1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi



Yüklə 64,19 Kb.
səhifə2/22
tarix21.12.2022
ölçüsü64,19 Kb.
#121609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Seminar ishlanmalari OO\'M 2022-2023

Talabalar bilishi kerak

  1. Ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar.

  2. Milliy o’quv dasturining o’ziga xos tomonlari.

  3. Milliy o’quv dasturi va DTS o’xshash va farqli tomonlari.

Ta’lim metodi va texnikasi: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish metodi
Ta’lim shakli: jamoa bilan savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
Topshiriqlar.
1. Ona tili va o’qish savodxonligi darsligi bilan ishlash, o‘rganish, darslarga qanday metodik talablar qo‘yilganini ishlab chiqing.
2. Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma malakalarga qanday mavzularni o‘rganish, talablar qo‘yilishini yozing, (o‘yinlar, testlar, ko‘rgazmali qurollar).
3. Mavzularni mustahkamlash uchun darslikda berilgan mashqlar va topshiriqlarga munosabatingizni bildiring.
4. Ona tili va o’qish savodxonligi darsligidagi mavzularni o‘rganish darsini kuzatish.
5. Kuzatilgan dars tahlili.
6. Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, nima uchun endi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga sinflar kesimida o‘qish tezligi bo‘yicha ma’lum miqdordagi so‘zni o‘qishi kerak degan talab qo‘yilmaydi?

  1. Nima uchun 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifalar olib tashlanadi hamda ularni baholash bekor qilinadi.

  2. O‘quvchilar uchun matnni o‘qish tezligi emas, uni tushunish darajasi birlamchi ko‘rsatkich sanalmoqda?

Tavsiyalar
1-ilova
Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan boʻlsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Oʻqib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda oʻqib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar boʻladi.
Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan.
Ahamiyatli tomoni endi oʻqituvchilar uchun “Oʻqituvchi kitobi”, oʻquvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham boʻladi.
Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.
Amaldagi darslikdan oʻrin olgan matnlarda bola yoshiga mos boʻlishidan koʻra, didaktik ahamiyatiga urgʻu berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda sheʼrlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.
Darsliklardagi tushunarsiz boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin boʻlgan soʻzlar darslikning orqa qismida maxsus lugʻatga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan.
Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha boʻlgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi boʻsh oʻrinlarni toʻldirishni boshlagan bola maʼlum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi.
Shuningdek, darslikda oʻquvchilarning eng ogʻriqli muammosi boʻlgan ogʻzaki javob beriladigan, oʻgzaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan sheʼrni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.
Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini toʻldiradigan, oʻzi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Maʼlum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan ogʻzaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan taʼlim mazmuni ishlab chiqilgan.
Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning soʻz qoʻllash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.

Yüklə 64,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin