49. Ekspert tizimlarining predmet sohalari Zamonaviy ekspert tizimlari tajribani kupaytirish va iqtisodning barcha sohalaridagi mutaxassislar ishlarini amallashtirishda keng qo’llaniladi. An’anaga kura bilimlar ikki xil kurinishda buladi - jamoa va shaxsiy tajriba bilimlari.
Agar aksariyat bilimlar jamoa tajribasi asosida yetgan bo’lsa, (masalan, oliy matematika), bunday predmet sohasi ekspert tizimi tuzishga muxtoj emas.
Agar predmet sohasida bilimlarning aksariyat kismi yukori darajadagi mutaxassislar tajribasidan iborat bo’lsa, va bilimlar kam strukturlashtirilgan bo’lsa, bunday sohalar ekspert tizimlariga muxtoj buladi.
Shaxsiy bilimlar
Jamoa bilimlar
Ekspert tizimlari qurishga muxtoj bulmagan predmet sohasi
S haxsiy bilimlar
Jamoa bilimlar
Ekspert tizim qurishga muxtoj bo’lgan predmet soha
50. Ekspert tizimining umumiy strukturasi Ekspert tizimlari - bu murakkab dastur komplekslari, ular anik predmet sohasidagi yukori darajadagi mutaxassislar bilimini yiguvchi va kichikrok darajadagi mutaxassislar konsultutsiyasi - maslaxati uchun ishlatiladigan tizimlardir.
Ekspert tizimining umumlashgan sxemasi quyidagicha bulishi mumkin:
Yechuvchi
Bilimlar bazasi
Kuyi tizimdagi tushuntirishlar
Xakikiy ekspert tizimlar murakkabrok strukturaga ega bulishi mumkin, lekin yukorida keltirilgan bloklar xar bir xakikiy ekspert tizimida buladi.
Ayrim asosiy terminlarni keltiramiz:
Foydalanuvchi - tizim muljallangan, ya’ni uni ishlatuvchi predmet sohasi mutaxassisi.
Bilimlar mutaxassisi - ekspert va bilimlar bazasi urtasida bufer rolini utovchi sun’iy intellekt buyicha mutaxassis. Unga sinonimlar: kognitolog, analitik. Foydalanuvchi interfeysi - ma’lumotni kiritish va yechimlarni olishda foydalanuvchi va ekspert urtasida mulokotni amalga oshiruvchi kompleks dastur.
Bilimlar bazasi - ES yadrosi, ekspert va foydalanuvchiga tushunarli xamda EXM tashuvchisida yezilgan predmet sohasi bilimlari to’plami.
Yechuvchi - bilimlar bazasida bor bilimlar asosida ekspert fikrlarini modellashtiruvchi dastur.
Tushuntirishlar kod tizimi - foydalanuvchiga "Nima uchun tizim shu karorni kabul kildi", "U yeki bu taklif Qanday olindi" kabi savollarga javob beruvchi dastur.
Bilimlar bazasi intellektual redaktori. Bilimlar mutaxassisiga bilimlar bazasini mulokot rejimida yaratuvchi dastur. U uziga ichma-ich joylashgan menyu, yerdam (Help) va boshqa baza bilan ishlashni osonlashtiruvchi servis vositalarini mujassamlashtirgan.
Ekspert tizimini tuzuvchilar kollektiviga kamida 4 kishi kiradi:
- ekspert;
- bilimlar mutaxassisi;
- dasturchi;
- foydalanuvchi.
Jamoani bilimlar mutaxassisi boshqaradi, u tizimni tuzishda asosiy figura bo’lib hisoblanadi.
51.Ekspert tizimlar. Asosiy tushunchalari va ta’riflar.