1. «Xalq pedagogikasi»


Gilamdo’zlik mahsulotlarning turlari, ularning xususiyatlari, o’zbeklar turmushi va urf odatlarida gilamning ahamiyati



Yüklə 138,75 Kb.
səhifə2/3
tarix18.11.2023
ölçüsü138,75 Kb.
#132838
1   2   3
8-mavzu

Gilamdo’zlik mahsulotlarning turlari, ularning xususiyatlari, o’zbeklar turmushi va urf odatlarida gilamning ahamiyati.
VI asrda O‘zbekistonda gilam to‘qish san’ati rivojlanganligi aniqlangan. Kigiz bosish, savatchilik ham qadimiy hunar turlaridandir. Xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi bo‘lib, ko‘p asirlik milliy an’ana va uzoq tarixga ega. Gilam to‘qish badiiy hunarga kiradi. U qadimdan ayollar orasida keng tarqalgan hunar sifatida mashhurdir. Gilam to‘qish san’ati ayniqsa chorvachilik bilan shug‘ullanadigan ko‘chmanchi xalqlar orasida tarqalgan. Gilam qadim zamonlardan beri xona ichini bezatish, issiq saqlash, tovushni kamaytirish uchun xizmat qiladi. gilam asosan polga yoki bo‘yra ustiga to‘shaladi, xonani bezatish uchun devorga osiladi va o‘tov ichiga o‘raladi. Bu san’at juda qadim zamonlardan beri rivojlanganligini yozma tarixiy manbalar va arxiologik topilmalar isbotlab beradi. Arxeologik topilmalar natijasida Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikka mansub gilamlar topilganligi tasdiqlandi. Qadimda Ussuri, Bobil, Midiyada keyinroq esa Eron, Xindiston, Turkiyada to‘qilgan rangli gilamlar mashxur bo‘lgan.
O‘zbekistonda gilam to‘qish maktabi asosan ikki – Samarqand va Andijon gilamlari o‘zining chidamliligi, pishiqligi, aniq qizil-ko‘k, koloridi bilan farq qiladi. Farg‘ona Qoraqalpoq gilamlari asosan ikki xil, ya’ni qizil va to‘q ko‘k gammada to‘qiladi. o‘zbek gilamlarining chetiga ruta, o‘rtasiga turunj yoki doira naqsh ishlanadi. Samarqand gilamdo‘zlik maktabiga Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi gilam to‘quvchilar kiradi. Buxoro gilamlari o‘zining rang-baranglingi kattaligi, uzun patligi va chiroyli naqshlari bilan ajralib turadi. Samarqand gilamlari qisqa patli, markazida turunj chetiga alohida-alohida naqshlar ishlanadi. qalqon deb nomlangan turunj naqshi juda ko‘p ishlanadi. Gilamlar xoshiyador estetik jixatdan chiroyli ishlangan bo‘ladi.
Ko‘pgina mamlakatlarda qadimdan to‘qib kelinayotgan gilamlar yaxshi rivojlangan. Masalan, Fransiya, Eron, Xitoy, Xindiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda. Eng yaxshi gilamlar Dog‘iston, Turkmaniston, Gruziya, Ozarbayjonda va Armanistonda to‘qiladi. gilamning to‘qima, tikma, va bosma hillari bor.
To‘qima gilamda – gilamning guli to‘qiladi. o‘zbekistonda patli va patsiz (polos) gilamlar to‘qiladi.
Tikma gilam – tayyor buyumga guli tikiladigan gilam.
Bosma gilam – guli bo‘yab bosiladigan gilam.
Xiva, Andijon, Urgut, Qarshi va boshqa joylarda to‘qima gilamlar tayyorlanadi

Yüklə 138,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin