Tayanch iboralar: Ibtidoiy jamoa, Demokrit, Tit Lukretsiy Kar, Markaziy Osiyo, Afrika, marosimlar, diniy rasm-rusumlar, magiya, aborigenlar, Fergyusson, Kondorse, Tyurgo, Charlz Darvin, evolyutsiya, konsepsiya, arxeologik qazishmalar, Kaunsildor Tomsen, kulturologiya, Jon Lebbok, paleolit, neolit, tosh asri, orinyak, geologiya, paleontologiya, paleobotanika, paleoklimatologiya, sinantrop, neandertal, Luis Liki, Olduvay.
Takrorlash uchun savollar
«Sivilizatsiya» so‘zi nisbatan yaqinda, 2asr muqaddam, fransuz ma’rifatchilari tomonidan ilmiy iste’foga kiritilgan, ular bu ibora orqali hur, ozod, odil, huquqiy tizimga ega grajdanlik jamiyatini ifoda qilganlar. Lotincha «civilis» Qadimdan grajdanlik, ya’ni harbiylashmagan jamiyat ma’nosida tushunilgan.
Keyinchalik bu so‘z turlicha, keng mazmunda ishlatiladigan bo‘lib ketdi. Masalan, Amerikalik antropolog L. Morgan, uning ketidan nemis olimi F. Engels odamzod tarixidagi sivilizatsiyani yovvoyilik, vaxshiylik va yarim vaxshiylik davridan keyin kelgan ijtimoiy tizimi shakllangan, ijtimoiy tabaqa va sinflar, Davlatlar, xususiy mulkchilik tashkil topgan inson jamiyati rivojining muhim bosqichi sifatida anglaganlar. Ingliz tarixchisi A. Toynbi sivilizatsiyalarni hududiy madaniy-tarixiy taraqqiyot ko‘rinishi deb hisoblagan.
Sivilizatsiyaning boshlanish nuqtasi va asosiy obyekti-bu insondir. Odam tabiat ne’matlaridan o‘z extiyoji uchun foydalanishga va uning ustidan o‘z hukmronligini o‘tkazishga intiladi. Sivilizatsiya-bu odamning komillik, yetuklikka intilish belgisidir. Al-(Forobiy «Fozil shahar aholisining maslagi» asarida shunday deydi: «har-bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishishga harakat qiladi». Alloma o‘zining boshqa risolasida «Davlatning vazifasi-insonlarning baxt-saodatga olib borishdir. Bu esa ilm va yaxshi ahloq yordamida qo‘lga kiritiladi», deb ta’kidlaydi.
Yusuf Xos Hojib o‘zining mashhur «
Dostları ilə paylaş: |