto, eng oddiy bo‘lib ko‘ringan oilaviy munosabatlar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, rostgo‘ylik, samimiylik, sadoqatlilik, shirin so‘z bo‘lish bola kamolotidagi zarur hayotiy vositalardan biri ekanligini unutmaslik zarur. Chunki, yana bolalar tarbiyani atrof-muhitdan oladi, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o‘xshaydi, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladi.

4. “Kishilarning ongidagi, ularning ma’naviyatida yuz beradigan o’zgarishlar birdaniga sodir bo’lmaydi. Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o’ziga xosligi – qayta tiklanayotganligi, - deb yozadi I.A.Karimov, - jamiyatimizni yangilash va taraqqiy yettirish yo’lidan muvaffaqiyatli ravishda olg’a siljitishda – hal qiluvchi ta’bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”3. Bu vazifaga erishish esa xalqning ijodiy yaratuvchanlik mehnatiga oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor berish zarur. Oilaviy tarbiya asosida esa bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosi yotadi.

Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir.

“Xalqning axloqiy mezonlari uning yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan. Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obro’yi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’timishini, ma’naviy merosini, qadriyatlarini unutmaydi”4.

“Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi”5, - deb o’rinli ta’kidlagan edi prezidentimiz I.A.Karimov.

Haqiqatdan o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari tarixiy-tajribalari davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir. Ana shu qonni jo’sh urdirmoq bilan yuraklarimiz uyg’oq, dilimiz ravshan, tafakkurimiz munavvar. Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko’p yillardan beri yashirinib kelinar edi. Endilikda milliy istiqlol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Ulardan bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda foydalanish oilaviy tarbiyamiz uchun obektiv zarurtga aylandi.

Sharq xalqlarining bir necha ming yillar mobaynida yaratgan bebaho odob-axloq qoidalari, qadriyatlari mavjud. Ularni qaytadan tiklash va hayotga tadbiq etish muhim masalalardan biridir.



Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.

Shoir mutafakkirlar qomusiy asarlarida va odob axloqqa bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzda yozilgan asarlari kiradi.
Yüklə 19,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin