Noverbal muloqotning ahamiyati.
1. Geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bogʻliq fikrlarni bidirishda, qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi.
2. Haydovchilar yoki yoʻlovchilardan darhol javob boʻlishi shartligi sababli yoʻl harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy oʻrinni tutadi.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan oʻrinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga koʻra, birinchi marta koʻrishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy boʻlishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
NAZORAT SAVOLLARI
Til va nutqning umumiy va xususiy tomonlari haqida ma’lumot bering.
Matn va uning turlari haqida ma’lumot bering.
Suhbat, muhokama, munozara, notiqona so‘zlash terminlarini izohlab bering.
Verbal va noverbal muloqot deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Алимжонова З., Тўлаганов А.Н., Нутқ санъати.– Т., Фан, 2005.
3. Бобоназарова Б. Нутқ санъати. –Т., ЎзДСИ, 2004
4. Джулдиқараева Х. Нутқ санъати (Талаффуз техникаси).– Т., ЎзДСИ, 2008.
5. Жуманиёзов Р. Нутқий маҳорат (Нотиқ, нутқ, мантиқ). – Т., Адолат, 2005.
6. Жуманов И. Нутқ санъати. Ўзбекистон миллий энциклопедияси, Т., 2007.
7. Қиличев Э., Қиличев Б.Э. Нотиқлик маданияти. Бухоро, 2005.
9. Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нотиқлик маданияти. Т.: 1992.
10. Носирова А. Жонли сўз санъати асослари.– Т., 2003
11. Нурмуҳаммедова Ў. Нутқ санъати. – Т., ЎзДСИ, 2008.
12. Расулова А. Нутқ санъати. – Т., 2006.
14. Саидов У. Нутқ маданияти ва нотиқлик санъати. – Т.: Академия, 2007.
15. Хожиматова М. Нутқ санъати / –Т., Янги аср авлоди, 2011.
Dostları ilə paylaş: |