^ Davlat va uning belgilari, shakllari. Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv mavjud: 1) Ijtimoiy yondashuv; 2) Sinfiy yondashuv; 3) Siyosiy-huquqiy yondashuv. Demak, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning o`zaro munosabatini tartibga soladi – ijtimoiy yondashuv. Davlat sinflarning paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli bo`lib xizmat qiladi – sinfiy yondashuv. Davlat jamiyatning va davlatning o`zining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir – siyosiy-huquqiy yondashuv.
Davlat butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo`lgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo`lgan yagona siyosiy tashkilotdir.
Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va o`zaro munosabatini tashkil etuvchi, yo`naltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir.
Davlat-hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali o`z siyosatini amalga oshiradi.
Davlatning asosiy belgilari:
1. Davlat hokimiyatining, ya`ni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining mavjudligi.
2. Aholining hududlar bo`yicha uyushganligi. Ma`muriy-hududiy birliklarda yashash.
3. Suverenitet-ishki va tashqi siyosatda to`la mustaqil bo`lish.
4. Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy bo`lgan normalar, hulq-atvor qoidalari.
5. Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam ta`minlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni to`plash.
6. Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qo`riqlash, jinoyatshilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.
Davlatning asosiy funksiyalari:
1) Ichki funksiyalar-davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo`nalishlari:
a) regulyativ ( tartibga solish, boshqarish);
b) qo`riqlash (saqlash, muhofaza qilish).
2) Tashqi funksiyalar – davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo`nalshilari;
a) Xalqaro hamkorlik-tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat;
b) Mudofaa va xavfsizlik.
Davlatning shakllari:
I. Boshqaruv shakli: monarxiya va respublika. Monarxiya mutlaq va cheklangan shakllarda bo`ladi (absolyut va konstitutsion). Respublika prezidentlik va parlamentar respublika ko`rinishida bo`ladi. Masalan, Saudiya Arabistoni (mutlaq monarxiya) Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya (cheklangan monarxiya, konstitutsion). AQSH, O`zbekiston Respublikasi (Prezidentlik) Avstriya, Italiya,Germaniya (Parlamentar).
II. Davlat tuzumi shakli:
- unitar; oddiy, yaxlit davlat.
- federativ, murakkab, ittifoqdosh davlat.
- konfederativ; ma`lum bir maqsad yo`lida birlashgan davlatlar ittifoqi.
Masalan, AQSH, GFR, RF, Braziliya, Hindiston davlatlari – federativdir.
Shveysariya ( 1848 yilgacha), Evropa Ittifoqi – konfederativ.
O`zbekiston – unitar davlat.
III. Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari.
- Demokratik ( vakillik demokratiyasi, bevosita demokratiya).
- Antidemokratik (fashistik, totalitar).
Davlat mexanizmi. Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari va muassasalari tizimi. Davlat idorasi ( organi) – davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda o`z tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo`yisha aniq belgilangan vakolatiga ega bo`lgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy aloqadorlikda bo`lgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir.
Davlat idoralari 3 turga bo`linadi.
1.Vakillik idoralari:
a) Qonun shiqaruvchi;
b) Mahalliy hokimiyat va o`zini o`zi boshqarish idoralari.
2.Ijroiya idoralari:
a) Markaziy idoralar;
b) Davlat boshlig`i ( monarx, prezident);
v) Hukumat;
g) Vazirlik va davlat qo`mitalari;
d) Mahalliy idoralar.
3. Sud, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va konstitutsiyaviy nazorat idoralari:
a) sudlar;
b) prokuratura;
v) ichki ishlar vazirligi va uning organlari;
g) adliya vazirligi;
d) milliy xavfsizlik xizmati
Dostları ilə paylaş: |