1. «Xalq pedagogikasi»


Quyidagi jumlalarda tushirib qoldirilgan so’zlarni o’rniga qo’yib, to’g’ri javob topganingizni tekshirib ko’ring



Yüklə 138,75 Kb.
səhifə3/3
tarix18.11.2023
ölçüsü138,75 Kb.
#132838
1   2   3
8-mavzu

2. Quyidagi jumlalarda tushirib qoldirilgan so’zlarni o’rniga qo’yib, to’g’ri javob topganingizni tekshirib ko’ring:
« Xulosa qilib aytganda xunarmandchilik Sharq xalqlarining …qadimiy qadriyati….. ……. Bo’lib, u asrlar davomida ma’naviyati, o’y-xayollari orzu- istaklarini o’zida ifodalab kelayotgan san’at…….. hisoblanadi.Uning o’ziga xos …milliylik…… xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari, usta-shogird an’analari o’rtasidagi …axloq…….. odob mezoni, madaniyati, yosh avlodda …xunarmandchilik………. kasbiga mehr-muhabbatini o’stirishda muhim axamiyatga egadir.»
3. An’anaviy xunarmandchilik turlari va ularning rivojlanishi turmush sharoitining o’zgarishi bilan bog’liqligini ko’rsatib bering.
O'zbek xalqi juda qadimdan kosib-hunarmand bo'lgan. «Yigit kishiga qirq hunar ham oz» degan ajoyib maqoliga amal qilib, o'zbek yigit va qizlari bolalik, o'smirlik davrlaridanoq biron hunarni egallashga harakat qilishgan. Deyarli har bir qishloq, shahardagi 5 - 10 mahallaning birida o'z nonvoyi, tegirmonchi- si, qassobi, duradgori, sartaroshi, taqachisi, temirchisi, yamoqchisi, ip yigiruvchisi, to'quvchisi, ko'nchisi, tikuvchisi mavjud edi. Olis qishloqlarda bir yo'la bir necha hunarga qo'l uradigan hunarmandlari bo'lgan. Ip yigiruvchi va to'quvchi hunarmandlar nihoyat- da ko'p bo'lgan. Qariyb har bir xonadonda xotin-qiz- lar, ayniqsa, keksa onaxonlar ko'p kunlarini charxda ip yigirish bilan o'tkazganlar. Qishloqda, shaharda charxi, urchug'i yo'q biron xonadon bo'lmagan. Paxta, yo jundan tola olish, ip yigirishdan tortib yigirilgan ipdan xonadon ehtiyojlariga qarab har xil kiyim-kechak, uy-ro'zg'or buyumlarini tikishgacha bo'lgan ishlar- ning hammasini xonadonning ayollari bajarishgan: biri urchuqda tola olib, biri charxda ip yigirgan, ipni kerakli rangga bo'yagan. Ba’zan bir ayolning o'zi ayni vaqtda ip yigiruvchilik, bo'yoqchilik, bichuvchilik, to'quvchilik va tikuvchilik vazifalarini ado etgan. Ki- yim-kechakka, uy-ro'zg'or buyumlariga talab, ehtiyoj orta borgani sayin bu ishlarda ixtisoslashish jarayoni kuchayadi, mehnat taqsimoti kengaygan, charxchi, bo'yoqchi, bichuvchi, tikuvchi, to'quvchi kabi ixtisos- liklar ko'paygan. To‘quvchilik, chitchi va ipak- chi mutaxassisliklarga bo'lin- gan. Biri faqat chit, bo‘z to‘qish bilan, ikkinchisi ipak gazlama- lar to‘qish bilan kun kechirgan. Ular bilan o'zaro hamkorlikda chitgarlar (gazlamalarga gul bosib beradigan mutaxassis- lar) ishlagan. Shoyi ipak gazlamalarni o'simlik moylari bilan har xil rangga bo'yalgan. Tikuvchilik sohasida mehnat taqsimoti mavjud bo'lgan: to'nchi, tikuv- chi, mashinachi, telpakchi, mahsido'z, po'stindo'z, do'ppido'z.
Xalq hunarmandchiligi sohalarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlarning moddiy, xom ashyo, materiallar bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yishda deyarli barcha maktablarda mahalliy imkoniyatlar mavjuddir. Moddiy ta’minot bo‘yicha davlat yo‘nalishi kuchsizlangan hozirgi davrda ham, keyingi bosqichlarda ham mahalliy xom ashyo ta’minotini o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘z kuchlari bilan bevosita amalga oshirishlari mumkin. Xalq hunarmandchiligining mehnat va kasb-hunar ta’limida muntazam o‘rganilishi o‘g‘il va qiz bolalar mehnatini, qishloq va shahar maktablarida muqobil mashg‘ulotlarning tashkil etilishini va qolaversa, o‘quvchilarning ta’lim muassasasini bitirganlaridan so‘ng doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanishlarini ma’lum tartibga soladi. Xalq hunarmandchiligi sohalarini o‘rganish va o‘rgatish, quruq mehnat yumushlarini ketma-ket bajaradigan "ishchi-robotlar", "ishchi-mexanizmlar" tayyorlashni qisman bo‘lsa-da inkor etadi va ijodiy fikrlaydigan, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, yuqori darajada insoniylik fazilatlariga ega bo‘lgan, muomalali, odob-axloqli insonlarni tarbiyalashda imkoniyatlari juda yuqoridir. Respublikamizda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida hunarmandchilik faoliyati kundan kunga rivojlanib, ularning mahsulotlari eksportga chiqarilmokda. Hunarmandchilik faoliyati – yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning hunarmandchilik buyumlari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatidir. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun ko‘pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir.
Mamlakatimizda milliy hunarmandlarga soliq imtiyozi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-1741-sonli Farmoniga asosan tadbiq etilgan bo‘lib, keyinchalik ushbu imtiyozning amal qilish muddati Prezidentimizning tegishli Farmonlariga asosan uzaytirib kelindi
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 30 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-4210-sonli farmonida uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha «Hunarmand» uyushmasi a’zolari - yakka tartibdagi tadbirkorlarga belgilangan qat’iy soliqni to‘lash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PF-4399-sonli farmoniga asosan 2014 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3588-sonli farmoni bilan tasdiqlangan hunarmandchilikning asosiy quyidagi 25 ta faoliyat turi ro‘yxati asosida qo‘llaniladi.
1. Ganch o‘ymakorligi;
2. YOg‘och o‘ymakorligi;
3. Suyak o‘ymakorligi;
4. Tosh o‘ymakorligi;
5. Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi buyumlari yasash;
6. Metall va tunukadan buyumlar yasash;
7. Qilich, xanjar va pichoq yasash;
8. Zarb, o‘yma tasvir (chekanka) usulda yasalgan buyumlar;
9. CHinni (farfor), sopol va ganchdan buyumlar yasash;
10. Qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari yasash;
11. Qo‘lda gilam to‘qish;
12. Qo‘lda gazlama va to‘qma buyumlar to‘qish;
13. Shisha buyumlar tayyorlash;
14. Zardo‘zlik buyumlari tikish;
15. Kashtachilik, kashtado‘zlik;
16. Matoga gul bosish va chokli buyumlar tikish;
17. Milliy xalat (chopon) va bosh kiyimlar tayyorlash;
18. Musiqa asboblari yasash;
19. Miniatyurali, rasmli (tasvirli), ornamentli (naqshli) va sirli bezaklar berish;
20. Hajmli va figurali (shakldor) qolipli (andozali) quyma buyumlar yasash;
21. Kichik haykalchalar yasash;
22. O‘yinchoqlar yasash;
23. Novdalardan buyumlar to‘qish;
24. Teridan buyumlar va oyoq kiyimlari tikish;
25. Sovg‘a (suvenir) esdalik buyumlari tayyorlash; Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, unda oilaviy korxona o‘zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini realizatsiya qilishdan olingan tushum bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod qilinishi belgilandi.
Hunarmandchilik Sharq xalqlari turmush tarzida o‘ziga xos o‘rin tutadi hamda oila a’zolarining barchasini muayyan ishlab chiqarish faoliyatiga jalb eta olish xususiyatiga ko‘ra muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. SHu bilan birga hunarmandchilik oila daromadini shakllantirish va jamg‘arma orttirish imkoniyatini beruvchi faoliyat turi ekanligiga ko‘ra tadbirkorlik bilan o‘zaro uyg‘unlik hosil qiladi. “Ustoz-shogird” an’anasi o‘smirlar bilan bevosita ishlash, ularning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish, mavjud iqtidorlarining yanada rivojlantirilishi uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir. Bu kabi holatlar o‘smirlarni nafaqat tadbirkorlik ko‘nikmalarini, balki mehnat va ishlab chiqarish faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, halol mehnat qilish, mehnat samaradorligidan g‘ururlanish kabi ma’naviy-ahloqiy sifatlarni ham tarbiyalaydi.
4. «Xalq pedagogikasi» fani bo’yicha quyidagi laboratoriya mashg’ulotini bajaring:
bolalar nimchasini to’qib, kashta bilan bezating.(O'g'il bolalar: yumshoq sim yordamida uy maketini yasang)

Yüklə 138,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin