Shaxs va narsaning tartibi va miqdorini bildirgan so‘zlar
10
8
2
15.
Nutq. Gap
10
8
2
16.
Nuqta, so‘roq va undov belgisi
3
3
17.
O‘quv yili oxirida takrorlash
8
8
Jami
170
127
35
8
Tushuntirish xati Talaffuz jihatidan o‘xshash tovushlarni kesma harflar ishtirokida tuzish va o‘qish, yonma-yon kelgan undosh tovushli bo‘g‘inlarni, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni ongli, to‘g‘ri bo‘g‘inlab o‘qish. Bo‘g‘inlab o‘qishdan sidirg‘asiga o‘qishga o‘tish. Tinish belgilariga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish.
O‘qilgan matn mazmunini o‘qituvchi yordamida qayta hikoya qilish, matnga oid rasmlarni kuzatish asosida berilgan savollarga javob berish.
O‘qituvchining o‘qib berish yordamida bolalar adabiyotlari bilan tanishish, ularni to‘g‘ri nomlash, nima haqida ekanligini bolalardan so‘rash.
Darslik yoki o‘qituvchining ketidan qaytarish yo‘li bilan qisqa she’rlarini yod olish va sinf oldida bayon etish malakasi hosil qilinadi.
Berilgan mavzu bilan bog‘liq matn ustida ishlanadi. Unda nutq tovushlarining to‘g‘ri talaffuz qilinishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Tovush va harf, unli va undosh tovushlar, kichik va bosh harflarning qo‘llanilishi, bo‘g‘inga ajratish bo‘yicha olingan bilimlarni takrorlash.
Vatan, Vatanga muhabbat mavzusi ustida ishlash. Matn tarkibidagi so‘zlar tahlilini olib borish. So‘zlar ma‘nosi, so‘zlar ifodalagan tushunchalar: narsa, shaxs nomi, harakat, belgi va miqdorni bildiruvchi so‘zlar, ularning so‘roqlari bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash. Matnning xulosasini aniqlash, g‘oyasini ayta olish bilan bog‘liq topshiriqlar. Matnning asosiy mazmunini tushunish. Matnning asosiy mazmunini ochishga yordam beradigan gaplarni topish. Matnga sarlavha qo‘yish.
O‘quvchilar nimalarni bilishlari kerak:
- 3-4 gapdan iborat sodda matnlarni bo‘g‘inlab o‘qish;
- ertak, she’rlar, maqollar, topishmoqlarni tinglash;
- o‘qituvchi tomonidan berilgan savollar, rasmlarga qarab nima haqida o‘qigan yoki eshitganlarini so‘zlab berish;
- ikki va to‘rt qatordan iborat kichik she’rlarni yod olish.
I. bo‘lim. Ona Yurtim-O‘zbekiston.Mustaqillik bayrami. Vatan surati. Vatan. Aziz Yurtim. O‘zbekiston. Assalom maktab. Vatan. Ona yurtim. O‘zbekiston-mening Vatanim. Toshkent. Toshkent metrosi. Yoshlar saroyi. Vatanim. Vatan. Svetafor. Tinchlik bo‘lsin. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
II. bo‘lim. Oltin kuz. Kuz. O‘lkamiz bog‘lari. Bog‘da. Kuz fasli. Kuzgi yumushlar. Paxta-boyligimiz. Paxta. Mehmon-mehmon o‘ynaymiz. Jiyda. Ko‘ksulton. Olma. Olma kimniki. Tejamkor bo‘ling. Kuch inoqlikda.Topishmoq. Maqol. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar
III. bo‘lim. Hunar. O‘quv va bilim haqida. Kitobni asrang. Kutubxona. Kitob-mening do‘stimsan. Sirli qalamlar. Ona tilim. Bo‘lay desang. Maqollar, Topishmoqlar. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
IV. bo‘lim. Hunar o‘rganish foydali.Ilm va hunar o‘rgan. Hunar. “Kitobim jon kitobim”. Arra g‘iz-g‘iz. Ish ishtaha ochar. Tejamkorlik. Sport-dunyo maydoni. Polvon. Kuch birlikda. Yaxshi. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
V. bo‘lim. Kumush qish. Qish. Qish manzarasi. Birinchi qor. 8-dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuni. Baxtimizning qomusi. Qishda qushlar hayoti. Kumush qish. Archa bayrami. Qishki ta‘til. 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni. Askarmiz. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
VI. bo‘lim. Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi.Yaxshi so‘z. Bobomning nasihatlari. Vaqt qadri. Bolam. Salom. Yaxshilik yerda qolmas. Uvol nima? Hikoyat. “Rostgo‘y bola”. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
VII. bo‘lim. Ona tabiat bag‘rida. Tabiyatni asraylik. Tabiat. Quyosh chiqqach. Kapalak. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
VIII. bo‘lim. Qushlar va hayvonlar bizning do‘stimiz. Hayvonot dunyosi. Do‘stlik kuchi. Maqtanchoq xo‘roz. Yumronqoziq. Maqtanchoq g‘oz. Qushlar. Fil bilan xo‘roz. Til topishdi. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
VIII. bo‘lim. Zumrat bahor.Bahor kelgach. Qaldirg‘och. Boychechak. 8-mart-Xotin qizlar bayrami. Onamga. Ta‘zim. Onajonim. Hey lola. Yomg‘ir. Navro‘z-bahor bayrami. Sumalak. Yaylovda. “Xotira va qadrlash”. Amir Temur. Mirzo Ulug‘bek. 9-may-Xotira va qadrlash kuni. Yer-u osmon qo‘shig‘i. Tinchlik va do‘stlik. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
IX. bo‘lim. Ertaklar yaxshilikka yetaklar.Aql va boylik. Ochko‘z sichqon. Hakka va uning bolalari. Sanog‘idan adashmadi. Arpa-bug‘doy osh bo‘lur. Oq bulut haqida ertak. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
X. bo‘lim. Yoz-o‘tadi soz. Yozda. Bu qaysi fasl. Laylak kelsa. Men oromgoh bolasi. Men va Ali. O‘zimning quyoshim. So‘nggi dars.Topishmoqlar. Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
Mustahkamlash darsi. Mavzuiy rejalashtirish
Matematika fani asoslarini yaratishga ulkan hissa qo‘shgan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy va Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk allomalarimizga munosib yosh avlodni tarbiyalash, zamonaviy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazish hamda mamlakatimiz yoshlarini matematika go‘zallikllaridan bahramand bo‘lishlariga sharoit yaratib berish - barcha uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi.
Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofda kechayotgan voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda hamda ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyalarning taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.
Ma‘lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi hamda tafakkurni kengaytiradi.
Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofimizdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda ahamiyati juda katta, vaholanki matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning rivojlanishini tassavur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham matematik madaniyat va savodxonlik - umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Matematika fanini o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat.
Ushbu fan aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab va maktab-internatlarda ta‘lim tarbiya berish bilan bir qatorda bolalardagi nuqsonlarni tuzatishdan (korreksiyalash) iboratdir.
Yordamchi maktab va maktab-internatlarida matematika fanini o‘qitish hajmi, me’yorlari va ta‘lim mazmuni aqli zaif o‘quvchilar rivojlanish xususiyatlari va ularning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish imkoniyatlari darajasi bilan belgilanadi. Ushbu dastur asosan yengil darajadagi aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
Matematika darslari davomida taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari, diqqati shakllanadi, xotira mustahkamlanadi, lug‘at boyligi kengayadi. Sinfdagi o‘quvchilarning aqliy imkoniyatlarining rivojlanish darajalari bir xil bo‘lmaganligi sababli, aqli zaif o‘quvchilarning har bir darsda egallagan bilim, ko‘nikmalarining me’yorlari turlichadir. Bunday holat o‘qituvchidan har bir o‘quvchiga nisbatan alohida yondashilgan holda tabaqalashtirilgan munosabat bo‘lishini talab etadi.
Berilgan yangi mavzularni qiyinchilik bilan o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga oson misollarni yechish, ularga topshiriqlarni qayta-qayta tushuntirish, o‘qituvchi ketidan qaytarish, doskadan ko‘chirish, doska oldida o‘qituvchi bilan ishlash kabi talablar qo‘yiladi. Ushbu toifadagi o‘quvchilar imkoniyatiga mos misol, masala, topshiriqlar yengillashtirib beriladi. O‘zlashtirishda erishilgan ozgina yutuqlar ham inobatga olinib, aqli zaif o‘quvchilar sinfdan sinfga ko‘chiriladi.
Individual dastur bilan ishlaydigan o‘quvchilarga maktab pedagogika kengashining yoki fan uyushmalarining qarori bilan alohida yondashuv belgilanishi, har bir darsda pedagogik himoya tartibiga rioya qilish zarurdir.
Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida matematika fanining maqsadlari quyidagilardan iboratdir:
a) o‘quvchilarda natural sonlar qatori, oddiy va o‘nli kasrlar haqida oddiy tushuncha hosil qilish;
b) o‘quvchilarni butun va kasr sonlar bilan 3 amalda arifmetik misol va masalalarni yechishga o‘rgatish;
v) matematika darslarida o‘rganilgan miqdor, fazoviy vaqt o‘lchovi haqidagi tushunchalar orqali aqli zaif o‘quvchining atrofdagi hayotni to‘g‘ri tasavvur etishi va mehnat faoliyatida bir qadar samarali ishtirok etishlariga yordam berish;
g) matematikadan olingan bilimlar bilan aqli zaif o‘quvchining umumiy rivoji va bilim faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatishga yordam berish;
d) matematika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda chidam bilan ishlash, mustaqillik, qat’iyatlik, ishchanlik kabi xarakter xususiyatlarini tarbiyalash;
e) o‘quvchilarda ko‘z bilan chamalash, ishni to‘g‘ri rejalashtirish, boshlagan ishini oxirigacha yetkazish kabi ko‘nikma, malakalar hosil qilish.
Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalarida matematikaning o‘qitilishi turli guruhdagi o‘quvchilarga o‘ziga xos yondashishni, shuningdek, o‘qitish predmetining amaliy yo‘nalishda bo‘lishini, o‘quvchilarning kasb-hunarga, mehnatga tayyorgarligi hamda boshqa o‘quv predmetlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishini talab qiladi.