Shamol elektr stansiyasining ishdan chiqqan parraklarini qayta ishlash.
25 yil ishlagan elektr stansiyaning turbina parraklari va boshqa qismlari sekinlik bilan ishdan chiqa boshlaydi. Parraklar o‘ta mustahkam materiallardan ishlanganligi uchun ham ularni qayta ishlash murakkab hisoblanadi.
Katta hajmdagi elektr stansiyalardan ushbu chiqindi qismlar chiqishi ortadi. Biroq yangi texnologik yechimlar butun jahon olim va injenerlari tomonidan izlanmoqda.
Yaqin muddatda parraklardan ajralgan chiqindilarni foydali maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘ladi.
SHESlarning mamlakat iqtisodiyoti va hayotiga foydalari ko‘p. Ammo… Jahon tajribasida quvvati katta turbinalar (4MVt) ishlatiladigan sanoat ko‘lamidagi loyihalar iqtisodiy tomondan afzal ko‘riladi.
Ammo, bunday loyihalar dastlab katta investitsiyani talab qiladi.
Agar uzoq hududda elektr energiyasiga ehtiyoj bo‘lsa (masalan aloqa stansiyalari), kichik quvvatdagi turbinadan ishlab chiqariladigan, nominal narxi kattaroq elektr energiyasi ham zarur bo‘ladi.
Kichik quvvatli turbinalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining nominal narxi turbinaning boshlang‘ich narxiga bog‘liq. Shu maqsadda entuziastlar past shamol tezligida ishlashga mo‘ljallanadigan arzon shamol turbinalari modellarini yasash bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
Odatiylikdan voz kechish nima uchun zarur? Elektr energiyasini an’anaviy — o‘tin, ko‘mir, torf va boshqa yoqilg‘ilardan olish usullaridan voz kechish shartmikan, degan savol tug‘iladi.
Doimiy, balki qulaydek tuyulgan ushbu usullar birinchi navbatda ekologiya, u orqali insoniyat va hayvonot olamiga o‘zidan ajraluvchi zararli gazlari orqali salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Qayta ishlanuvchi elektr energiyalarining ishlash tizimi ekologiyaga zararsiz, iqtisodiyot uchun esa foydadan holi emas.
Boshlanishiga kattaroq pul talab etilsa-da, ularning to‘g‘ri o‘rnatilishi orqali uzoq yillar davomida shunchaki bepul elektr energiyalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qodirov T.M., Alimov H.A. «Sanoat korxonalarining elektr taʼminoti”, O‘quv qo‘llanma, Toshkent sh., 2006.
2. Allayev K.R. Elektroenergetika Uzbekistana i mira, T.: «Fan va texnologiya”, 2009.
3. Majidov T.SH. Noanaʼnaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, O‘quv qo‘llanma, Toshkent sh., 2014.