Qo`rg`oncha — uzoq tog`liq qishloq bo`lib, kichik qo`rg`on degan ma`noni beradi. Aytishlaricha, bu atrofda ikkita qo`rg`on bo`lgan. Bittasi mustahkam katta qo`rg`on bo`lgan, ikkinchisi kichkina. Bir kuni tabiiy ofat natijasida qattiq sel kelib, katta qo`rg`onni olib ketgan. Kichik qo`rg`on esa chetroqda bo`lgani uchun omon qolgan.
Qilichbot— bu joy shu erning ko`rinishiga qarab berilgan. Agarda biron balandlik joydan qishloqqa nazar solinsa, uy va bog`lar cho`zilib qilichga o`xshab ketadi.
Qo`shbuloq — ikki buloq suvining qo`shilishiga qarab nomlangan. Zarang buloq bilan Ko`kbuloq o`rtasida joylashgan. Buloq o`rtasi sero`t, ajoyib yaylov. Bu er yashash uchun qulay bo`lganligi sababli qadimdan axoli istiqomat qilgan. Demak, qo`shbuloq nomi bilan YAngiobod qishlog`i vujudga kelgan. Hozir ham shu nom bilan ataladi.
Morbuloq — ajoyib, manzarali yaylov markazidagi buloq nomi. Aytishlaricha, shu buloqdan kechaning ma`lum paytida katta bir ilon chiqib turar ekan. Tasodifan uni bir kishi ko`rib qolib, yuragi yorilib o`lganmish. SHundan so`ng, bu buloq morbuloq, ya`ni ilonbuloq deb atala boshlagan. SHu nom hozir ham saqlanib qolgan.
O`rtabo`z — markazdagi qo`riq degan ma`noni bildiradi. CHunki qishloq atrofi katta suvsiz tekislikdan iborat. O`sha qishloq joylashgan hududgina o`zlashtirilgan bo`lib, o`rtabo`z, ya`ni markaziy bo`z er deb atalgan. Keyinchalik boshqa erlar ham o`zlashtirilgan, ammo qishloqning nomi o`rtabo`z bo`lib qolgan.
Selga — Surxondaryo viloyatidagi Bobotog` etagidagi dara va qishloq nomi. Ko`klam paytida sel keladigan soylik va shuningdek dara og`zida sel kelgan loyqa chirindi qumlardan hosil bo`lgan unumdor erlar «selga» yoki «selcha» erlar deyiladi.
Gilambop— Surxondaryo viloyati Angor rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha gilambop — gilam to`quvchi demakdir. Gilambopli degan urug` ham bo`lgan.
Guliob — Surxondaryo viloyati Sariosiyo rayonidagi qishloq nomi. Guliob, gulob — atirgul suvi. Ilgari atirgul bargini qaynatib, bug`latib tayyorlangan xushbo`y suv gulob deyilgan. Ko`chma ma`nodagi toponim, ammo hozir qishloqda «gulob» tayyorlanmasa ham atirgul ko`p o`sadi.