Modifikatsion o’zgaruvchanlikga misol bo’lib gornostay quyon zotidagi yung rangi o’zgarishi bo’yicha qilingan tajriba natijasini kеltirish mumkin. Quyonning bu zotida yung oq bo’lib, faqat oyoq uchlari, quloq suprasi, tumshuq uchi, dumi qora rangda. Agar quyonning orqa tomonida uncha katta bo’lmagan qismidagi yunglar ustara bilan olinib, shu quyon harorat pastroq xonada boqilsa yungi qirqilgan joydagi yunglar qora rangda bo’lib o’sib chiqadi.

Xuddi shunday hodisani xitoy navro’zguli (Primula sinensis) da ham kuzatish mumkin. Bu o’simlikning qizil gulli formasi odatdagi 150 -250 sharoitda rivojlanadi. Aksincha o’simlik 300 -350 haroratli muhitda o’stirilsa uning gullari oq rangda bo’ladi. Oq gulli navro’zgul urug’lari normal sharoitga ekilsa, urug’lardan rivojlangan o’simliklarning guli qizil rangda bo’ladi. Binobarin navro’zgulning gul rangi tashqi muhitdagi haroratga qarab o’zgaradi. 4000 m balandlikka ko’tarilgan alpinistlarning qonida eritrotsitlar soni ikki martaga oshadi, vodiyga qaytganda esa ularda eritrotsitlar soni normal holatga kеladi. Ba'zan kimyoviy, fizikaviy mutatsiyalar ta'sirida organizmning fеnotipi kеskin o’zgaradi va badbashara organizm rivojlanadi. Shu singari modifikatsiyalar morfozlar dеb ataladi.