TALABALAR NUTQI
Umuman, talaba «Ona tili» darslarida, «Bolalar adabiyoti» saboqlarida, «Nutq madaniyati asoslari» o’quvlarida axloqiy kamolat uchun poydevor bo’ladigan maqollarni imkon qadar ko’p va o’quvli o’zlashtirib olsa, juda katta ma’naviy xazinaga ega bo’ladi.
Birinchi o’qituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilariga Vatan, ota-ona, urf-odat, qadriyat, haqiqat, ozodlik, demokratiya, buyuklik haqida ilk saboqlarni beradi. Bu muqaddas tushunchalar esa, xalq maqollarida, ayniqsa, o’zining yorqin ifodasini ta’bir joiz bo’lsa, «obraz»ini to’la topgan. Bu maqollar bilan qurollangan talabalar-bo’lajak o’qituvchilar, avvalo, o’z yuragiga buyuklik kalitini joylaydi, so’ngra shogirdlari ongu shuuriga komillik «urug’»ini ekadi.
Bulbul chamanni sevar,
Odam Vatanni.
******************
Ona yurting oltin beshiging.
******************
Vatan uydan boshlanadi.
Qo’shiq kuydan boshlanadi.
******************
Avval onangga salom ber.
******************
O’z erkingga ega bo’l.
******************
Kitob- aqlli do’st.
******************
Bilimi zo’r mingni yiqar,
Bilagi zo’r birni.
******************
So’ziga boqma,
Ishiga boq.
Qisqasi, talabalar nutqini xalq maqollari bilan qanchalik boyitib borsa, uning biyronligi, chechanligi, kamoloti shuncha takomillashib boradi va tom ma’noda vatanparvar shogirdlar yetishtira oladigan Ustozlikning oydin yo’liga chiqadi hamda elu yurt duosini oladi.
|