8-SEMINAR MASHG’ULOTI
Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish. (Ona tili 4-sinf darsligi misolida)
O’quv mashg’ulot rejasi:
1. Boshlang‘ich sinflarda ona tili 4-sinf darslari bo‘yicha seminar mashg‘ulotining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish.
2. Talabalarni DTS asosida yaratilgan 4-sinf Ona tili darslariga qo’yiladigan metodik talablar bilan tanishtirish.
3. 4-sinf Ona tili darslarini kuzatish.
4. Kuzatilgan dars tahlili.
5. Kuzatilgan darslar bo‘yicha tavsiyalar berish.
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
Ona tili darslarida o’rganilgan va egallangan ilmiy-metodik bilimlarini ta’lim jarayonida kuzatish orqali amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish. Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda o‘qituvchini kuzatish va o‘quvchilar faolligini o‘rganish
O‘qituvchining vazifasi:
1. DTS asosida yaratilgan 4-sinf Ona tili darslarining taqvim rejasi bilan tanishtirish.
2. Ona tiliga oid bilimlarni tahlil qilish.
3. Darslarni kuzatish uchun sharoit yaratish.
4. Darslarni kuzatish uchun ko‘rsatmalar berish.
Ona tili darslarida bolalarning tafakkur faoliyatini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish,o’zgalar fikrini anglash,o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qilishga,jamiyat a’zolari bilan erkin muloqatda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi.Ona tili ta’limda o’quv fani emas,balki butun ta’lim tizimini uyishtiruvchi ta’lim larayoni sifatida qaraladi.Ona tili ta’lim standarti ko’rsatkichlari bolaning fikrlay olishga,ifodalangan fikrni anglashga va o’z fikr anglashga va o’z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon qila olishga o’rgatish nuqtai nazardan belgilanadi.
Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchilarning ona tili ta’lim sohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametri standart o’lchovi orqali aks ettiriladi.
1.O’qish texnikasi
2O’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash.
3.Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar ona tili va o’qish bo’yicha quyidagi bilim ,ko’nikma va malakalarni egallashi shart.
a) O’qish texnikasi bo’yicha:
Miqdoriy ko’rsatkich,bir daqiqa 80-90 so’zni o’qiy olish.
Dostları ilə paylaş: |