Xoja Zaynuddin masjidi. Xoja Zaynuddin masjidi 1555 yilda qurilgan. Biz bu erda birinchi bo`lib masjid qurilishi bilan shahar qurilishi o`rtasidagi hamkorlikni ko`ramiz. Masjid asosiy fasadining ikki tomoni uning oldidan o`tadigan, tor yo`lakni hisobga. olib qurilgan, ikki tomoni esa turar joy uylari bilan bir qatorda turibdi. Ikki old tomoni ayvonli, uning oldida esa katta tosh plitalari terilgan katta hovuz bor. Masjidning ichi juda chiroyli qilib bezatilgan. Uning peshtoqlari shunday mahorat bilan bezatilganki, u o`sha paytdagi odamlarning shunday yuksak didi bo`lganligidan dalolat beradi va uni ko`rgan kishi hayratda qoladi.
Buxoroda katta qiziqish tug`diradigan yana bir qancha yodgorliklar bo`lib, biz eng asosiylarinigina ko`rsatib o`tdik.
O`qituvchi Buxoro shahridagi qadimii edgorliklarni tushuntirib, shaharda katta qiziqish tug`diradigan yana bir qancha me`morchilik yodgorliklari borligini, bu erda eng asosiylarigina ko`rsatib o`tilganligini qayd qilib, suhbatni yakunlagach, «mana endi biz Buxoro viloyatidagi qishloq va rayonlar toponimikasi ustida to`xtalamiz», deb o`quvchilar diqqatini quyidagilarga tortadi:
Askarcha— Buxoro viloyatidagi qishloq. Askarcha — «qo`shin — lashkar qishlog`i» ma`nosini bildiradi. SHu rayondagi Dovud qishlog`ida qurol-aslaha tayyorlangan.
Band — Navoiy rayonidagi qishloq. Bu so`z — to`g`on, suv ombori degan ma`noni bildiradi.
YAngi bozor — Buxoro viloyati Buxoro rayonidagi qishloq. Bu nomni o`rganishda o`sha joyda yashab xizmat qilayotgan o`qituvchilarta, keksalarga va arxiv hujjatlariga murojaat qilindi. Qishloqni nima uchun YAngi bozor deb atashgan? Bunga sabab, YAngi bozor qishlog`idan bir oz naridagi qishloqda boshqa kichik bir bozor bo`lgan, bu bozorga turli tomondan kishilar kelib savdo sotiq qilganlar. Bozor kengayib borgan, eski bozor bilan birgalikda yangi bozor ham rivojlangan. SHundan boshlab qishloq YAngi bozor deb atala boshlagan.
Sari kunda — Romiton rayonidan 15 kilometr naridagi qishloq. Urganch cho`li etaklarida joylashgan. Keksalarning aytishlaricha, o`rta asrlarda qishloq nihoyatda obod bo`lgan. Maydoni keng, bog`-chorbog`i ko`p bo`lgan. SHu erda kunda boshi, ya`ni suv boshi bo`lgani uchun xam qishloqning nomini shunday deb ataganlar. «Sari» — tojikcha (bosh), «kunda» — suv, suv taqsimlanadigan to`g`on boshi demakdir. Vaqt o`tishi bilan xususiy boylik uchun olib borilgan kurashlar natijasida qishloq xarobaga aylangan. 1920 yilda qishloqda jami 6 xo`jalik istiqomat qilgan. Qishloq axolisining ko`pchiligi tojiklar. Keyingi yillarda qishloq tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Dastlab 10 gektar maydonda omoch bilan dehqonchilik qilgan sarikundaliklar bugungi kunda 300 gektardan ortiq erga ekin ekib, farovon hayot kechirmokdalar.
CHor rabot— Buxoro viloyati G`ijduvon rayonidagi qishloqning nomi. CHor rabot, ya`ni to`rtta rabotdan iborat degan ma`noni anglatadi. Hozir xam qishloq to`rt qismdan iborat bo`lib, ular xalq shevasi bilan quyidagicha nomlar bilan ataladi: Sho`ro xo`rxo (sho`r ovqat iste`mol qiladiganlar) — yoki tuzlik ovqat eydiganlar mahallasi; «Markaziy ko`cha» yoki mahalla; Poy luchho (oyoq yalanglar), yoki kambag`allar mahallasi; Oshpazho (oshpazlar mahallasi).
Hozir ham CHor rabot qishlog`i va uning 4 mahallasi yuqoridagi nom bilan atalib kelinadi. Buxoro viloyati G`ijduvon rayonidagi kolxozda quyidagi qishloqlar bo`lib, ular CHor rabot (to`rt rabot), Qo`rg`on (qal`a), Arrabon (suvi ravon ketadigan ariq; suvi tez oqadigan ariq) deb nomlangan (arablar yashaydigan qishloq bo`lishi ham mumkin).
Keskin terak — Karmananing nomi, hozir Navoiy deb ataladi. Bu qishloqning ham o`ziga xos tarixi bor. Uning Keskin terak deb atalishi to`g`risida shunday rivoyat bor: bu erda juda ko`p terak o`sgan. Teraklarni bir kishi kelib kesib olib ketgan. SHundan beri bu joy Kesgan terak deb atalib kelar ekan. Erli xalq tilida «Keskin terak» deyiladi.