1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida



Yüklə 327 Kb.
səhifə36/56
tarix01.02.2023
ölçüsü327 Kb.
#122849
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Toponomika va tilshunoslik

Beshqozoq — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq. Qishloqning kelib chiqish tarixini rayon arxividagi manbalardan ham bilish mumkin. Qishloq 500 yil ilgari paydo bo`lgan. Bu qishloqning o`rni bundan 500 yil ilgari cho`l bo`lgan. CHO`lga ko`chmanchilar va chorvador qabilalardan beshta tuyachi qozoq kelib, o`zining qora chodirini qurib, yashay boshlagan. Bu erlar yashash uchun qulay, suv manbai quduq bo`lgan. Suv 11 —12 metr chuqurlikdan chiqadi. Keyinchalik har erdan odamlar kelib o`rnasha boshlaganlar va bu joy qishloqqa aylangan. Qishloqning nomi qadimdan joylashib qolgan «beshta qozoq» so`zidan olingan. O`shandan beri «Beshqozoq» deb ataladi.
Urgut — Samarqand viloyatidagi rayon nomi. Urgut tarixi tosh asrlardan boshlanadi. Urgut toponimikasi etimologiyasiga olimlarimiz ko`p yillardan buyon qiziqib keladilar. Mashhur rus sharqshunos olimi V. L. Vyatkin mang`itlar hukmronligi davridan boshlab tarixiy hujjatlarda uchraydigan Arkut qishlog`i Urgut deb atala boshlaganini aytadi. Ikkinchi toponimist S. Qoraev o`zining «Geografik nomlar ma`nosini bilasizmi?» asarida bu nomning ma`nosi aniqlanmaganini qayd etadi. Ayrim kishilar esa Urgut nemis tilida yaxshi soat, yaxshi havo degan ma`noni anglatadi, deyishadi va o`z fikrlarining isboti sifatida rivoyatlar aytishadi. Ba`zilar Urkentni ur — o`rta, kent — shahar, qishloq so`zining buzilishidan kelib chiqqan, deyishadi. Biz esa Vyatkinning Urgut so`zi mang`itiylar davrida paydo bo`lgan degan fikrlarini, o`sha davr tarixchisi Muhammad YOqubning «Gulshan ul-mulk» asarida Urgut to`g`risidagi so`zlarini, geograf olim N. G. Mallitskiyning Farg`ona vodiysidagi Mang`it g`ori to`g`risidagi ma`lumotlarini hisobga olib, Urgut toponimi mang`itiylar hukmronligi davrida paydo bo`lgan, degan so`zlarini e`tirof etgan holda, V arabcha Urgut — ofat, faloqat, ya`ni yalang`och, ochiq, ship-shiydon bo`lgan joy, degan ma`noni bildiri-shini aytmoqchimiz. Lekin Urgut toponimi etimologiya-sini aniqlashga hali nuqta qo`yilgan emas. Urgut rayon 1926 yilda tashkil topgan. Urgutliklar hozirgacha o`z tamakisi bilan mamlakatimizda mashhur.
Jumabozor — Samarqand viloyati Urgut rayonidagi qishloq nomi. Urgutdan 4 kilometr pastroqda joy-lashgan. Rivoyatlarga qaraganda, qadim zamonlarda Juma-bozorda odam yashamagan. U erlar qamishzor bo`lgan. Keyinchalik Jumabozorga ikkita odam kelib qamishdan o`zlariga uy yasab olishgan. Mol boqib tirikchilik qilishgan, chunki bu er chorvachilik uchun qulay bo`lgan. SHuning uchun bu erga asta-sekin odamlar yoz vaqtlarida kelib turadigan bo`lishgan. Bora-bora odamlar ko`payib, dehqonchilik bilan ham shug`ullana boshlaganlar. Suv kam bo`lganligi sababli Uramas qishlog`idan o`tadigan ka-naldan Jumabozorga suv olib kelishgan. endi bu erda odamlar dehqonchilik qila boshlaganlar. Lekin bu erda hali bozor yo`q edi. Haftaning har yakshanba kuni Bog`izog`on qishlog`ida bozor bo`lgan. Bu bozorga borib kelish Uramas, Jumabozor, Uroqbayjar qishlog`ida istiqomat qiluvchi odamlarga uzoqlik qilgan. SHuning uchun odamlar xdr jumada bozor qilishga ruxsat olishgan, SHu bilan qishloqning nomi xdm Jumabozor bo`lib ketgan. Hozir xdm bu qishloqning nomi Jumabozor,

Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin