1.Uyga vazifa: Gazetadan olingan quyidagi gaplarni ko‘chiring. So‘zlarning juft va
takroriy shakllarini toping, chiziqcha bilan yozilishi sababini ayting.
1. Yigitning ukasi kelib, qo‘yarda-qo‘ymay kasalxonaga borib kelishimni iltimos qildi.
2. Azizlar! Bir kuni kelib afsus-nadomatning zaharli sharobini ichmaslik uchun qo‘lning kiri
bo‘lgan mol-mulkni odamdan, insoniy qadr-qiymatdan yuqori qo‘ymaylik. 3. Yakshanba kuni
birin-ketin, o‘g‘il-qiz, nevara-kelinlar yig‘ila boshlashdi. 4. Yaqinda tumanimizdagi 54 ta
bolalar bog‘chalarida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. 5. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori
bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. 6. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov
majlisda so‘zlagan nutqlarida yigit-qizlarning oldiga jamiyatda munosib o‘rin egallash, o‘z
aql-zakovati, kuch-qudratini to‘la namoyon etishdek mas’uliyatli vazifani qo‘ydi. 7. Тo‘qqiz
yil oldin bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar negadir tez-tez esimga tushadi. 8. Gazetamizda «Ota-
onamdan olgan saboqlarim», deb nomlangan pand-nasihat tarzidagi rukn ochilsa.
(«Oila va jamiyat» gazetasidan)
2.Uyga vazifa:
Berilgan xalq hikmatlarini o‘qing. Yosh olim Najmiddining har bir
javoblarini izohlab bering.Chiziqcha va tirening farqini ayting.
YOSH DONISHMAND
O‘zga mamlakatlardagi ne-ne madrasalarda ta’lim olib, vataniga qaytgan
Najmiddinni podshoh boshliq saroy ahli mudarrislikka tayinlashdan oldin sinovdan
o‘tkazishdi:
— Ayting-chi, ey o‘qimishli zot, dunyoda eng jasur inson kim?
— Farzandi himoyasiga bel bog‘lagan ayol, — javob berdi yosh olim.
— Dunyoda eng sertashvish odam kim?
— Farzandi kelajagi uchun kuyib-pishadigan ona!
— Olamda eng go‘zal mavjudotni aytib bera olasizmi?
— Bolasini erkalatayotgan ayoldan go‘zalroq mavjudot yo‘q.
— Eng hayotbaxsh qudrat egasi kim?
— Avval Olloh, so‘ng ayol...
Shoh maxsus farmon bilan Najmiddinni bosh vazir etib tayinladi.