1. Til, nutq Matn va uning turlari



Yüklə 45 Kb.
səhifə4/7
tarix25.11.2023
ölçüsü45 Kb.
#134810
1   2   3   4   5   6   7
qoshimcha ma\'lumot

Siqiq xulosa (rezyume). Siqiq xulosa ma’ruza yoki boshqa asarlarda keng va atroflicha dalillar bilan bayon etilgan fikrlarning 3-4 gapli yakunidir. Muallif rezyumida kuzatish va mushohadalaridan yuzaga kelgan to‘xtamlarning eng zarurlarini ko‘rsatadi.
Annotatsiya. Annotatsiya badiiy, ilmiy metodik asarlarning muallifi, mavzusi, manbasi, unda ko‘tarilgan asosiy masalani ko‘rsatishga qaratilgan qisqa xabardir. Annotatsiya o‘zining kamso‘zligi, hajm jihatidan nihoyatda kichikligi bilan bayonning boshqa turlaridan ajralib turadi.
Otziv (fikr). Saylanma bayonning yana bir turi otzivdir. U badiiy, ilmiy metodik va boshqa asarlarga berilgan bahodir. Otziv, odatda, asarning yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga qaratilgan, unga, "Oq yo‘l" tilagan tarzda yoziladi. Bu jihatdan taqriz (retsenziya)dan farq qiladi. Retsenziyada asar tanqidiy tahlil etiladi, shu nuqtai nazardan baholanadi. Asarning yutuqlari ham, nuqsonlari ham ko‘rsatiladi. Taqrizchi o‘zining da’volarini turli dalillar asosida isbotlay boradi, asarga ilmiy izohlar beradi.
Otziv ko‘pincha asarlarni himoyaga, nashrga tavsiya etish, asar muallifini quvvatlash maqsadida yoziladi. Shuning uchun unda asarning kamchiliklari ustida deyarli so‘zlanmaydi. Manbadan olingan parchalar ham uning ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi.
Referat. Biror ilmiy, metodik, pedagogik mavzudagi asarning qisqacha mazmuni haqidagi bayon (yozma ma’ruza) referat hisoblanadi. Referat muallifning o‘z asari haqida bo‘lsa, avtoreferat deyiladi. Avtoreferatda asarning qisqacha mazmuni, yangiliklari, metodik usullari, ilmiy qurilishi, foydalanilgan adabiyotlari ustida fikr yuritiladi. Amalda ilmiy va obzor referatlari ko‘proq uchraydi.
Sharh (obzor) referati ilmiy va boshqa asarlarga sharh berish, ya’ni uning umumiy xususiyatlarini qisqacha bayon qilib berishni ko‘zda tutadi.
Biografiya va avtobiografiya. Kishilarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi bayn biografiya (avtobiografiya) deyiladi. Biografiyada bayon kishining tug‘ilgan joyi va yilidan boshlanadi. Biografiya (avtobiografiya) quyidagi tartibda yoziladi:
1. Ismi sharifi, tug‘ilgan yili, tug‘ilgan joyi: rayoni, shahri, viloyati haqida ma’lumot.
2. Ota-onasi, aka-ukalari haqida ma’lumot.
3. O‘Qigan maktabi, unga borish va tugatish yillari, maktabning qaysi ma’muriy hududiy bo‘linishga tobeligi.
4. Mehnat faoliyatini qachon, qaerda, kim bo‘lib boshlaganligi, qaerlarda ishlaganligi.
5. Oilaviy ahvoli.
6. Qaysi jamoat tashkilotlarida faol ishtirok etganligi.
7. Mehnatlari evaziga hukumatimizdan olgan taqdirnomalari.
8. Keyingi davrdagi faoliyati haqida ma’lumot.

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin