Variant –5 1.Sudralib yuruvchilarning mutloq quruqlikda yashashga moslashish belgilarini ko‘rsating
A.Teri bezlarining rivojlanmaganligi va muguz qavat bilan qoplanganligi
B. Tirik tugʻishi,Teri bezlarining rivojlanmaganligi
C. Ichki urugʻlanishi, Boshining ancha harakatchan bo‘lishi
D. Dumining uzun bo‘lishi
2. Kaltakesak nafas olish organlari tuzilishiga tegishli tushunchalarni belgilang:
A.Bronxlar hosil bo‘lgan
B.O‘pkasi oddiy-xaltasimon
C.Qo‘shimcha terisi orqali nafas oladi
D.Nafas olish yoʻllari differensiallashmagan
3. Kaltakesak ayirish organlari tuzilishiga tegishli tushunchalarni belgilang:
A.Tashqi urugʻlanadi
B.Terisi ayirishda ishtirok etadi
C.Mezonefritik buyrak
D.Metanefritik buyrak
4. Nima uchun sudralib yuruvchilar tuxumlarini quruqlikka qoʻya boshlaganlar?
A.Tana harorati doimiy boʻlishi
B.Faol harakatlanishi
C.Tuxum poʻstlogʻining yuqalashuvi
D.Tuxum poʻstlogʻini qalinlashi
5. Issiqqonlilik qushlar uchun xos bo‘lgan qaysi xususiyatlari bilan bogʻliq?
A.Moddalar almashinuvining intensivligi
B.Aktiv harakatlanishi
C.Bitta arterial konusga ega ekanligi
D.Yurak qorichasida arterial qon venoz qon bilan aralashmasligi
6. Kurakoyoqlilar turkumiga mansub qushlarni ko‘rsating
A.Qoravoy, Saqoqush
B.Kulrang o‘rdak, Suqsur
C.Bulduruq, Birqozon
D.Suqsur, Oqqush
7. Faqat sutemizuvchilar uchun xos bo‘lgan morfologik belgilarni ko‘rsating?
A. Oyoqlari kalta va kuchli
B.Terisida bezlari ko‘p
C. Oyoqlari baland, tanasi ostida joylashgan
D.Tanasining ayrim joylarida shox tangachalar saqlanib qolgan
8. Faqat suvda yashaydigan sutemizuvchilarning moslanish belgilarini ko‘rsating?
A.Quloq suprasi kichik
B.Mayda bola tugʻadi
C.Terisi yalangʻoch, junsiz Dum suzgichi yordamida suzadi
D.Ko‘zlarining akkomodatsiya qilish xususiyati rivojlangan
9. Sutemizuvchilar nafas olish sistemasini sudralib yuruvchilarga nisbatan murakkab tuzilganligi belgilarini ko‘rsating?
A.Nafas olishda diafragma muskullari ishtirok etadi
B.Bronxlari rivojlangan
C.Burun bo‘shligʻi ogʻiz bo‘shligʻidan ajralmagan
D.O‘pkasi juda ko‘p katakchalarga bo‘linmagan
10. Qaysi javobda O‘zbekistonda iqlimlashtirilgan baliqlar koʻrsatilgan?
A.Zogʻora
B.Oq amur
C.Laqqa
D.Cho‘rtan
11. Odam organizmidagi organ va to'qimalar funksiyasini zaruratga qarab qaysi nerv sistemasi tartibga soladi?
A.Periferik
B.Simpatik va parasimpatik
C.Markaziy
D.Somatik
12. Gipotalamusda nechta juft yadro yig’indisi bor:
A.Besh juft.
B.Yigirma juft.
C.O’ttiz ikki juft.
D.O’ttiz-o’ttiz besh juft.
13. Og‘riq sezuvchanlikning oliy markazi nerv tizimining qaysi qismida joylashgan
A.Gioptalamus
B.Gipofiz
C.Talamus
D.Qizil yadro
14. Shartli tormozlanish qanday turlarga bo‘linadi
A.So‘nuvchi
B.So‘nuvchi, qiyosiy, kechikuvchi
C.Kechikuvchi
D.Qiyosiy
15. “... Ongli va ongsiz hayotning hamma aktlari kelib chiqish mohiyatiga ko‘ra reflekslardir”-ushbu so‘zlar qaysi olimga tegishli
A.I. M.Sechenov
B.I.P.Pavlov
C.I.A.Ivanov
D.V.V. Pashutin
16. Funksiyasiga ko‘ra optik sistema va retseptor qismdan iborat a’zoni ko‘rsating:
A.Eshitish
B.Hid bilish
C.Tam bilish
D.Ko’rish
17. Ta’sirotlarni qabul qiladigan nerv oхirlari yokitashqi muhitdagi muayyan o’zgarishlarga reaktsiya ko’rsatadigan iхtisoslashgan nerv hujayralariga nima deyiladi:
A.Retseptor
B.Refleks
C.Polyarizatsiya
D.Ekzaltatsiya
18. Yog’lar ferment ta’sirida nimaga parchalanadi:
A.Aminokislotaga
B.Glitseringa
C.Yog’ga
D.Fermentga
19. Sog'lom odamda qon necha minutda iviydi?
A.1-2
B.5-6
C.3-4
D.6-8
20. Effektor neyronlarning ba’zilari skelet muskullariga beradigan harakatlantiruvchinerv tolalarini hosil qiladi,bunday neyronlarga qanday neyronlar deyiladi:
A.Motoneyron
B.Retseptor
C.Neyron
D.Dendrit
21. To‘p mevalar yig‘ma mevalarni tavsivlanishi?
A.To‘p mevalar - o‘zaro bog‘langan mevalar eg‘indisi bo‘lib,ko‘p sonli gullardan hosil bo‘ladi.Yig‘ma mevalar-bitta guli bir necha aloxida mevalaridan xosil bo‘lgan meva
B.To‘p mevalar-bitta gulning bir necha aloxida aloxida mevalaridan hosil bo‘lgan meva.Yig‘ma mevalar-bitta gulning aloxida aloxida tugunchalaridan xosil bo‘lgan mevalar
C.To‘p mevalar- o‘zaro bog‘lanmagan uchta guldan hosil bo‘ladi.Yig‘ma mevalar-o‘zaro bog‘langan ko‘p sonli gullardan hosil bo‘ladi.
D.To‘p mevalar- o‘zaro bog‘langan ko‘p sonli gullardan hosil bo‘ladi.Yig‘ma mevalar-o‘zaro bog‘lanmagan ko‘p sonli gullardan hosil bo‘ladi.
22. Gulqo‘rg‘on qanday vazifani bajaradi?
A.Meva shakllantiradi
B.Urug‘ni shakllantiradi.
C.Changchini shakllantiradi.
D.Gulning ichki qismini himoya qiladi.
23. Quyida keltirilganlarning ichidan oddiy monopodial to‘pgullarni tanlang?
A.Savatcha, boshoq, so‘ta
B.Ro‘vak, dixaziy, boshoq
C.Dixaziy, monoxaziy, pleyoxaziy
D.Ro‘vak, murakkab shingil, monoxaziy
24. Ilashuvchi poyaga misol keltiring
A.Mochalka, uzum
B.Qozonsochiq, qovoq
C.Qoqiut, liana
D.Qovun, tarvuz
25. Qanday o‘tkazuvchi nay boylamlari bikollaterial deb ataladi?
A.Floema va ksilema yonma-yon joylashgan bo‘lsa
B.Floema ksilema atrofida joylashgan bo‘lsa
C.Ksilema tashqi va ichki floema o‘rtasida joylashgan bo‘lsa.
D.Floema va ksilema nursimon joylashgan bo‘lsa
26. Poyaning birlamchi anatomik tuzilishi qaysi qismlarga ajraladi?
A.Qoplovchi (epiderma), birlamchi po‘stloq, markaziy silindr.
B.Qoplovchi (periderma), birlamchi po‘stloq, markaziy silindr.
C.Qoplovchi (epidermqa), ikkilamchi po‘stloq, markaziy silindr
D.Qoplovchi (po‘st), birlamchi po‘stloq, markaziy silindr.
27. Sabzi ildizlarida qasi to‘qima kuchli taraqqiy etgan?
A.Ksilema parenximasi
B.Ksilema mexanik to‘qimasi
C.Floema parenximasi
D.Floema mexanik to‘qimasi
28. Urug‘kurtak tarkibida qanday hujayralar bor?
A.Vegetativ, generativ
B.Tuxum va markaziy
C.Vegetativ, tuxum hujayra
D.Faqat generative
29.Qanday kurtak va novdalarni boituvchi deyiladi?
A.Asosiy novdadan keyin o‘sib chiqadigan kurtaklar va ulardan xosil bo‘lgan yon novdalar
B.Adventif kurtaklarning asosiy o‘q kurtagi bilan almashinishi
C.Asosiy novda bilan bir vaqtda taraqqiy etadigan -(tinim davrini o‘tamaydigan) va ulardan chiqqan yon novdalar
D.Yordamchi kurtakning asosiy o‘q kurtagidan o‘zib ketish
30. Eng primetiv meva bargi (karpela. qaysi o‘simlik guliga xos?
A.Degeneriyaga
B.Mangoliyaga
C.Ayiqtovonga
D.Nilufarga
31. Kislota –asosli hususiyatlarga ko‘ra aminokislotalar qanday guruhga bo‘linadi?
A.Kislotali, asosli, neytral
B.Almashinadigan, almashinmaydigan, yarim almashinmaydigan aminokislotalar
C.Siklik va atsiklik
D.Protenogen va noproteinogen
32.Yon radikal tuzilishga ko‘ra aminokislotalar qanday guruhlarga bo‘linadi ?
A.Almashina digan, almashinmaydigan, yarim almashin maydigan aminokislotalar
B.Kislotali, asosli, neytral
C.Monoaminomonokarbon kislotalar, monoaminodikarbon, diaminomonokarbon, siklik
D.Proteinogen va noproteinogen
33. Replikatsiya nima ?
A.Oqsil biosintezi
B.DNK dan oqsilga genetik axboratni uzaytilishi
C.DNK dan m RNK ga axboratni ko‘chirilishi
D.DNK ning ikki xissa ortishi
34.Genetik kod nima ?
A.Genetik oqsil tarkibining aminokislotalar to‘plami
B.Ma’lum aminokislotalarga azot asoslarining mos kelishi
C.Ma’lum aminokislotalarga RNK larning mos kelishi
D.Ma’lum aminokislotalarga DNK larning mos kelishi
35. Kodon bu nima ?
A.Ma’lum aminokislotaga mos keluvchi nukleotidlar ikkiligi
B.Ma’lum aminokislotaga mos keluvchi ikkita aminokislota
C.Ma’lum aminokislotaga mos keluvchi nukleotidlar tripleti
D.Ma’lum aminokislotaga mos keluvchi DNK