ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish- bu uning fan bo’lishiga olib kelgan. Bu yo’nalishga mafkurani ham kiritsa bo’ladi.
Ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda.
Xayriya va o’quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo’yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari);
ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va tanlab olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi. Asosiysi ijtimoiy pedagogika o’z faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va o’z sheriklari bilan birga talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratiladi.
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo’nalishlarini uning eng asosiy vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XI X asrlarda u avvallari e’tiborsiz bo’lgan g’oyalar bilan to’ldiriladi. Aniqrog’i, ijtimoiy pedagogika g’oyasi nazariyasi va amaliyotida birinchi o’ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim g’oya tarbiya va ta’limning uzviy bog’liqligini anglash bo’ldi.
Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog’lab qo’ydi. Jahonda ilk marta didaktik o’yinlar o’tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan.
Ingliz faylasufi Gebert Spenser (1820-1903 y) oilaning shaxs shakllanishidagi o’rni haqidagi ijtimoiy pedagogik g’oyalar bilan to’ldirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan-Angliyaning davlat va siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-atvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog’liq. Qishloq axolisining shaharga ko’chib o’tishlari g’ayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQSHda holat nihoyatda og’ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan axoli ko’chib kelishi bilan bog’liq. Ayni vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U shu paytgacha axloqiy normalarning ana’naviy tashuvchisi bo’lib kelgan. Biroq u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko’pgina odamlar hayotida o’zining avvalgi mavqeini yo’qotdi. SHu bilan birga yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g’oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taq azo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo’ldi. Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.
Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Eng asosiysi-XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)-AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.
G.Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning sust qabul qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga ko’ra isloh qilish g’oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik tizimining asosiy tamoyillari-bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir.
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy qadriyatlari amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. Bu pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g’oyalarga murojaat qilganidir.
Vilgelm Lay “Ґarakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o’zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning biologik tomonini-tug’ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o’yinlarida paydo bo’lishini va ijtimoiyogik tarbiyachining reaksiyalarga ta’sirini ko’rsatgan.
Hozirgacha turli davlat olimlari o’rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlari orasidagi o’rni borasida –bu mustaqil fan bo’la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o’rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil bir sohasi bo’lib qolaveradimi, degan masaladabahs-munazara davometmoqda.
Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo’lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan.
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 20- yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy pedagogik jamiyatning tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini xalqning madaniy va axloqiy darajasini ko’tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. Bunaqa tushunish yangi davrning buyurtmasiga ko’proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika inson hayoti davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan. XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya ishlari o’tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida ta’rif etilaboshladi.. Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning 70-yil Germaniyada oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi.
XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda aloxida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko’p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan.
Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda; davlat ta’lim standartlari, mutaxassisliklar, darsliklar, o’quv rejalari va dasturlarning yetishmasligi, ijtimoiy muxofazaning davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida bo’lish kerak. CHunki Germaniya, Angliya, AQSHlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud.
Dostları ilə paylaş: |