1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Axborot texnologiyalar ta’minoti. Texnik ta’minot, dasturiy ta’minot



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə7/50
tarix06.12.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#120567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

11. Axborot texnologiyalar ta’minoti. Texnik ta’minot, dasturiy ta’minot
Dasturiy taʼminot yoki SOFTWARE bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Aynan shu dasturiy taminotgina Komputer — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama SOFTWARE yaʼni „soft“-yumshoq, „ware“-"mahsulot" degan maʼnoni bildiradi. Dasturiy taʼmonot 3 guruhga boʻlinadi : 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi : Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar)
Matematik va dasturiy ta’minot
Matematik va dasturiy ta‟minot – axborot tizimi maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo„yicha matematik usullar, modellar, algoritmlar va dasturlar mosligi bo„lib, texnik vositalar kompleksining normal ishlashini ta‟minlaydi.
Matematik ta‟minot vositalariga boshqaruv jarayonlarini modellashtirish vositalari, boshqaruvning o„ziga xos masalalari, matematik dasturlash usullari, matematik statistika, ommaviy xizmat ko„rsatish nazariyasi va boshqalar kiradi.
Dasturiy ta‟minot tarkibiga umumtizim va maxsus dasturiy mahsulotlar hamda texnik hujjatlar kiradi.
Umumtizim dasturiy ta‟minotiga foydalanuvchilarga qaratilgan va axborotga ishlov berishning o„ziga xos masalalarni yechish uchun mo„ljallangan dasturlar to„plami kiradi. Ular kompyuterning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, ma‟lumotlarga ishlov berish jarayonini boshqarish va nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Maxsus dasturiy ta‟minot aniq bir axborot tizimini yaratishda ishlab chiqilgan dasturlarning o„zaro mosligini ifodalaydi. Uning tarkibiga real obyekt bajarilishini ifoda etuvchi amaliy dasturlar paketlari kiradi.
Dasturiy vositalarning texnik hujjatlari masalalar, nazorat namunalari, masalaning iqtisodiy-matematik modeli, algoritmlash masalalarining bayonlarini o„z ichiga olishi lozim.
Texnik ta‟minot – bu axborot tizimining bajarilishi uchun talab qilinadigan texnik vositalar va jarayonlardir (hujjatlari bilan birga).
Texnik vositalar o„z ichiga quyidagilarni: ixtiyoriy rusumli kompyuter; axborotni qabul qilish, yig„ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun vositalar; ma‟lumotlarni uzatish uchun aloqa tarmoqlari va qurilmalari; tashkiliy texnika (orgtexnika), sarf materiallari va h.k.
Hujjatlar yordamida tanlangan texnik vositani ishga tushurishni tashkillashtirish, axborotga ishlov berish texnologik jarayonlari bayon etiladi.
Hujjatlarni uch guruhga bo„lish mumkin:
1. Texnik ta‟minotning davlat va tarmoq standartlari.
2. Texnik ta‟minotni yaratish bo„yicha usullar majmui.
3. Texnik ta‟minot bo„yicha moliyaviy hisobotlarda qo„llaniladigan hujjatlar.
Hozirgi kunda texnik ta‟minotni yaratish bo„yicha ikkita asosiy tur mavjud: markazlashgan va markazlashmagan texnik ta‟minot.
Markazlashgan texnik ta‟minot axborot tizimlarini katta EHM larda va hisoblash markazlarida qo„llashga asoslangan.
Markazlashmagan texnik ta‟minot shaxsiy kompyuterlar asosidagi ishchi o„rinlarida tadbiq etishga asoslangan.
Kompyuterlarning texnik ta’minoti.
Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda hisoblovchi bo‘lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – Kompyuter saqlangan.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan ibora. Avvalo shuni aytish lozimki, ko‘pchilik tushunchasida go‘yoki biz kundalikda foydalaniladigan faqat SHK bor xolos. Bunga albatta sabablar ko‘p. Shulardan biri hozirgi zamon SHK lari ilgari universal deb hisoblangan Kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketgan bo‘lsada, ikkinchi tomondan ko‘p masalalarni yechish uchun bu Kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirgi Kompyuter termini ko‘p uchrasada, shu bilan birga EHM (Elektron Hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko‘p ishlatilib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat Kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud:
Raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Ammo, raqamli Kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda Kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar tezligi, ma‘lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 guruhga bo‘lish mumkin:
super Kompyuterlar (Super Computer)
blok Kompyuterlar (Manframe Computer)
mini Kompyuterlar (MiniComputer)
shaxsiy Kompyuterlar (PC- Personal Computer)
bloknot (Noutbook) Kompyuterlar.

Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin