1. Soliq tizimda axborot komplekslari va texnologiyalari Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilib
1. Soliq tizimda axborot komplekslari va texnologiyalari (1)
1. Soliq tizimda axborot komplekslari va texnologiyalari Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilib, «2011 yil- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda soliq organlarini yanada modernizasiya qilish yili» deb e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi «Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizasiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1257 son qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko’tarishda muhim asos bo’ldi.
14 Mazkur hujjatga muvofiq, Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan kompleks tadbirlarga asosan o„zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining
samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan o’ttizga yaqin dasturiy mahsullar
amaliyotga tatbiq qilindi hamda soliq to’lovchilarga interaktiv, ya’ni qog’ozsiz, masofadan turgan holda xizmatlar ko’rsatish yo’lga qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridanoq Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalariga jiddiy e’tibor qaratila boshlangan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 388-sonli qarori bilan davlat soliq xizmati organlarida axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini o’z ichiga olgan axborot tizimlarining shakllanishiga asos solingan va ushbu tizim orqali soliq ma’lumotlarini yig’ish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish ishlari yo’lga qo’yilgan.
Shu bilan birga, Axborot-texnologiya ta’minoti boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 sentyabrdagi 359-sonli qarori bilan Davlat soliq qo’mitasi qoshida xo’jalik hisobidagi «Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi» (YaTIAM) tashkil etilgan va soliq malumotlarini qayta ishlash uchun zarur bolgan maxsus dasturiy mahsullarni yaratish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish imkoni yaratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi «O’zbekiston Respublikasida soliq to’lovchilarga identifikasion raqamlari berish va qo’llash tizimi to’g’risida»gi 130-sonli hamda 1999 yil 7 yanvardagi «Soliq to’lovchilarning identifikasiya raqamlarini qo’llash sohasini kengaytirish to’g’risida»gi 7-sonli qarorlari qabul qilingandan so’ng, bank to’lov 15 hujjatlarida majburiy rekvizit sifatida STIRning aks ettirilishi yo’lga qo’yilib,
soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat mexanizmini takomillashtirish imkoni yaratildi. STIRlar bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etib, barcha soliqqa oid axborotlarni yagona bazaga birlashtirishda asosiy me’zon bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 31 dekabrdagi «Davlat soliq qo’mitasining global axborot tarmog’ini tashkil etish To’g’risida»gi 580-sonli qaroriga binoan barcha hududiy soliq idoralarida Yo’ldosh aloqasi tizimi o’rnatilib, korporativ axborot-tarmog’i tashkil etilgan.
Davlat soliq qo’mitasining korporativ axborot tarmog’i ishga tushirilgandan buyon o’tgan yillar mobaynida uzatilayotgan axborot hajmi yil sayin o’sib borayotganligi sababli, Davlat soliq xizmati organlarida mahalliy va korporativ kompyuter tarmoqlarini yanada takomillashtirish maqsadida, 2009 yildan boshlab korporativ aloqa kanali
tarmog’ini modernizasiya qilish va yer usti
kanallariga o’tkazilish ishlari olib borilgan. Qoraqalpog’ston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar Davlat soliq boshqarmalari va ulardagi 194 ta tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyalarida optik tolali aloqa jihozlari o’rnatilib, ishga tushirilgan.
Korporativ aloqa tarmog’ini yer usti
kanallariga o’tkazilishi orqali IP-telefon aloqasi ham joriy etilgan. Bunda, hududiy soliq idoralarida shaharlararo so’zlashuv uchun qo’shimcha haq talab etilmaydi.
1993-2000 yillarda soliq to’lovchilarni hisobga olish, ularning budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar bilan o’zaro
munosabatlari hisobini yuritish ishlari qog’oz shaklida, ya’ni maxsus daftarlar, kitoblar va jurnallarda amalga oshirilgan bo’lsa, dasturiy mahsullar joriy etilishi bilan ushbu jarayonlar bosqichma-bosqich avtomatlashtirilishi qog’oz shaklidagi hujjat aylanishidan deyarli voz kechishga imkon berdi.