1. Tog‘ jinslarini sementlashni qо‘llash shartlari. Tog‘ jinslari massivini kimyoviy mustahkamlash usullari


Tog‘ jinslarini sementlashni qо‘llash shartlari



Yüklə 27,13 Kb.
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü27,13 Kb.
#133422
1   2   3   4   5   6
Tog’ jinslari massivini mustahkamlash vositalari.

Tog‘ jinslarini sementlashni qо‘llash shartlari.
Ochiq kon ishlari, gidrotexnik va sanoat-fuqaro qurilishi amaliyotida keng tarqalgan tog‘ jinslari massivini mustahkamlash uslublari – sementlash, silikatizatsiya, qatronlash, yumshoq jinslarni kamuflet portlatish bilan termik mustahkamlash va mustahkamlash.
Tog‘ jinslarini sementlash quduq orqali sementli qorishmani haydash yо‘li bilan bо‘shliqlar va yoriqlarni sun’iy ravishda mustahkamlashdan iborat bо‘lib, buning natijasida ularning monolitligi va suv-gaz о‘tkazuvchanligi oshadi.
Sementning suvga nisbati 1:0,5 dan 1:20gacha о‘zgaradigan sementli qorishmalar bilan yoriq jinslar tamponlanadi.
Tamponlashni qо‘llash sohasi –yoriqlarining eni 0,15…0,20 mm kam bо‘lmagan va 10-2 l/min kam bо‘lmagan solishtirma suv singdiruvchan kuchli yorilgan qoya massivlaridan boshlab to donachalarining о‘lchami 0,8mm.gacha va 0,1…0,2 m/sut oshadigan filtratsiya koyeffitsiyentiga ega toshqorishma va yirik donachali. Karyerlarda qoya va yarimqoya jinslarning (granitlar, granitog‘neyslar, gabbro, kvarsitlar, slanetslar, qumliklar, ohaktosh va h.k.) yoriqsimon massivlarini mustahkamlash uchun ham sementlash qabо‘l qiligan.
Sementli qorishma quduqda nasos bilan hosil qilinadigan sezilarli bosim natijasida massivning buzilgan va yoriqsimon zonalariga kirib boradigan suspenziyani namoryon qiladi. Yoriqsimon massivning katta hajmlarini mustahkamlash uchun burg‘ulash quduqlari yordamida chuqurli sementlash qо‘llaniladi, ular orqali sementli qorishma 1,5…4,0 va undan ortiq Mpa bosimi ostida uzatiladi.
Qiyaliklar sementlanganda quyidagi shartlarga rioya qilish zarur: mustahkamlangan qismning chegarasi bо‘yicha gidrostatik bosimning oshishiga yо‘l qvо‘ymaslik; sirpanish yuzasini va bloklar о‘rtasidagi kontaktlarni shakllantiruvchi zaiflashish yuzalarining mustahkamlanishini ta’minlash.
Sementli qorishma pog‘onaning ustki maydonidan yoki osma polok yoki “belanchak”dan foydalanib qiyalik yuzasidan burg‘ulangan 50…200 mm diametrli quduqlar yarim aylanasi orqali haydaladi.
Qiyaliklarni sementlash uchun asosiy uskuna quyidagilarni: qorishmani aralashtirgich, sementatsion nasoslar, qabо‘l qilish sig‘imlari, quvur о‘tkazgichlar, yuqori bosimli shlangalar, zaporli armaturani, inyektorlarni (haydagichlarni), о‘lchash va tartibga solish apparaturalarini о‘z ichiga oladi.
Tog‘ jinslari massivini mustahkamlash uchun sement tanlash er osti suvlarining agressivligiga, jinslarning jadalligi va yoriqlik tavsifiga, qorishmaning qotish va qattiqlashish muddatiga bog‘liq.
Sementatsion materialni tanlash uchun turli rusumli sementlarning turli xillari (400 past emas), tо‘ldirgichlar (qum, yanchilgan shlak, dumchalar va h.k.) va kimyoviy qо‘shilmalar. Qum donachalarining kattaligi ingichka yoriqli jinslarning sementlaganda 0,1 mm oshib ketmasligi va yirik yoriqlarni va karstlangan jinslar sementlanganda 1 mm oshmasligi kerak.Tuproqli va changsimon zarrachalarning tarkibi qum massasidan 5…6% ortiq bо‘lmasligi kerak.
Tog‘ jinslarining ingichka- va mayda yoriqli massivlarida agressiv suv mavjud bо‘lganda sementlash uchun alyuminiy oksidli yoki qorishmaning tarqalish zonasini kattalashtirishga va sement toshining er osti suvlarining buzuvchi ta’siriga qarshi sulfatli chidamli sement qо‘llaniladi.
Bosimli suvlar mavjud bо‘lganda, sement toshining qotishini tezlashtiruvchi kimyoviy qо‘shilmalardan iborat bо‘lgan tez qotadigan sementlar qо‘llaniladi. Qotish muddatlarini qisqartirish uchun ularga kalsiyli xlor, soda, suyuq shisha yoki temirning, alyuminiyning va bariyning sement massasining 1,5…2,0% miqdoridagi xlorli qо‘shilmasi qо‘shiladi.
Ba’zi murakkab gidrogeologik sharoitlarda qayishqoqligi va harakatchanligi hisobiga tog‘ jinslari yoriqlari va bо‘shliqlariga kirib borishini oshiradigan sementli qorishmalarning qotish muddatlarini erlantiruvchi kimyoviy qо‘shilmalar(gips, xlorli berilliy, sulfit-spirtdi bardu) qо‘llaniladi. Bundan tashqari agressiv suhitda sementlarning korrozion pishiqligi oshadi.



Yüklə 27,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin