1. umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san`at o'qitish tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi



Yüklə 77,55 Kb.
səhifə31/35
tarix20.04.2022
ölçüsü77,55 Kb.
#115397
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
1. umumiy o\'rta ta\'lim maktablarida tasviriy san`at o\'qitish tas

O‘quv - tarbiyaviy ishlar
- kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’atdan tajribali o‘qituvchilar darslarini kuzatish va tahlil qilish. Bu bilan amaliyot o‘tadigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish jarayonlarini tashkil qilishni tasavvur qilish. Darsning maqsad va vazifalarini belgilash.

- pedagogik tajribani umumlashtirish maqsadida amaliyotchi - talabalar o‘z guruhdoshlarining darslarini kuzatishi va hulosa chiqarishi.

- amaliyot davrida tasviriy san’at fanining o‘quv dasturini bo‘lim va mavzular bo‘yicha rejasi va o‘rnini belgilash.

- namunaviy darslar uchun ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va didaktik materiallar to‘plash.

- kundalik ish rejasini tuzish.

- namunaviy darslar o‘tish.

- ilmiy seminarlarda, metodik kengashlarda ishtirok etish, ilmiy-metodik, bitiruv malakaviy ishning mazmunini, amaliy o‘rnini belgilashni rejalashtirish va unga oid materiallarni to‘plash. Yakuniy hisobot uchun tegishli hujjatlarni yig’ib borish.

Pedagogik, psixologik bilimlar asosida tarbiyaviy ishlarni olib borishi uchun mavjud muhit bilan tanishish:

- o‘qituvchilarning kundaliklari bilan tanishish;

- guruh jurnalini tahlil qilish orqali o‘quvchilarni bilimlarini o‘rganish;

- o‘quvchilarni tasviriy san’at faniga bo‘lgan qiziqishini, qobiliyatini, ixtidorli o‘quvchilar shaxsini va ijodkorligini tashxislash;

- o‘quvchilarning dars vaqtidagi faolligini, pedagogik va psixologik xususiyatlarini;

- o‘quvchilar va ularning ota-onalari, o‘qituvchilari bilan suhbatlashish asosida bir o‘quvchi shaxsiga va guruhga pedagogik - psixologik xarakteristika tuzish.

- sinf murabbiylarining tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishish va butun amaliyot davrida bajariladigan shaxsiy rejani tuzish. Tarbiyaviy ishlarni kuzatish va ularda bevosita ishtirok etish.

- o‘ziga biriktirilgan guruqning tarbiyaviy ish rejasini tuzish.

Tarbiyaviy soat mashg’ulotini o‘tkazishni o‘rganish:

Sinf yoki auditoriyadan tashqari tarbiyaviy ishlarni uyushtirishni o‘rganish.

- to‘garak ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazishni o‘rganish. Tarbiyaviy ish rejasiga ko‘ra o‘qituv rahbarligida tarixiy kunlarni, tadbirlarni va kechalarni o‘tkazish.

- tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlash, ularning yashash sharoitlari bilan tanishish va suhbatlashish.

- ma’naviy - ma’rifiy ishlar rejasining bajarilishida murabbiyga yaqindan yordam berish.




Metodik ishlar
- pedagogik amaliyot davrida ilmiy va metodik ishlarda faol qatnashishi. O‘qituvchi va kursdoshlarining ta’lim-tarbiya ishlaridagi tajribalarini va o‘zining amaliyot davridagi faoliyatini doimo tahlil qilib borish.

- pedagogik kengashlarda va metodik birlashmalarda; ilmiy seminar va anjumanlarda qatnashish. Ilmiy – metodik ma’ruzalar qilish.

- kurs va bitiruv malakaviy ishlar uchun materiallar to‘plash, pedagogik amaliyotga baqishlangan yakuniy yiqilishda ilmiy va metodik fikr-muloqazalar bilan ishtirok etish. qisobot qujjatlarini tayyorlash.

- amaliyot davrida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, metodik ishlar yuzasidan kursdoshlari davrasida ma’ruza qilish



Yüklə 77,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin