1. umumiy o\'rta ta\'lim maktablarida tasviriy san`at o\'qitish tas
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi,
uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fani barcha tasviriy va amaliy san`atga oid – «Qalamtasvir», «Rangtasvir va kompozitsiya», «Haykaltaroshlik», «Tasviriy san’at tarixi» va boshqa fanlar hamda muhandislik grafikasiga oid - «Chizma geometriya», «Chizmachilik» «Kompyuter grafikasi» va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq. Ayniqsa, fiziologiya u pedagogika-psixologiya fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Shu bilan birga tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlarining umumiy va xususiy metodikasi uchun nazariy va amaliy asos hisoblanadi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlaridagi matematika, botanika, biologiya, geografiya, zoologiya, fizika, mehnat fanlari bilan bevosita bog‘liq holda olib boriladi.