1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 25,82 Kb.
səhifə1/2
tarix26.11.2023
ölçüsü25,82 Kb.
#134989
  1   2
1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari Sharq


MAVZU: TАRBIYANING MAQSADI VA VAZIFALARI


REJA:


1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari
2. Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari
3. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari
4. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari
Tayanch tushunchalar: Tarbiya jarayoni, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya printsiplari, ijtimoiy tarbiya, milliy tarbiya.

I.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari


Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, printsiplari, metodlari hamda tashkil etilishi masalalarini o’rganadi.
Tarbiya jarayoni, deymiz. Jarayon o’zi nima? Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.
Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod tomonidan o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz.
Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir.
Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini to’ldirish, shakllantirishdir, deydi.
Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi.
Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga qaratilgan barcha ta‘sirlarmajmuidir (“Vatan tuyg’usi”).
Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amhurlikni tarbiya deb tushuntiriladi.
Odamga ish-hunar o’rgatish va umuman shaxsning g’oyaviy-ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim tizimi ham tarbiya sarasiga kiradi.
Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va qo’llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning barchasi o’z o’rnida to’g’ridir.
Tarbiya ijtimoiy xodisadir, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham, uning tarbiyasi ham o’z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar muhitida, o’zaro munosabatlar jarayonida, katta avlodga xos ijtimoiy tajribani o’zlashtirib olish orqali shakllanadi.Tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati ana shu.
Tarbiya jarayondir, tarbiya keng ma‘noda yoshlarni, insonlarni ob‘ektiv va sub‘ektiv ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir.
Biron bir maqsaga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tarbiyaga solinadi:
a) o`quvchi – talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish
maqsadida rejalashtiriladi:
b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbaalar
izlab topiladi:
v) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy
manbaalarni qaysini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi:
Xalqimiz ta‘lim beruvchini muallim, tarbiya beruvchini murabbiy deydi.
Ta‘lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular aynan bir-biriga uxshash emas. Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat.
Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir. Ta‘limning asosiy vazifasi o`quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e‘tiqod, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat.
Pedagogik jarayon agar tarbiya ta‘limda oldin yursagina yaxshi samaralar beradi. Tarbiya ta‘limga nosbatdan ustivor bo’lishi kerak.
Bilim boshqa, tarbiyalanganlik boshqa. Bilimli bo’lish degani shaxs tarbiyalandi, degani emas. Shaxs bilimli, ammo tarbiyasiz, axloqsiz, ma‘naviyatsiz, madaniyatsiz bo’lishi mumkin.
“Bilimlar yaxshi xulq bilan bezalishi kerak”, degan edi buyuk mutafakkir A.N.Farobiy. Xalqimiz ham “Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin”, maqolini bekorga yaratmagan.
Tarbiya jarayoni o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ular quyidagilar:
ta‘lim jarayoni ta‘limga nisbatdan murakkab jarayon hisoblanadi.
Tarbiya jarayoni davomli uzluksizdir. XVIII asrda yashagan frantsuz ma‘rifatparvari K.A.Gelvetsiy (1715-1771) tarbiyaning davomli jarayon ekanligi haqida gapirib bunday degan edi: Men hali ham o’rganishni davom ettirmoqdaman; mening tarbiyam hali ham tugallangani yo’q. Qachon u tugallanadi? U qachon men unga qobilyatsiz bo’lib qolganimda; o’limimdan keyin tugallanadi. Hayotimning barchasi, aslini olganda, faqat birgina davomli tarbiyadir.
- tarbiya jarayoni ham ikki tomonlama jarayondir:
- tarbiya jarayoni dialektik xususiyatga ega:
- tarbiya natijalarining bir xil bo’lmasligi:
- tarbiyaning komleks ya‘ni yaxlit xususiyaiga ega ekanligi.
Oila, turli jamoa tashkilotlari, fan-texnika, adabiyot, san‘at, ommaviy axborot vositalari, radio, televidenie va boshqalar ham tarbiyaga kuchli ta‘sir ko’rsatadi.
Tarbiya jarayonida shaxsning turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy aqliy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustakamlanadi.
Tarbiya-O`zbekiston mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlanishida, jamiyatimiz ijtimoiy taraqqiyotida, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishda xal qiluvchi qudratli omildir.
Tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri yoshlarning ongi, qalbiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, ularda milliy ong, g’ururni shakllantirishdir.
Hozirig kunda tarbiya jarayonida yoshlarda o’zbek xalqiga xos ma‘naviy-axloqiy sifatlarni ayniqsa, iymon-e‘tiqod, yangicha dunyoqarash, Vatanga muhabbat, unga fidoyilik, vatanparvarlik, boshqa millat kishilariga hurmat, insonparvarlik, mehr-muruvvat, sharm-hayo, mehnatsevarlik, mehmondo’stlik kabi fazilatlarni tarbiyalash ta‘lim maskanlari jamoalarining, o`quvchi-murabbiylarimizning muhim vazifasidir.
Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi, deydi davlatimiz boshlig’i I.A.Karimov. Bugungi mafkuraviy Xuruj juda xafli. Bu xuruj insonlar ongini buzuq g’oyalar bilan zaharlashga intilmoqda. Bunday mafkuraviy xurujlardan yoshlar ongini, o’zbekning o’zligini asrashimiz kerak. Yoshlarga bunday buzug’ g’oyalar, mafkuraviy xurujlarning maqsad-mohiyatini tushuntirib berishimiz zarur.
Bu-tarbiya yo’li bilan, mafkuraviy tarbiya yo’li bilan amalga oshali, deydi yurtboshimiz.
Tarbiya jarayonining tuzilishi. Tarbiya jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
tarbiyaviy vazifalarni belgilash;
Uning mazmuning, shakl va metodlarini aniqlash;
O`quvchi-talabalarini umumiy talablar, me‘yorlar bilan tanishtirish;
Ularda ilmiy dunyo qarash va e‘tiqodlarni shakllantirish;
Amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish;
O`quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, uni taxlil qilish ya‘ni monitoringini olib borish va boshqalar.

Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari


Mashhur Shaxslarning Tarbiya Haqidagi Fikrlaridan.

Bilim, ma‘rifat yaxshi hulq, axloq bilan bezanmog’i lozim.


(Abu Nasr Farobiy)
“Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko’ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donoshmandlik kerakligiga ishonch qildim”
(Amir Temur)
“Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘lim-tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”
(Islom Karimov)
“Tarbiya uch narsa ehtiyoj sezadi: iste‘dodga, ilmga va mashqqa”
(Arastu)
“Yaxshi tarbiya-millat ichidan buyuk insonlarni ko’paytirishga, qolganlarni esa sog’lom fikr yurituvchi fuqarolarga aylantirishga qodir” degan edi ma‘rifatparvar Gelvedtsiy
“Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot, yo najod, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”.
(Abdulla Avloniy)
Tug’ub tashlov bila bo’lmas, bola bo’lg’ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul rahnoma sizga.
(Abdulla Avloniy)
Bordir inson zotiga ancha sharaf,
Yomon hulqini etsa bartaraf.

Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o`quvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar.


Tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari bilan o’zaro bog’liq.
O`quvchi shaxsi tarbiya ob‘ektigina emas, yeng muximi u tarbiya sub‘ekti hamdir. Tarbiyaning asosiy turlari ikkitadir: Oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya. “Ijtimoiy tarbiya” iborasini ancha tor ma‘noda shaxsga ta‘sir ko’rsatishning maxsus tuzilgan ijtimoiy institutlarida, ya‘ni ta‘lim maskanlarida amalga oshiriladigan jarayonini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy tarbiya jarayonida yosh avlod o’tmish tajribalarini o’zlashtirib, yanadaboyitadi. Tarbiya shaxsni axloqiy-ma‘naviy, aqliy, jismoniy, huquqiy kamolotida muhim o’rin tutadi. Shunga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning bir necha turlari: aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik mehnat, huquqiy tarbiya kabi turlari bor. Bulardan tashqari diniy tarbiya, harbiy tarbiya ham mavjud.
Bugungi kunda O`zbekiston jamiyati Prezidentimiz boshchiligida bosh tarbiyachi vazifasini o’tamoqda. Tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyatini ko’pgina omillar belgilaydi. Bu omillar quyidagilar: Ta‘limning tarbiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, maktab o`quvchilari bajaradign ijtimoiy-foydali mehnatni aniq rejalashtirish, maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy ta‘sirini birlashtirish, maktabda turli xildagi tarbiyaviy ish shakllari (Yakka tartibdagi, guruh, ommaviy ish shakllari) ni, tarbiyaviy tadbirlarini jonlantirish, o`quvchilar faolligini oshirish, tarbiyalashni qayta tarbiyalash bilan birga qo’shib olib borish va boshqalar.
III.Tarbiya jarayoni mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz ta’sir o‘tkaza olmaydi. Chunki bolalar ma’lum muddatgina maktab, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtning asosiy hismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’til davrlarida o‘quvchilar maktab, o‘qituvchi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning ta’sirini susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari hamda ta’til davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor beriladi.
Ayni vaqtda, respublikada o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar va xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlari, texnika va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin. qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchrashuv, ko‘rgazma, ko‘rik va suhbatlar o‘quvchilarning tafakkur dunyosini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi.Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tishkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga muvofiq endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi:
- aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;
- ko‘p qirrali jarayon;
- uzoq muddatli jarayon;
- yaxlit tizimlilik jarayon;
- ikki tomonlama aloqa jarayoni;
- qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlarining mohiyatini aks ettiradi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi g‘oyalar yotadi:
1.Tarbiya maqsadining aniqligi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy - siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tarbiya maqsadi aniq belgilab olingan edi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vosita bu, shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, Huquqiy, mafkuraviy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalash kabi tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutiladi.
2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchining bolalar bilan ma’naviy ma’daniyati eng yaxshi namunasini izlashi, shu asosda tarbiyachi insonning hayotiy meyor va qadriyatlarini ishlab chiqishi o‘quvchini tarbiya jarayonida faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la – to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari hamda ularning shaxsiy namunalari katta tarbiyaviy ta’sirga ega.
3. O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim jihatlaridan biri – bu insonning hayotida o‘z-o‘zini anglashi inson o‘z shaxsiy hayoti va baxtining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash g‘oyalarga tayanib tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir.
4. Tarbiyaning yo‘naltiruvchanligi. Mazkur g‘oya maktab (ta’lim muassasalari) amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlari, shakl, metod va vositalari emas, balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos tavsifi o‘z qadr-qimmatini anglash tuyo‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.
5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi va o‘quvchi ma’naviyatining boyitilishiga ham xizmat qiladi. Agar tarbiyachi (o‘qituvchi) o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqillikka intilish tuyo‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi.
6. Jamoat yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsning har tomonlama taraqqiyoti unda dunyoni anglash va uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va hamkorlik tuyo‘ularining yuzaga kelishi va rivojlanib borishi amalga oshiriladi.
Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olish lozimligini uqtirishning o‘zigina ham samara beradi. O‘quvchi uchun yuqorida nomlari qayd etilgan tarbiyalarning nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi masalalari qiziqarli rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Yuqorida qayd etilgan g‘oyalar asosida tashkil etilgan pedagogik jarayonda yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibi yoki sohibasini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.
Tarbiya prinsiplari. Unga qo‘yiladigan talablar tavsifi.
Tarbiya prinsiplari - bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishi, mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga ko‘yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan dastlabki koidalardir.
Ular:
1.Tarbiyaning turmush, ijtimoiy xayot bilan boglab olib borish prinsipi.
2.Mexnat yordamida, ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida
tarbiyalash prinsipi.
Z.Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida tarbiyalash
prinsipi.
4.Tarbiyada o‘kuvchi xulkidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xususiyatlariga bardosh berish prinsipi.
5.Tarbiyada o‘kuvchi shaxsini xurmat qilish va talabchanlik prinsipi.
6.O‘quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh va individual xususiyatlarni xisobga olish prinsipi.
7.Tarbiyaviy ta’sirlarni muntazam olib borish va ketma - ketligi prinsipi.
Endi tarbiya prinsiplarining mazmunini taxlil qilishga o‘tamiz.
Tarbiyani turmushning ijtimoiy xayoti bilan boglab olib borish prinsipi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib ulgayishiga va shaxsining shakllanishiga xayot va jamiyat katta ta’sir etadi. Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan bolalarni tarbiyalashdan maksad uni turmush uchun, ijtimoiy - iktisodiy xayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida olib boriladigan ta’lim va tarbiya ishlari turmush bilan mustaxkam boglangan bo‘lishi kerak. Tarbiyaning bu prinsipi o‘tmish avlodlarning ko‘rsatmalaridan kelib chikadi: «Agar ta’lim - tarbiya va bilim berish fakat maktab, madrasa doirasidagina olib borilib, mavj urib turgan turmushdan ajralib kolganda edi, biz ularga ishonmas edik» deb yozgan buyuk mutaffakkirlardan biri.
1.O‘quvchilarni xayot bilan tanishtirish yo‘llari va shakllari xilma - xildir. Avvalo o‘kuvchilarni mamlakatimizda va chet ellarda ro‘y berayotgan ijtimoiy - siyosiy va iktisodiy vokealar bilan muntazam ravishda tanishtirish zarur. O‘kuvchilar orasida siyosiy axborotlar o‘tkazish, gazeta materiallari bilan tanishtirishni yo‘lga ko‘yish, radio eshittirishlari, teleko‘rsatuvlaridan foydalanish lozim.
2. Mehnat yordamida, ijtimoiy foydali faoliyat jarayoniga tayyorlash
prinsipi.
Mexnatning tarbiyaviy ta’sir kuchi goyat kattadir. Mexnatda ishtirok etish va unumli mexnat qilish bilan shaxs o‘z kobiliyati va iktidorini namoyon kiladi va kamolga yetadi. Demak mexnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir.
O‘quv faoliyati va ijtimoiy foydali mexnat o‘kuvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi. Bu ikki faoliyatning ko‘shiluvi bolani aktivlashtiradi, tashabbuskor kiladi va xukuk birligini ta’minlaydi.
Mexnatda va mexnat orkali tarbiyalash prinsipi o‘kuvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarni xisobga olishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Yoshlar serharakat bo‘ladilar va faoliyatga intiladilar. Ular o‘z kuch va kuvvatlarini turli mashgulotlarga, avvalo mexnatga sarf kiladilar. Passivlik, sustkashlik, ishsiz o‘tirish o‘kuvchi tabiati uchun yoddir. Mexnatda insonning kuchi, imkoniyati, xarakteri, o‘z bilimini amalda ishlatish ko‘nikmasi ro‘yobga chikadi va rivojlanadi.
3. Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida tarbiyalash
prinsipi.To‘gri tashkil etilgan jamoa odamlarning kobiliyat va iste’dodning rivojlanishi uchun keng yo‘l ochib beradi. Fakat jamoagina xar tomonlama rivojlanish uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati bilan ko‘sha bilish, bir - biriga o‘zaro yordam berish kabi kimmatli fazilatlar avvalo jamoda tarbiyalanadi va mustaxkamlanadi. O‘kuvchilar jamoasida xar bir shaxsning kamolga yetishi uchun xamda gurux, umuman kollejda do‘stlik alokasini mustaxkamlash uchun juda yaxshi sharoit vujudga keladi.
O‘qituvchi va tarbiyachi o‘zining tarbiyaviy ishlarida xamma vakt o‘kuvchilar jamoasiga va ular orasida faol o‘kuvchilarga tayanmogi, o‘kuvchilarni jamoa bo‘lib turli ishlarni bajarishga odatlantirilib jamoda yashash va ishlashga o‘rgatib borish lozim.
4.Tarbiyada o‘kuvchi shaxsini xurmat qilish va talabchanlik prinsipi.
Bolalarni tarbiyalashda akl bilan ish ko‘radigan moxir pedagoglar
tarbiyalaridagi bolalarning shaxsiy fazilatlarini juda yaxshi biladilar va bundan keyin uning xakida nimalarga erishmokchi ekanliklarini anik tasavvur ztadilar.
Ba’zi murabbiylar, o‘kituvchilar va sho‘x bolalarning salbiy xislatlariga ortikcha urgu berib, katta xatoga yo‘l ko‘yadilar. Bolalarning zaif tomonlari va nuksonlari doim tankid kilinaversa, bolaning o‘ziga ishonchi yo‘koladi, umidsizlikka tushadi. Ayni chogda unda o‘kituvchi va tarbiyachiga nisbatan kandaydir bir nafrat xissi paydo bo‘ladi. O‘kuvchilardagi nuksonlar, xato va kamchiliklarni tuyadek bo‘rttirib, ularning yaxshi fazilatlarni kadrlamaydigan murabbiy va o‘qituvchilar katta xatoga yo‘l qo‘yadilar.
5.O‘quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh va individual xususiyatlar
xisobga olish prinsipi.Bolalarning yoshi ulgaygan sari ularga talab xam orta boradi. Shu tufayli o‘rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustakilligiga suyanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi. Tarbiyada bolalarni ishga solish yaxshi, lekin ularning kuchiga ortik baxo berish yaramaydi.
6.Tarbiyaviy ishlarning muntazam olibborilishi va tizimlilk prinsipi. Tarbiya ishidagi izchillik va tizimlilik prinsipi shundan iboratki, xar bir tarbiya ishi maktab, kollej.oliy ta’lim maktabi tarbiyaviy rejasiga asosan ma’lum izchillikda, oldingi ishning mantikiy davomi sifatida olib borilishiga, tarbiya soxasida kilayottan ishlarni rivojlantirish, mustaxkamlash va yanada yukori darajada ko‘tarishga yo‘naltirilgan.
Tarbiya berishda tizimlilik prinsipi tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘ginlarning oila, maktab, kollejdan tashkari tarbiya muassalari va ishlab chikarish jamoalarining, keng jamotchilikning baxamjixat va bamaslaxat ish ko‘rishini ko‘zda tutadi.
Tarbiya soxasidagi bilimlar, ko‘nikma va malakalarni egallash va mustaxkamlashda, shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish ketma - ketlik va izchillik koidasiga rioya kilgan takdirda jarayonning muntazamligi prinsipini amalga oshirish ta’minlanadi. Tarbiya ishida ilgari egallab olingan ijobiy fazilatlarga, axlok normalarga tayanish kerak bo‘ladi. Shu tarika pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalari xam, axlok normalari xam asta -sekin murakkablashtirib boriladi.
Bunga xar bir yosh guruxi uchun tarbiya vazifalari, ularni xal qilish vosita xamda metodlari muayyan tizimda belgilab beriladigan rejalashtirish yordam beradi. Tarbiya ishining taxminiy dasturi tarbiya jarayoni metodikasi o‘tkaziladigan xar bir tadbir boshkalardan ajralib kolmay, balki boshkalari bilan yagona bir tizimga boglangan va ilgor amalga oshirilgan ishlarning davomi bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizning istiklol yo‘lidagi birinchi kadamlaridanok o‘kuvchi yoshlarimizni o‘z tarakkiyot yo‘lidan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruxiy kuvvat beradigan milliy madaniyatimiz, ma’naviyatimiz, shark falsafasining, ya’ni ma’naviyat - ma’rifatning teran buloklaridan baxramand etishdek dolzarb axamiyatga molik vazifa xalk ta’limi xodimlari oldida ko‘ndalang bo‘lib turibdi.

Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari
Tarbiya jarayonining ham o’ziga xos bir qator qonuniyatlari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta‘minlaydi.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari quyidagilar:
tarbiya jarayoni jamiyatning talab, ehtiyojlari, mafkurasi bilan uzviy bog’liq bo’ladi, ya‘ni tarbiya davrga mos bo’lishi kerak;
tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan, mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir;
Komil insonni tarbiyalash asrlar davomida tarbiyaning yetakchi maqsadi bo’lib kelgan:
- tarbiyaning dialektik xususiyati;
- tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning birligi;
- tarbiya va shaxs rivojlanishining o’zaro bog’liqligi;
- tarbiya jarayonining ham ikki tomonlama xususiyatga ega ekanligi;
- tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakl va metodlarining o’zaro bog’liqligi;
- tarbiyaning maqsad, vositalari va natijalari o’rtasida bog’liqlik bor;
- tarbiya jarayonida shaxs va jamoaning o’zaro bog’liqligi va boshqalar.
Yuksak madaniyatli mutaxassisni ma’naviy - axlokiy tarbiyalash milliy tarbiyaning bosh maksadi. Bu maksad jamiyatning aloxida bir olingan extiyojlarni aks ettirishini, uning moxlyatini, ideal talablarini, o‘ziga xosligi va fazilatlarini, xayotga munosabatini, akliy, axlokiy, jismoniy, estetik rivojlanishini nazariy asoslaydi va umumlashtiradi.
Tarbiya jarayonining moxiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan muayyan konuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki axlok va munosabatlarni aks ettirishidir.
Milliy pedagogika o‘kituvchi, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilarning anik bir maksadga karatilgan o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligini ta’kidlaydi. Zero, tarbiya mukammal shaxsni kuvvatini, kobiliyatlarini, mafkuraviy, ma’naviy -madaniy sifatlarini, ongi va axlokini shakllantirishni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonida kishining turli kobiliyatlari rivojlanadi, xarakter xislatlari, goyaviy - axlokiy, irodaviy, estetik, sifatlari shallanadi, olamga, tabiatga, jamiyatga ilmiy karashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy, akliy, kuchlar mustaxkamlanadi, xarakat sifatlari va ko‘nikmalari rivojlanadi. Xar tomonlama garmonik rivojlangan barkamol inson tarbiyasi uchun imkon yaratiladi.
Tabiat yoki jamiyatdagi xar kanday murakkab xodisa obyektiv ravishda mavjud bo‘ladigan alokalar kuzatiladi. Bu alokalar konuniyat deb ataladi. Bu konuniyat tarbiya jarayonida xam mavjud bo‘lib, u birinchi tomondan ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan boglik.
Tarbiya printsiplari deb, tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini o’zida aks ettiruvchi, tarbiyachi tarbiyaviy ishda amal qilishi zarur bo’lgan asosiy qoidalarga aytiladi. Printsip so’zi lotincha bo’lib, asos, hatti-harakatning asosiy qoidasi, yetakchi g’oya, talab ma‘nolarini anglatadi. Tarbiya printsip-lari bu tarbiya jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir.
Tarbiya printsiplari Sharq va Markaziy Osiyoning faylasuflari, donishmandlar, pedagoglarning fikrlari, milliy pedagogika erishgan yutuq-larga asoslanadi.
Tarbiya printsiplari quyidagilar:
- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi;
- shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash printsipi;
- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik prin-tsipi;
- tarbiyada o`quvchilarningyoshi va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish printsipi;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, tizimliligi, hamda birligi printsipi.
Tarbiya g’oyat murakkab jarayon bo’lib, har davrning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotini o’zida aks ettiradi.
Uning vosita omillari asrlar davomida shakllanib, takomillashadi. Tarbiyada har bir xalqning o’z udumi, tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo’ladi. Shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.
Mustaqil O`zbekiston sobit qadamlar bilan o’z taraqqiyoti yo’lidan bormoqda. Bu yo’l milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash, rivojlantirish, milliy g’ururimizni uyg’otish, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mafkura negizida kamolatga erishish yo’lidir. Bu esa milliy ong, g’urur, milliy odob, milliy etiqod, iymon-diyonat kabi fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga aylantirishni dolzarb vazifa qilib qo’ydi.
Shu tariqa yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishni o’z ichiga oluvchi yangi pedagogik yo’nalish yuzaga keldi. Milliy tarbiya-O`zbekiston milliy mustaqilligining pedagogik maqsadi va shartidir.
Milliy tarbiya O`zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor shaxslarni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi. Milliy tarbiya nima? Milliy tarbiya bu har bir xalqning o’z milliy madaniyati, tili, tarixi, urf-odatlari, an‘analari, hayot tarzi asosida tarbiyalashdir.O`zbekiston maktablari o`quvchilarini milliy tarbiyalash mezonlari mustaqillik tufayli dolzarb ahamiyat kasb etgan, shaxsning milliyligiga aloqador bo’lgan fazilatlarni singdirish tamoyillaridan kelib chiqadi.Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O`zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo’lgan ijobiy sifatlar:
Milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, iymon-e‘tiqod, milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalarni singdirishni; ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar; milliy befarqlik, xoinlik, vatanfurushlik, millatchilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat uyg’otish zarur. O`quvchilarning milliy tarbiyalanganlik ko’rsatkichlari, mezonlari qaysilar bo’lishi kerak? Bu ko’rsatkichlar quyidagilar:
O`zbekiston vatanim mening. Vatanparvarlik; O`zbekistonning tabiiy, milliy, ma‘naviy xususiyatlarini bilish; vatanimizning o’tmish tarixi, hozirgi hayoti va kelajagi haqida tushunchalarga ega bo’lish; o’zbek xalqining qahramon farzandlarini bilish, davlat ramzlarini bilish. Milliy g’urur asoslari. O’zining o’zbek millatiga mansubligi anglash, faxrlanish; milliy burchlarini anglash, ona tilini sevish; Milliy odob. Barchani sizlash, o’zidan kattalarga xurmat, ota-onalarga xurmat; Vatanni sevish-iymondandir va boshqalar.
Milliy urf-odatlarimizni yaxshi bilish, qadrlash va boshqalar.



Yüklə 25,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin