1. Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro va xorijiy tashkilotlar]



Yüklə 183,61 Kb.
səhifə1/2
tarix10.12.2022
ölçüsü183,61 Kb.
#120781
  1   2
957 26.11.2018




[OKOZ:

1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO))]

[TSZ:

1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro va xorijiy tashkilotlar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
Ta’lim, fan, madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirish, O‘zbekistonning madaniy, ma’naviy va tarixiy merosini keng xalqaro jamoatchilik orasida faol targ‘ib qilish, YUNESKO bilan har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va uni samarali amalga oshirish, shuningdek, YUNESKO Ustaviga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya raisiga, zaruratga ko‘ra, kotibiyat tuzilmasiga boshkaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga hak to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquki berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Huqumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-noyabr,
957-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
1-ILOVA
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, tarkibini va ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, YUNESKO va Ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkilotining (AYSESKO) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
4. Komissiya tuzilmasida uning ishchi organi hisoblangan kotibiyat faoliyat yuritadi.
5. Quyidagilar Komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
ta’lim;
ilm-fan;
madaniyat;
ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar.
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. YUNESKO va AYSESKO faoliyatida jahon sivilizatsiyasi va madaniyati markazlaridan biri sifatida O‘zbekistonning xalqaro obro‘si va rolini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasida YUNESKO va AYSESKO dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
6. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat dasturlarida belgilangan O‘zbekistonning xalqaro obro‘si va rolini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
o‘zbek xalqining madaniy va tarixiy merosini hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda himoya qilish;
O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini fan-ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamda mamlakatning hududiy va global rivojlanish bo‘yicha pozitsiyasi va yondashuvini ilgari surish;
YUNESKO va AYSESKO tadbirlarida hamda loyihalarida vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, mutaxassislarning qatnashishi to‘g‘risida YUNESKO kotibiyatiga hamda mintaqaviy bo‘linmalariga, AYSESKO Bosh direksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi bilan birgalikda takliflar tayyorlash va kiritish;
ta’lim, fan, madaniyat, axborot va kommunikatsiyalar sohasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha YUNESKO, AYSESKOning mintaqaviy byurolari va markazlari bilan muntazam konsultatsiyalar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida YUNESKO va AYSESKO tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazishda qatnashish;
YUNESKO va AYSESKO tomonidan chaqiriladigan bosh konferensiya hamda boshqa hukumatlararo kengashlarni tashkil etishga va o‘tkazishga ko‘maklashish;
YUNESKO va AYSESKO dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlarining ishtirokini rag‘batlantirish;
YUNESKO va AYSESKO grantlari va homiylik xayriyalarini jalb etish va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil etish.
7. Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi tegishli hududlar (obyektlar)da rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari loyihalari Komissiya bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Komissiyaning huquqlari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
8. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid zarur materiallar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chiqarilgan YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga, YUNESKO va AYSESKO qoidalariga zid kelgan hollarda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Komissiya o‘zining majlislarida vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini eshitish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan YUNESKO va AYSESKO masalalari bo‘yicha muammo va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
YUNESKO va AYSESKO dasturlarini va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillarini, shuningdek, boshqa mutaxassislarni jalb qilish.
9. Komissiya o‘z vakolatlari doirasida faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert kengashlari va ishchi guruhlarni tuzishi mumkin.
4-bob. Komissiyaning tarkibi
10. Komissiya tarkibiga Komissiya raisi, uning o‘rinbosarlari, Bosh kotibi va Komissiya a’zolari kiradi.
Komissiya tarkibiga vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek, fan, madaniyat va ta’lim arboblari ham kiritilishi mumkin.
Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya raisi, uning o‘rinbosarlari va Komissiya a’zolari Komissiya faoliyatini amalga oshirishda jamoatchilik asosida ishtirok etadilar.
Komissiya Bosh kotibi Komissiya kotibiyati rahbari hisoblanadi va o‘z faoliyatini doimiy asosda olib boradi.
11. Komissiya a’zolari uning majlislarida almashuv huquqisiz ishtirok etadilar.
Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarini bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
5-bob. Komissiya ishini tashkil etish
12. Komissiya majlislarini Komissiya raisi olib boradi, Komissiya raisi qatnashmagan hollarda uning topshirig‘iga ko‘ra yig‘ilishni rais o‘rinbosarlaridan biri olib boradi.
13. Komissiyaning umumiy majlislari navbatdagi va navbatdan tashqari bo‘lishi mumkin.
Navbatdagi umumiy majlislar har yilda kamida bir marta chaqiriladi. Bunda, qoida tariqasida, Komissiya raisining va Bosh kotibining Komissiya ishchi guruhlari va kotibiyatining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari tinglanadi, Komissiya qarorlarining bajarilishi ko‘rib chiqiladi, uning istiqboldagi faoliyati muhokama qilinadi hamda kotibiyat va Komissiyaning ish rejalari tasdiqlanadi.
Navbatdan tashqari umumiy majlislari alohida hollarda Komissiya vakolatlari doirasiga kiradigan, zudlik bilan hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan chaqiriladi.
14. Komissiyaning umumiy majlislar o‘rtasidagi davrda barcha ishlarga Komissiya kotibiyati rahbarlik qiladi.
15. Umumiy majlislarning kun tartibi, shuningdek, ularni o‘tkazish joyi va vaqti Komissiya raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra rais o‘rinbosarlaridan biri tomonidan belgilanadi.
16. Majlislar Komissiya a’zolarining umumiy sonidan kamida yarmi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
17. Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda, majlisga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
18. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni Komissiya raisi yoki majlisga raislik qilgan uning o‘rinbosari va Komissiya Bosh kotibi imzolaydi.
19. Komissiya majlisi qarorlarining mazmuni (sharhi) ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi.
20. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlarni o‘zida mujassam etgan materiallar Komissiyaning yopiq majlislarida Komissiyaning vakolatli a’zolari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ushbu majlislarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaydi.
6-bob. Komissiyaning kotibiyati
Oldingi tahrirga qarang.
21. Komissiyaning bosh kotibi va uning o‘rinbosari maqomi va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra tegishlicha vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
22. Komissiya kotibiyati quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
YUNESKO kotibiyati va AYSESKO Bosh direksiyasi, YUNESKO huzuridagi konsultativ maqomga ega bo‘lgan komissiyalar hamda YUNESKO va AYSESKOga a’zo davlatlarning milliy komissiyalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Komissiya va uning ishchi organlari ish rejalari tayyorlanishi hamda ular bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;
YUNESKO va AYSESKOning davriy nashrlarida respublika fuqarolari, tashkilotlari, muassasalarining fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha asarlari va boshqa materiallarini chop etishga ko‘maklashish;
YUNESKO va AYSESKO homiyligida o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotlarga yordam ko‘rsatish;
fan, madaniyat va ta’lim bo‘yicha dasturlarni tayyorlash va ularni Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
YUNESKO va AYSESKO tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakillarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
YUNESKO kotibiyatida va uning mintaqaviy bo‘linmalarida, shuningdek, AYSESKO Bosh direksiyasida ishlash uchun ekspertlar sifatida respublika mutaxassislarini tanlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda takliflar tayyorlash;
Komissiya faoliyatiga taalluqli materiallarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va ularning ilg‘or tajribasini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
tegishli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan xizmat doirasida yozishmalar olib borish;
Komissiya majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan zarur hujjatlarni, materiallarni va takliflarni tayyorlash;
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligiga muntazam kiritib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarini asrash masalalari bo‘yicha YUNESKO mezonlariga muvofiq taklif va tavsiyalar kiritish va bu borada tegishli vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
(22-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Oldingi tahrirga qarang.
YUNESKO konvensiyalari talablari amalga oshirilishi va Milliy komissiya qarorlari ijrosining ta’minlanishi yuzasidan nazorat olib borish hamda ushbu maqsadlar uchun ekspert kengashlari va ishchi guruhlarini tuzish;
Milliy komissiya qarorlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda hamda ularning bufer zonalarida joylashgan obyektlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratilishi hamda uning yuritilishi yuzasidan monitoring olib borish;
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyekt va hududlarda, shu jumladan ularning bufer zonalarida olib boriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar davomida o‘tkaziladigan davlat nazoratida ishtirok etish hamda tegishli soha mutaxassislarini jalb qilish;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Komissiya faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa topshiriqlarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Komissiya Bosh kotibi va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
24. Komissiya kotibiyati xodimlari Komissiya Bosh kotibi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod etiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
241. Kotibiyat xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari (xodimlarni qisqartirish hisobidan qo‘llaniladigan ustamalar, umumiy ish staji uchun qo‘llaniladigan ustamalar, Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlaridan tashqari) tatbiq etiladi hamda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya kotibiyati xodimlarining har oylik lavozim maoshlariga 40% miqdorida ustama haq (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) to‘lanadi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Kotibiyat xodimlarining erishgan natijalaridan kelib chiqqan holda, har oylik lavozim maoshlariga (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan 100 foizgacha ustamalar belgilanadi, ularning 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, 50 foizgacha ustamalar esa — xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi hisobidan qoplanadi.
Kotibiyat xodimlari har oylik lavozim maoshiga kotibiyatda xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz, 20 yildan ortiq — 40 foiz oylik ustamalar qo‘llaniladi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
25. Komissiya kotibiyati davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Komissiyaning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
7-bob. Komissiya faoliyatini moliyalashtirish
27. Komissiya faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
YUNESKO va AYSESKO Bosh direksiyasi kotibiyatining mablag‘lari;
Komissiya kotibiyatini ta’minlashga ajratiladigan budjet mablag‘lari;
YUNESKO va AYSESKO bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishdan tushgan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
(27-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Komissiyaning yillik xarajatlar smetasi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya pul mablag‘lari xarajatlar smetasiga muvofiq Komissiya Bosh kotibi tomonidan tasarruf etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining
TUZILMASI

Komissiya,
Rais

Komissiya a’zolari — 15 nafar, jamoatchilik asosida

Kotibiyat,
Bosh kotib
1

Bosh kotib o‘rinbosari
1

Ta’lim va ilm-fan masalalari bo‘limi
3

Kommunikatsiya va axborot masalalari bo‘limi
2

Yuriskonsult, kadrlar bo‘yicha mutaxassisi
1

Madaniyat masalalari bo‘limi
3

Xalqaro maslahat qo‘mitasi koordinatori
1

Bosh buxgalter
1

Izoh. Komissiya raisiga, zaruratga ko‘ra, Komissiya kotibiyati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 13 shtat birligidan iborat. Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni belgilangan normalarga muvofiq belgilanadi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
3-ILOVA
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

A. Abduxakimov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, milliy komissiya raisi

A. Kamilov



tashqi ishlar vaziri, milliy komissiya raisining o‘rinbosari

I. Madjidov



oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, milliy komissiya raisining o‘rinbosari

I. Abdurahmonov



innovatsion rivojlanish vaziri, milliy komissiya raisining o‘rinbosari

B. Sayfullayev



madaniyat vaziri, milliy komissiya raisining o‘rinbosari

Sh. Shermatov



xalq ta’limi vaziri

A. Aqqulov



Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

A. Xaydarov



moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

B. Yuldashev



Fanlar akademiyasining prezidenti

A. Nuridinov



Badiiy akademiya raisi

L. Tangriyev



Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Ko‘chimov



Milliy axborot agentligi bosh direktori

A. Xadjayev



Milliy teleradiokompaniya raisi vazifasini bajaruvchi

F. Zakirov



“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

lavozimiga ko‘ra



Yüklə 183,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin