1. Tarbiya va huquqiy tarbiya tushunchalari. Huquqiy tarbiya omillari



Yüklə 20,08 Kb.
səhifə3/3
tarix27.01.2023
ölçüsü20,08 Kb.
#122608
1   2   3
Документ Microsoft Word

Nutq mazmuni. Targ’ibotda kimning gapirayotganligi emas, balki uning ham gap ko’p. Tadqiqotlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, odamlarga mantiqan asosli, hissiyotlar uyg’otuvchi ma’lumotlar tezroq ta’sir qiladi. Bunda auditoriyaning xususiyati nazarda tutilishi kerak. Masalan, o’qimishli, tushungan odamlar auditoriyasi faktlarga tayangan, asosli ma’lumotni tezroq qabo’l qilib, ishonsa, kichik yoshlilar, ma’lumot darajasi pastroq shaxslar ko’proq yurakka yaqin, emotsional ma’lumotga o’ch bo’ladi. Bundaylar o’zlaridagi ayrim negativ his-tuyg’ularni qo’zg’atuvchi ma’lumotlarga nisbatan faolroq bo’lishadi. Axborotlar mazmuni har doim psixologik-pedagogik ekspertizadan o’tkazilishi maqsadga muvofiq. Chunki ba’zan axborot tinglovchi yoki tarbiyalanuvchining yosh xususiyatlarini hisobga olmay aytib yuborilishi mumkin.
Kattaroq yoshli bolalar bilan milliy g’oyalarimiz va vatanparvarlik xususida olib boriladigan suhbatlarda tarbiyachi yoki murabbiy tomonidan tayyor savollar tartibining ishlab chiqilishi, ishlatiladigan tayanch iboralarning asoslanganligi kabi jihatlar katga ahamiyat kasb etadi.  O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish maqsadida huquqiy tarbiya va ongni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mehnat jamoalari, ta’lim maskanlari va har bir shaxs bilan va ko‘p qirrali ishlar amalga oshirilmoqda. Respublika qonun chiqaruvchi organi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan va yurtboshimiz tomonidan imzolangan qonunlar jamiyatimizning barcha sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qilmoqda. Jamiyat oldida turgann dolzarb muammolarni hal etish xalqning huquqiy madaniyatini, savodxonligi va huquqiy tarbiyasini rivojlantirishni taqozo qiladi.
Huquqiy tarbiyali bo‘lish uchun shaxs huquqiy bilimlarini ongli ravishda egallashi, yetarli darajada huquqiy saboq egasi bo‘lishi kerak. Hozirgacha huquqiy tarbiya, uning metodlari haqidagi masalalar olimlar tomonidan to‘laligicha yoritib berilgan emas.


2. Huquqiy tarbiya shakllari

Huquqiy tarbiya o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra; keng va tor ma’nodagi shakllarga bulinaladi. Keng ma’nodagi tarbiya deganda butun jamoaga, ko‘pchilikka ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan tarbiya. Tor ma’nodagi tarbiya alohida shaxsga, uning ongiga ta’sir etish yo‘lidir. Huquqiy tarbiya natijasida keng xalq ommasi va shaxs o‘z xatti-harakatlari ekanligini tushunsa, huquq normalariga ongli ravishda rioya etsa maqsadga erishgan bo‘lib hisoblanadi.


Huquqiy tarbiya muntazam olib boriladigan aniq maqsadni ko‘zlangan va shaxsga ta’sir eta oladigan huquqiy ong, bilim va qonunlarga rioya etish xislatlari yoki fazilatlari to‘plamidir. Barcha fuqarolarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish ishlari huquqni muhofaza qilish va jamoat tomonidan olib boriladigan ishdir. Buning natijasida qonunchilikni mustahkamlash, huquq normalarini hurmat qilish, ularni bilishga erishiladi. Ma’lumki, qonunga rioya qilish uchun eng avvalo uni bilish talab etiladi. Tartib buzuvchilar orasida o‘z xatti-harakatlarini noqonuniyligini o‘ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko‘p uchraydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ichki tartib qoidalar, qonun normalariga rioya qilmaslik natijasida intizomiy, ma’muriy va hatto jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirilishi shart.
Ilgarigi davrlarda huquqiy tarbiya siyosiy tarbiya bilan bog‘liq holda olib borilar edi. Shaxs va jamiyat o‘rtasida munosabatlar shaxs faoliyatini hayotiy pozitsiya esa tarbiya jarayonida shakllanadi. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni foydali faoliyatga o‘rgatishidir. Masalan, yoshlarni biron hunarga, muomalaga, san’atga va yurish turishga o‘rgatish shular jumlasidan.
Huquqiy tarbiya qadimdan davlat bilan birga shakllanganligini ham unutmaslik kerak. Huquqiy tarbiya o‘ziga xos xarakterga ega. U vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan tuzilmalardan tashkil topadi va aniq maqsadlarni ko‘zda tutadi. Shaxsda, mehnatga bo‘lgan munosabatni shakllantirishda jamiyat va davlat manfaatlari, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilish ruhi shakllanadi. Axloq normalari bilan huquq normalari bir-biri bilan yaqin turadi.
Yüklə 20,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin