1. So‘z birikmasi Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix09.10.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#129871
1. So‘z birikmasi Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari



Mavzu: Sintaksis
Reja
1. So‘z birikmasi
2. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari.
3. Gap bo‘laklari.
Sintaksis haqida umumiy ma‘lumot.
Sintaksis (qadimgi yunoncha: syntaxis — tuzilma, tartib, birikma):
1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan
vositalari majmui;
2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni
esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va
gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq
etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda
ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini
ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis
juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning
muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda
gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan
voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi aloqamunosabatni,
ran boʻlagi esa voqeahodisa unsurlaring vazifalarini ifodalaydi.
Sintaksis morfologiya bilan chambarchas bogʻliqdir. Sintaksisda, xuddi
morfologiyada boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik hisoblanadi, lekin u shakl


yasalishi jihatidan emas, balki soʻz shakllarining soʻz birikmasi va gaplarni
tuzishdagi ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz birikmalari va gaplar tilning
asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz ichki xususiyatlariga egadir.
Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga
keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz
birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki
bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va
faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap Sintaksisning markaziy birligidir. U
struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap
fikrni — tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni
ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil soʻzdan ("qorongʻilashmoqda",
"jimjitlik"), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan,
sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan
oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi
soʻzlar — koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va
boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning
bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va
amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi.
So‘z birikmasi.
Soʻz birikmasi — ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik
aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida
hosil boʻlgan, borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan
sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin kecha
va boshqa. Har qanday soʻz birikmasi birdan ortiq mustaqil soʻzning


birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va ikki qismdan — hokim va tobe qismdan
tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy — tobe qism, maʼlumot — hokim qism).
Soʻz birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab
turlarga boʻlinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan
soʻz birikmasi sodda soʻz birikmasi hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma
xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq
soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab soʻz
birikmasi deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli —
tobe qism, mutaxassis — hokim qism).
Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra soʻz
birikmasining 2 turi farqlanadi: ot soʻz birikmasi va feʼl soʻz birikmasi. Ot
soʻz birikmasi hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son,
ravish) bilan ifodalangan soʻz birikmasidir (yuk mashinasi, barcha
oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). Feʼl soʻz birikmasi hokim kismi feʼl
bilan ifodalangan soʻz birikmasilaridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez
yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi
farqlanadi: aniqlovchili soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchili soʻz
birikmasi (ukamni oʻynatdim) va holli soʻz birikmasi (tez gapirmoq,
qishloqda yashamoq).
Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr
ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan
farqlanadi. Teng boğlanish sòz qòshilmasini Tobe boğlanish sòz
birikmasini hosil qiladi
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari.


1. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha.
So’slovchi o’z oldiga turli maqsadni qo’yadi. Ma’lum voqea hodisa haqida
xabar beradi yoki noma’lum bo’lgan biror voqea hodisa haqida ma’lumot
olishni istaydi, yoki tinglovchini biror narsani bajarishga undaydi, yoki shu
haqida istak bildiradi, yoki turlicha xis-hayajonni bildiradi.
Shunga ko’ra gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Darak gaplar.
2. So’roq gaplar.
3. Buyruq gaplar.
4. Undov gaplar
Bularning har-bir tuzilishi jihatidan, ya’ni so’zlarni va gramatik formalarini
ishlatishda, so’z tartibida, innivasiyada o’z hususiyatiga ega.
2.Darak gaplar.
Darak gaplarda voqea hodisa haqida xabar beriladi yoki predmetda biror
xususiyatning majudligi tug’risidagi tasdig’I yoki inkor mazmuni ifodalanadi.
Masalan: Sayramovning ko’zlari gulzordan uzilmas edi. (0)
Darak gapning kesimi quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
1.
Aniqlik fe’li bilan: Salqin shamollargina qizning sochlari bilan
o’ynashadi. (0)
2.
Otlar bilan: Inson qo’li gul. Kitob – bilim manbai.


3.
Sifat bilan: Qiz o’z yoridek, uddaburon, chechan. (X.O.)
4.
Son bilan: Onning – yarim besh. Dunyoning jannati ro’zg’orimiz bir,
taqdiri yangi zo’r boshimiz bir. (R.B)
5.
Olmosh bilan: Uning haqi senda emas, sening haqing unda.
Gap bo‘laklari
Gap boʻlaklari — gap tuzilmasida muayyan soʻroqqa javob boʻlib, maʼlum bir
sintaktik vazifani bajaruvchi soʻz va soʻz birikmalari. Gap bo'laklari gap
tuzilmasidagi ahamiyatiga koʻra quyidagi 2 asosiy turga ajraladi: 1) bosh
boʻlaklar — gapning predikativ asosini tashkil etuvchi ega va kesimdan
iborat boʻladi; 2) ikkinchi darajali boʻlaklar — bosh boʻlaklar bilan yoki oʻzaro
bir-birlari bilan tobe aloqada boʻladi, hokim boʻlak maʼnosini aniqdab,
toʻldirib, izohlab keladi hamda asosiy xususiyatlariga koʻra aniqlovchi,
toʻldiruvchi va holga boʻlinadi.
Ega — gapning bosh boʻlaklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol
oʻynaydi. Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu
jihatdan kesim bilan oʻzaro yaqin bogʻlangan. Ega, odatda, kesim orqali,
kesim esa ega orqali, bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. Grammatik
jihatdan ega boshqa boʻlaklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi (baʼzi
ilmiy adabiyotlarda mutlaq hokim sifatida gapning kesimi koʻrsatiladi). Ega
vazifasida kelgan soʻz egalik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qila oladi va
bosh kelishlik shaklida qoʻllanadi. U koʻpincha ot, olmosh, otlashgan soʻz va
soʻz birikmasi bilan ifodalanadi. Ega, asosan, kesimdan avval keladi; bunday
soʻz tartibi eganing grammatik belgilaridan biridir. Baʼzan kesimdan keyin


ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa inversiya deyiladi. Ega baʼzan birgina
soʻzdan, baʼzan esa bir necha soʻzdan, yaʼni sintaktik birlikdan iborat boʻladi.
Masalan:
Tinchlik urushni yengadi.
Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar (Maqol).
Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani Ziyodillani taajjublantirdi (Hamid
Gʻulom).
Ega gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart
emas. Baʼzi gaplarda ega tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. Eganing
gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi,
grammatik shakli va nutq uslubi bilan bevosita bogʻliq.
Kesim — gapning bosh boʻlaklaridan biri . Ega bilan ifodalangan shaxs,
predmet va xodisaning umumiy belgisini bildiradi. Kesim gapni
uyushtiruvchi markaz boʻlib, predikativlikning belgisini koʻrsatadi. Ikki
tarkibli gapda egaga tobe boʻladi; oʻziga bogʻlanib kelgan soʻzlarga nisbatan
esa hokim hisoblanadi. Kesim barcha mustaqil soʻz turkumlari bilan
ifodalanadi. Qaysi soʻz turkumi bilan ifodalanishiga koʻra, feʼl va ot
Kesimlarga boʻlinadi. Feʻl kesim sof fel va baʻzan ravishdosh bilan
ifodalanadi. Feʻldan boshqa soʻz turkumlari ( ot, sifat, son, olmosh, ravish va
taqlid soʻz) bilan, shuningdek, feʻlning harakati nomi shakli biln ifodalagan
kesim ot kesim deyiladi.
Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bn
ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan


kesimga bogʻlanadigan boʻlagi. U oʻzi bogʻlangan soʻz kesimga nisbatan
grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish
xarakteriga koʻra, Toʻldiruvchi 2 xil boʻladi; vositasiz Toʻldiruvchi va vositali
Toʻldiruvchi Vositasiz Toʻldiruvchi tushum kelishigidagi soʻz bn ifodalanadi
va harakat bevosita yoʻnaltirilgan obʼyektni koʻrsatadi, oʻtimli feʼl kesimga
bogʻlanib, kimni? nimani? qayerni? soʻroqlariga javob beradi. Qiyoslang: Vali
akasini koʻrdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qoʻllanishi mumkin; Karim
kitob sotib oldi. Vositali Toʻldiruvchi joʻnalish, chiqish va oʻrinpayt
kelishiklaridagi soʻzlar yoki koʻmakchi olgan soʻz bn ifodalanib, harakat
holat bevosita yoʻnaltirilmagan obʼyektni anglatadi. Masalan: Akamga
shaxmat oʻyini yoqadi; Bizdan doʻstlarga salom deng; Karim ruchka bilan
yozdi.
olisdagi odam tomonidan to'ldiruvchiga berilgan tasnif va ma'lumot.
Toʻldiruvchi fe'lga bog'lanib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim bilan?
nima bilan? kabi so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagidir. MASALAN: Bu
𝘀
'
Usmon ajablandi.E'tibor bering: Men undan (kimdan?) so'radim.
𝗼 𝘇 𝗱 𝗮 𝗻
Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul (nimani?) terding kimga? Gulidan
(nimadan?) ko'zini (nimani?) uzmayin singlim asta javob berdi: —
O'qituvchimga (kimga?) To'ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog'lanadi.
Agar u bog'langan so'z kesim bo'lib shakllanolmagan bo'lsa, ana o'sha so'z
bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo'lagi vazifasida keladi.
Bunday vaqtda u gapning emas, bo'lakning bo'lagi bo'ladi. Masalan:
Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni
birikmasi nimalarni? so'rog'iga javob bo'lib, kesimga bir butun holda
bog'lanadi. Shunday qilib, to'ldiruvchilar kesimga to'g'ridan-to'g'ri


bog'lanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1) mustaqil to'ldiruvchi 2)
nomustaqil to'ldiruvchi. Esda saqlang: 1)To'g'ridan-to'g'ri kesimga bog'lanib
keluvchi to'ldiruvchilar mustaqil to'ldiruvchi sanaladi.2) Kesim vazifasida
kelmagan fe'lga tobe bog'lanib kelgan to'ldiruvchilar nomustaqil
to'ldiruvchilar deyiladi.
To'ldiruvchi ikki guruhga bo'linadi: 1) Vositasiz to'ldiruvchi 2) Vositali
to'ldiruvchi 1) Vositasiz to'ldiruvchi belgili va belgisiz tushum kelishigi
shakllar bilan ifodalangan to'ldiruvchidir. Kimni? nimani? so'rog'iga javob
bo'ladigan so'zlar bilan birikma hosil qiladigan fe'llar o'timli fe'llardir: Qarilari
kutadi mehmon (ot), pazandasi yopadi shirmon (ot) ... 2) Vositali
to'ldiruvchi hokim so'zning kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim uchun?
nima uchun? kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi
so'roqlarga javob bo'lib keladigan kengaytiruvchilaridir. Vositali to'ldiruvchi
jo'nalish, chiqish, ba'zan o'rin-payt kelishiklari yoki uchun, bilan, orqali,
xususida kabi ko'makchilarni olgan so'zlar yoki so'z birikmalari bilan
ifodalanad: Qizg'ish – pushtidan to'qroq, qizildan ochroq rang.
Aniqlovchi — gapning ikkinchi darajali boʻlagi. Shaxs,Narsa, hodisa nomiga
tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati) ni anglatadi. Aniqlovchining uch
turi mavjud: 1) izohlovchi aniqlovchi (boshqa nomni bildiradi ularga jinsi,
mansabi, unvoni, qarindoshchiligi (masalan, oʻzbek shoiri Furqat); 2)
sifatlovchi aniqlovchi (masalan, keksa togʻlar); 3) qaratuvchi aniqlovchi —
belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi soʻz bilan ifodalanadi
(masalan, suvning beti yoki suv beti).
Hol (tilshunoslikda) — gapning ikkinchi darajali boʻlaklaridan biri boʻlib, ish-


harakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bogʻliq
boʻlgan oʻrin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdordaraja kabi
xususiyatlarini koʻrsatadi. Hol ravish, feʼl, ot, sifat, son, olmosh kabi soʻz
turkumlari bilan, shuningdek, taklidiy soʻzlar bilan ifodalanadi: Odil
uyalganidan qizarib ketdi (Oybek); Sulaymonov tantanali ravishda knopkani
bosdi (Abdulla Qahhor); Yetti oʻlchab, bir kes (maqol). Ravishning barcha
turlari hol vazifasida kela oladi. Feʼlning ravishdosh, sifatdosh shakllari hol
vazifasida keladi. Masalan, Saida kulib soʻzladi. Anvar jilmaygan holda kirib
keldi. Oʻzbek tilida hol mazmun jihatdan 8 xil boʻladi: Tarz hol — ish-
harakatning bajarilish holati, usuli va sifatini bildiradi, odatda feʼlga
bogʻlanadi: Ular juda sekin yurishdi (Oybek). Miqdor-daraja holi — ishh-
arakatning bajarilish darajasini, shu bajarilish bilan birga bogʻliq boʻlgan
miqdorni bildiradi: Koʻp oʻyla, oz soʻzla (maqol). Sabab holi — harakat, holat
yoki belgining roʻy berish saba-bini bildiradi. Bunday hollar feʼl bilan
ifodalangan boʻlakka ham, ot bilan (keng maʼnoda) ifodalangan boʻlakka
ham bogʻlana oladi: Qolaversa, k ye n -jaukamizga jonimiz kuyganidan
keldik (Odil Yoqubov). Oʻsha oqshom men andak sharob ichganim uchun
kayfiyatim yaxshi edi (Robindranat Tagor). Maqsad holi — harakat, holat
yoki belgining roʻy berishidagi maqsadni anglatadi: Sizni deb bu yerga
keldim, Yoʻlchi aka (Oybek). Shart holi — harakat, holatning biror shart
asosida roʻy berishini bildiradi: Ishlasa, tishlaydi. Toʻsiqsizlik holi — harakat,
holatning roʻy berishiga toʻsiq boʻla olmagan shartni bildiradi: U koʻrsa ham
oʻzini koʻrmaslikka soladi. Oʻrin holi — harakat va holatning roʻy berishi,
boshlanish, yoʻnalish oʻrnini va bu yoʻnalishdagi soʻnggi nuqtani bildiradi:
Stansiyadan temiryoʻlchilar, shahardan hasharchilar yetib keldi (Asqad


Muxtor). Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-tarozu (maqol). Payt holi
— harakat, holatning roʻy berish vaqtini anglatadi: Erta-indin bu yerlar qam
chamandek yashnaydi (Sharof Rashidov).
Soʻnggi yillarda hol boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari holning
maʼno (mazmun) turlari keragicha taqlil qilingan boʻlsa-da, uning grammatik
tabiati chuqur va atroflicha tavsif etilmaganligini koʻrsatadi. Amalga
oshirilgan tadqi-qotlar ham holning faqat nutqiy koʻlamdagi tashqi belgilari,
maʼnosi, vazifasi hamda ifodalanish xususiyatlarini talqin qilishga
bagʻishlangan.


Xulosa
Xulosamni qisqacha mazmuni shundan iboratki men bu mustaqil ta'limni
o‘rganishim davomida shularni o'rgandimki Sintaksis 1) nutq birliklarini
shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui;
2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni
esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va
gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq
etuvchi boʻlimi. Demak, sintaksis – so’zlarning bog’lanishi, gap va uning
turlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi.
So’z birikmasi – bir – biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma’no va
grammatik jihatdan o’zaro bog’langan ikki yoki undan ortiq so’zlar
bog’lanmasi.
Kesim – gapda fikr ifodalab keluvchi asosiy bo’lak
Ega – gaplarda fikrning kimga, nimaga qarashli ekanini anglatuvchi, belgisi
kesim tomonidan aniqlanadigan bo’lak.
“So’z birikmasi” mavzuini o’rganishda hokim so’z va tobe so’zni aniqlash,
hokim so’z bilan tobe so’zning birikish turini ko’rsatish (boshqaruv,
moslashuv, bitishuv), hokim so’z va tobe so’zni bog’lovchi grammatik
vositani (kelishk qo’shimchalari, ko’makchilar va ohang) aniqlash, hokim
so’z va tobe so’zni qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganligini izohlash
(ot+ot, ot+fe’l) kabilarga e’tibor qaratiladi.
Ma’lumki, o’quvchilar so’z birikmasini so’zlar qo’shilmasidan, so’zdan,


iboradan, gapdan, tasviriy ifodadan farqlashda qiynaladilar. Shu bois,
bularning har biriga (so’z birikmasi va so’zlar qo’shilmasi, so’z birikmasi va
so’z, so’z birikmasi va turg’un bog’lama v.h.) alohida alohida to’xtalishga
to’g’ri keladi.
So’z birikmasining so’zlar qo’shilmasidan farqini tushuntirish uchun ualrni
o’zaro qiyoslash usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan,
“Karimjonning akasi” so’z birikmasini “Karimjon va akasi” so’zlar
qo’shilmasi bilan qiyoslash kabi.
So’z birikmalari zanjiri mavzuini o’tishda gap tarkibida bir so’z birikmasidagi
hokim so’z boshqa bir so’zga tobelanishi, bir hokim so’z bir necha tobe so’z
yoki bitta tobe so’z bir necha hokim so’zga aloqador bo’lishi kabilarga
e’tibor qaratilishi lozim.
Masalan, “uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol” birikmasi
zanjirida 5 ta so’z birikmasi mavjud.
1) uch kundan beri
2) shimolgan esgan 3) mayin shamol 4) shimoldan
esgan mayin shamol 5) uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol.
O’quvchilar sodda gap tarkibidagi kesimlik shakliga ega bo’lgan bitta
kesimning bitta gap markazi ekanligini, qo’shma gap tarkibida esa bunday
markaz ikki va undan ortiq bo’lishini o’rganadilar.
Kesim gap markazi bo’lganligi sababli egadan oldin “Kesim va uning
ifodalanishi” mavzusi o’tiladi. Bu mavzuni o’rganishda avvalo o’quvchilar
e’tibori kesimning mavqeiga qaratiladi.


Malumki, gapning boshqa bo’laklari ishtirok etsa-yu, kesim ishtirok etmasa,
gap tugal fikrni ifodalamaydi. Masalan “Dam olish kuni biz sayohatga”
birikmasida kesim ifodalanmagani uchun tugal fikr yo’q. O’quvchilarga
shunday gaplarni berib, ularni gap markazi – kesim bilan to’ldirish va
kesimning gapdagi mavqei, fikrni ifodalashdagi ahamiyati xususida hukm
chiqarish topshiriladi.
Tilimizdagi shart mayli shakli nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat
qilishi tushuntirishgach, amaliy-ijodiy topshiriqlar bajariladi.
“Ega” mavzusini o’rganishda gap kesimining shaxs-son qo’shimhcalariga
qarab uning egasini tiklash, eganing qaysi so’z turkumi bilan
ifodalanayotganligini aniqlash singari amaliy ishlar bajariladi hamda qaysi
hollarda ega va kesim orasida tire qo’yilishi tushuntiriladi.
O’quvchilar uchun ancha murakkablik tug’diradigan mavzulardan biri egali
gaplarni egasiz gaplardan ajratishdir.
1.Egali va egasiz gaplar (shaxsi no’malum gap)
2.Egasi yashiringan gaplar ( 1.egasi (shaxsi) ma’lum gaplar. 2.egasi (shaxsi)
umumlashgan gaplar)
3.Atov gaplar. 4.So’z gaplar.
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari 5-sinfda ham o’rganilgan . 8-sinfda hol,
to’ldiruvchi va aniqlovchi ustida alohida-alohida ish olib boriladi.
Hol yuzasidan ijodiy-amaliy ishlar – ularning manoviy turlarini aniqlash;
ularni sodda va murakkablarga ajratish; hollarning so’z, takror so’z, so’z


birikmasi, ibora va kengaygan birikmalar bilan ifodalanishu kabilarga
qaratilishi lozim.
To’ldiruvchi mavzusi yuzasidan quyidagi ishlar bajarilishi maqsadga
muvofiq:
- berilgan gaplardan to’ldiruvchilarni ajratish;
- to’ldiruvchi va uning ifodalanishini izohlash, uning so’roqlari ustida ishlash;
to’ldiruvchining so’z, so’z birikmasi, kengaytirilgan birikma va gap bilan
ifodalanishi ustida amaliy ishlar;
- vositali to’ldiruvchilar, ularda kelishik shakllari va ko’makchilar
ma’nodoshligi masalasi v.h.
Aniqlovchi so’z kengaytiruvchisi bo’lganligi uchun ham hol va
to’ldiruvchidan keyin o’rganiladi. Mazkur mavzuni o’rganishda ijodiy-amaliy
topshiriqlar orqali qaratqichli aniqlovchi va sifatlovchi aniqlovchilar haqida
tushuncha hosil qilinadi: ularning sifat,ot, son, olmosh va kengaygan
birikmalar bilan ifodalanishi yuzasidan ma’lumotlar beriladi.
Aniqlovchi bilan bir qatorda izohlovchi ham o’rganiladi. Izohlovchilar
shaxsning unvoni, kasbi, mashg’uloti, yoshi, jinsi, taxallusi kabilarni
anglatishi yuzasidan ham turli topshiriqlar bajariladi.
8-sinfda, dastur talabiga ko’ra, gap bo’laklari tartibi, gap urg’usi, to’liq va
to’liqsiz gaplar, gapning uyushiq va ajratilgan bo’laklari, gap bo’laklari bilan
aloqaga kirishmaydigan kiritmalar, undalma singari mavzular bilan ham
tanishtirish ko’zda tutilgan. Yuqoridagi mavzularni o’tishda quyidagilarga


e’tibor qaratish lozim.
1.Gap bo’laklari tartibini o’tishda o’zgargan tartibga alohida e’tibor qaratiladi
va uning uslubiyat bilan bog’liq jihatlari tushuntiriladi. Masalan, o’zgargan
tartib og’zaki va badiiy nutq uchun xos.
2.Gap urg’usi (mantiqiy urg’u) mavzusini o’tishda bevosita so’z urg’usi
(mantiqiy urg’u) yodga olinadi.
3.To’liqsiz gaplar ham asosan og’zaki nutqda va badiiy asarlardagi dialogda
qo’llanishiga urg’u beriladi.
4.Uyushiq bo’laklarni o’tishda gapning qaysi bo’laklari uyushayotganini
hamda ularda umumlashtiruvchi so’zning ishlatilishi, tinish belgilarining
qo’llanilishi, uyushmagan sifatlovchi aniqlovchilar haqida ma’lumot berish
ko’zda tutiladi
5.Ajratilgan bo’laklar mavzuini o’rganishda uning nutq sharoiti uchun
qanday rol o’ynalayotganiga, ularda tinish belgilarining ishlatilishiga e’tibor
beriladi: Shuningdek, uyushgan bo’laklar bilan ajratilgan bo’laklarning farqi
haqida savol-javob o’tkazish mumkin.
6.Gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan kirish so’z, kirish
birikma, kirish gap va undalmalarni o’tishda ular gap jarayonida qanday
vazifa bajaryotganini aniqlash bilan birga, tinish belgilarining ishlatilishiga
ham e’tibor qaratiladi.
Ko’rinadiki, yuqoridagi mavzularning ko’pi punktuatsiya va uslubiyat bilan
bog’liq holda o’rganishni taqoza etmoqda. Shuning uchun uyushiq bo’laklar


va ularda umumlashtiruvchi so’zning qo’llanishi, ajratilgan bo’laklar, kiritma
kabilarni o’tishda vergul, ikki nuqta, qavslarning ishlatilish o’rinlarini misollar
asosida puxta tushuntirmoq karakki bu o’quvchilarning umumiy
savodxonligiga ham daxldordir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.Oʻzbek tili grammatikasi, 2j, T., 1975;
2.Mahmudov N., Nurmonov A, Oʻzbek tilining nazariy fammatikasi.
Sintaksis, T., 1995.
3. Sh.Raxmatullayev. Hozigi o'zbek adabiy tili (darslik). ―Universitet‖,
Toshkent. 2006. 476 b.
4. R. Sayfullayev, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M.
Abulazova - "Hozirgi
o'zbek adabiy til" O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. - 416 b.
Internet saytlari
1. www.ziyonet.uz
2. Library.navoiy-uni.uz
3. Uz.m.wikipedia.org.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin