1. Tarbiyaviy ishni tashkil etish mahorati


Hozirgi zamon pedagogika oldida turgan muhim muommolardan biri



Yüklə 90 Kb.
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü90 Kb.
#127535
1   2   3   4
1. Tarbiyaviy ishni tashkil etish mahorati

2. Hozirgi zamon pedagogika oldida turgan muhim muommolardan biri

O’qituvchi va pedagogiuk mehnat sharoiti muommosi hisoblanadi. Chunki o’qituvchida barcha Pedagogik g’oyalar mujassamlangan bo’lib, uning faoliyati orqali bu pedagogok g’oyalar amalga oshiriladi va hayotga tadbiq etiladi.


O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, etiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining hilma hil faoliyatiga bog’liq: bolalarni o’qitish, o’quv yurtidan va guruhdan tashqari ishlarni tashkil eta bilish, o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib borish va hakozo. Bularni hammasi o’qituvchilardan chuqur bilimlarga ega bo’lishni, o’z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
Respublikamiz mustaqilligi e’lon qilingan sana 1991-yil 31-avgust xaalqimiz hayotida ulug’vor voqealardan hisoblanadi. Endi xalqimiz o’zining boy tarixi, madaniyati, uruf odatalarini o’rganishi, targ’ib qilishi, o’zligini tanishi imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu voqeadan so’ng ko’p sonly o’qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun hormay-tolmay xizmat qila oladigan, buyuk vatan yo’llaridan o’z jonini ham ayamaydigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi ko’ndalang qo’yiladi. Bu vazifa oliy talim konsepsiyasida alohida takidlanadi.
Shuning uchun bunday ulkan vazifani amalga oshirishda guruh rahbari ham o’zining beqiyos hissasini qo’shadi. Guruh rahbarining asosiy vazifalaridan biri bizning kelajagimiz bo’lmish yosh avlodni to’g’ri, insonparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat. Tarbiya jarayonida o’qituvchi va guruh rahbari bir birini tushunish kerak va guruh rahbari o’quvchilarga e’tiborliroq bo’lishini taqoza qilladi.
Guruh rahbari ishini o’quv yurti ma’muriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi bilan hamkorlikda tarbiyoviy ishlarni olib boradi. O’qov yurti ma’mmuriyati guruhda rahbar va u olib borayotgan ishlarni qo’llab quvvatlash lozim. Chunki guruh rahbari o’z o’quvchilarini biladi va ularni tarbiyalash uchun nimalar qilish kerakligini hisobga olib ish yuritadi.
Guruh rahbari ishini ma’naviyat ishlari bo’yicha derektor o’rinbosari boshqaradi. Guruh rahbarining ish rejasini o’quv yurti direktori va ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari tuzadi va boshqaradi.
O’quv faoliyatida bilim, ko’nikma va malakani egallaydilar. O’qituvchi guruh bilan yolg’iz ishlaydi va ko’pincha tarbiyach sifatida ish yuritadi. O’qituvchilarning bolalarga bo’lgan munosabati katta mehribonlik va g’amxurlik bilan xarakterlanadi. Bu esa talabchanlik bilan olib borildi. Oqiyuvchilar bilan bo’ladigan o’zoro mumosabatlrni to’g’ri yo’lga quyish hamda o’quvchilarning o’sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish hissiyoti ham guruh rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. O’quv yurti ustavida guruh rahbarining asosiy vazifalari belgilab beriladi. Guruh rahbari barcha o’quvchilar bilan birgalikda aloqada bo’lib o’zining guruhibilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O’qituvchilar tomonidan o’quvchilarga qo’yiladigan Pedagogik talablar birligiga erishadi. Ota-onalar, kuni uzaytirilgan gruppa tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqada bo’lib turadi.
Zarur bulganda vaqtida yordam ko’rsatib tashkil qiladi, Guruhda belgilangan hujjatlarni olib boradi va uni o’quv yurti ma’muriyatiga taqdim etadi. O’qituvchilar sog’ligini mustahkamlashga doir ishlarni o’tkzadi va mehnat qilishga o’rgatadi. Guruh rahbari ishining o’ziga xos xususiyati shundan iboratk, u oddiy bolalar jamoasini emas balki o’quvchilar jamoasini shakillantiradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi o’qishdan iborat. Shuning uchun guruh rahbari dastavval bolalarning o’qishiga qanday munosabatda ekanliklarini, o’zlarini qanday tutishlarini uy vazifalarini sidqidildan bajarishlari yoki bajarmasliklarini aniqlaydi.
Va nihoyat eng muhimi ularning o’qishidagi mo’ljallari nimalardan iborat. Bu mo’ljallar ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi.
Pedagogguruh bilan ishlashning dastlabki bosqichida turli vaziyatlarga duch kelishi mumkin.
Guruh rahbar jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasidga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Bundan o’quvchilarning yosh hususiyatlarini hisobga olish qo’shimcha shart hisoblanadi. Pedagog shaxsni har tomonlama yetuk kamol toptirishda katta rol o’ymaydi. Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama tarqqiy etishda muhim rol o’ynaydi. O’qituvchi axloqiy tarbiyaning vazifasi va mazmunini o’quvchilarda ekologik ong va madaniyatni shakillantiradi.
O’qituvchilik kasbiga shu jumladan guruh rahbari kasbiga xos bo’lgan muhim fazilatlardan biri-bolalarni sevishi ularning hissiyoti bilan qiziqishi, har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat.
Bolanisevgan butun kuch va bilimni bolalarning kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqor qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy o’qituvchi bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o’qituvchilik kasbiga loqayt odam haqiqiy o’qituvchi bo’la olmaydi.
O’qituvchi: “Ozbekiston kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy iftihorli bo’lishi;
-bolalarni xalq pedogogikasidurdonalari hamda milliy qadiraylarimiz asosida tarbiyalay olishi;
-nutqiy ravon, xalq tili boyligi ifoda usuli va tasvir vositalarini adabiy tili uslubi va me’yorini to’la egallagan bo’lishi” zarur.
O’qituvchilik kasbiga xos bo’lgan bunday fazilatlarni undagi pedogogik odob guruh rahbarining yuksak kasbiy faziltidir. U o’qituvchining savodli bo’lishiga, o’z hissiyotini idora eta olishiga, bolalarga Pedagogik ta’sir o’tkazish vosita va me’yorlarini belgilash aniqlashda yordam beradigan fazilat hisoblanadi. Yuksak pedogogik odobga ega bo’lgan guruh rahbarigina guruhda mo’tadil psixologig iqlim o’rnata oladi, bolalar qalbiga tez yo’l topa oladi.
O’z xizmati xususiyatiga ko’ra guruh rahbari tashikotchilik fazilatiga ham ega bo’lmog’I lozim. Buning uchun o’qituvchi tashabbuskorlik qobilyatiga ega bo’lib har doim tetik, g’ayratli, o’z kuchi va imkoniyatiga ishongan bo’lmog’I zarur. Tashabbuskor va g’ayratli guruh rhbari bolalarni o’z orqasidan ergashtira oladi, o’quvchilar unga ergashadi. O’qituvchilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi, shuning o’qituvchining salomatligi ham ma’lum talablar qo’yiladi. O’qituvchining ovoz paychalari rivojlangan, ko’rish qobilyati yaxshi bo’lishi kerek. Uzoq tikka tura olishi, ko’p yurishi, epchillik kabi fazilatlarga ham ega bo’lmog’I muqarrar.
O’zbekiston Respublikasi oily ta’lim mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: “mutahasis o’z faoliyatini sohasidagi qat’iy nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobilyatiga, menejmint va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo’lishi yani texnologiyalarni joriy etishning xo’jalik ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kereak”.
Ushbu fikirlar o’qituvchilarga ham yani mohir gurih rahbarlariga ham bevosita taaluqlidir. Chunku jamiyatimizda sodir bo’layotgan tub o’zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o’qituvchilarni nafaqat kasbiy bilimlarini, balki iqtisodiy yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo’lishini taqozo qilmoqda. Bu o’rinda guruh o’qituvchilari, guruh rahbarlarining xizmati katta.
Guruh jamoasini jislashtiruvchi omillardan biri o’quv tarbiya mazmunidir. Davlat ta’lim standarti asosida belgilangan fanlarning mazmuni salohiyati o’quvchilarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi bilan birga jamoaga xos bo’lgan o’rtoqlik do’stlik hamkorlik, adolat parvarlik mehru-shavqat kabi fazilatlarni uyg’unligi tufayli jipslashadi. Shu tufayli davlatimiz darsliklarini yangi avlodni tuzish kontseptsiyasiga e’tibor qaratadi, hamda ta’lim mazmunini milliy istiqlol g’oyasi asosiy ta’moillar bilan boyitishga e’tibor kuchayadi. Guruh rahbari ishida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi. Chunki jamoa tojini tarbiyalash kommunistik tarbiya-yetakchi prinsipidir. Tarbiya metodlarini tanlashda ularning jamoadan rivojlanishi darajasiga mosligi muvafaqiyatining muhim sharti hisoblanadi.
Guruh majlisi har bir guruh uchun alohida guruh rahbarligi boshchiligida o’tkaziladi. Guruh majlisida asosiy mavzu tarbiyaga oid bo’lgan maqolalar, ertak-matnlar, she’rlar asosida bayon etiladi.
Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri o’z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e’tiqodligiga, o’z kasbini sevishi, bu kasbga bo’lgan cheksiz sadoqat o’qituvchini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. CHunki o’quv yurtida ta’lim-tarbiya ishning yuqori saviyada o’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarliga bog’liq.
Guruh rahbari shaxsiga qo’yiladian muhim talablardan bir guruh rahbarining o’z ishini yaxshi bilishidir. Uning metodikasini puxta o’zlashtirgan bo’lishi zarur. Shuni to’g’ri tashkil qilish va uni bolalar bilan tushunarli, qiziqarli va mas’uliyatli his qilgan holda olib boorish kerak. O’quvchilar o’qituvchi bilimini bolalarga yetkaza olishi imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning shu predmetga bo’lgan qiziqishini, uning fidoiyligini ham qadrlashadi, taqdirlashadi.
Guruh rahbarining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi (ayniqsa, O’zbekiston mustaqilikka erishgandan so’ng xalqimizning o’z tarixini, madaniyatini, urf-odatini, o’rganishiga, bilishga bo’lgan qiziqishi ortib borayotgan davrda) ta’lim-tarbiyaishlarini muvoffiqiyatli kechishga yordam beradi. Hozirgi zamon o’qituvchisi ayniqsa guruh rahbari milliy qadryatlarimizni bilibgina qolmay, uni keng ota-onalar jamoatchiligi ichida, guruhda otashin targ’ibotchisi ham bo’lishi kerak.
O’qituvchilik kasbi juda katta va jismoniy kuch talab etadi. Shuning uchun o’qituvchining ayniqsa guruh rahbarining salomatligiga ham ma’lum talablar qo’yiladi.
O’qituvchi qo’yiladigan umumiy talablar guruh o’qituvchisining kasbini o’ziga xosligi ayrim spetsifik talablarni keltirib chiqaradi. Chunonchi, guruh o’qituvchisi anatomiya,fizalogiya, o’quv yurti gigienasi fanlaridan xabardor bo’lmog’I, o’quvchilar faoliyatini shu fanlar tavsiyasi asosida tashkil etishi lozim; (guruh gigeinik talabga javob berishi, o’quvchilar rejimi, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishini kuzatishi va to’g’ri yo’naltirish); o’qituvchi o’z nutqini iroda qilishi; adabiy nutq normalariga rioya qilishi, ovozning baland pastligiga ahamiyat berishi, nutqining jonli, ifodali bo’lishiga e’tibor berishi; bolarini charchatib qo’ymaslik maqsadida ish turlarini tez-tez o’zgartira olishi, ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’Ib qilishi, ular bilan yaqindan aloqa o’rnata olishi (bu faoliyatini turi boshlang’ich guruh o’qituvchilarini, jismoniy holatini o’rganishga yordam beradi) va ularga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yordamlashishi kerak. Nihoyat u o’z ustida tinmay ishlamog’I lozim. Ayniqsa qadryatlarimizni o’rganishga, o’zligimizni bilishga ehtiyoj katta bo’lmoqda, zero bu narsalarni bilmay turib mustaqilligimizni mustahkamlab, buyuk davlat qurib bo’lmaydi. Shunday ekan, boshlang’ich gurugdan boshlab bolalar sharqon tarbiya ta’siriga olmog’I, o’z qadryatlarini bilmog’I lozim. Bu o’qituvchidan qolaversa guruh rahbaridan chuqur bilimli bo’lishni talab etadi.
Rabbim-fan payg’ambarim bilimdir.
(Abduraif Fitrat).
Ustozlik –bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qiymati sshu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihaatdan boy qilib, qalbini baxtga ilohiy nurga to’ldiradi. «Ustoz » so’ziga berilgan ta’rifga e’tibor bering-a uning mazmuni naqadar boy. Ustoz-muayyan fan, bilim gohida betakror olim, pedagog mutaxassis, o’z yo’nalishi bo’yicha barcha yangilikardan bohabar, hayotda o’z o’rnini topgan mavqei, salohiyatini va o’quv yurtiga ega, olim fuzalo, oqil komil o’rnak bo’ladigan, o’zining ilg’or tajribasiga ega va kelajakni ilmiy tasavvur qiladigan: ilmiy, bilimli, hamma tomondan tan olingan malohatgo’y inson.
Dunyoda biron kimsa yo’qki, uning ustozi bo’lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, vazir yoki iqtidorli shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo’li gul kosibmi, qarangki barcha-barchaning o’z ustozi va hayot yo’lini charog’on etib turuvchi yo’lboshchisi bo’ladi. Siz o’zingizni ustozlik baxt sohibi hisoblasangiz quyidagilarni unitmaslik kerak.
“O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” g’oyasi sizning har kungi faoliyatingiz uchun dasturulomal bo’lsin va shu buyuk xalq va davlatga munosib shogirdlar tayyorlang.
Ustozning eng buyuk burchi –xalqqa naïf tegadigan aql idrokli, qobilyatli o’quvchi shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun eng avvalo o’zining o’zi ma’naviy jihatdan barkamol fikrlash tarsi, noyob, dunyo qarashi sog’lom, o’z yurti va xalqining g’oyasi va ilg’or mafkuraning bayrog’dori bo’lishi kerak.



Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin