13-varyant
Savollar
1.Yer va suv resurslaridan foydalanishda yangi va tejamkor
texnologiyalardan samarali foydalanish qanday amalga oshiriladi?
2.Talabning qanday turlari mavjud?
3.Аgrar bozorni shakllanishi nimaga bogʼliq?
4.Аgrar sohada sotish tarmoqlari va funksiyalari deganda nimani
tushunasiz?
5.Аgrar bozorni samarali tashkil etishda sotish tizimining oʼrni qanday?
1. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldida doimo
muammolar mavjud bo‘lgan. Ayrim muammolarning paydo bo‘lishiga
insoniyatning o‘zi sababchi bo‘lgan bo‘lsa, ularning ba’zilari tabiat va
jamiyat o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida yuzaga kelgan. Aynan
shunday muammolarning asosiylaridan biri yer kurrasidagi mavjud tabiiy
resurslardan samarali va oqilona foydalanishdir.
Tabiiy resurslarning cheklanganligi kishilik jamiyati rivojlanishining
har bir davrida mavjud bo‘lgan bo‘lsada, hech bir davrda hozirgi
paytdagichalik dolzarb bo‘lmagan va bu jarayon jamiyat taraqqiyotining
rivojlanish tendensiyasiga muvofiq tarzda kuchayib bormoqda.
Tabiiy resurslar kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha davrlarida
ishlab chiqarish omillarining muhim ko‘rinishi sifatida u yoki bu shaklda
iste’mol qilinib kelinadi. Tabiiy resurslar tabiat elementlari bo‘lib,
jamiyat iste’moli uchun foydalaniladigan tabiiy muhitning muhim
tarkibiy qismi va tabiiy shart-sharoitlarning yalpi yig‘indisini ifodalaydi.
Tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanib, ular davlat
tomonidan muhofaza qilinadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida qayd etilganidek: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik
va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir».
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublikamiz
hududidagi barcha tabiiy, yer osti boyliklari davlatimiz tasarrufiga o‘tdi.
O‘zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ijtimoiy ishlab
chiqarishga jalb etilmagan mineral xom-ashyo resurslari to‘plangan.
O‘zbekistonda 95 turdagi mineral xom-ashyoni o‘zida mujassam etgan
2700 ta kon aniqlangan. Amalda Mendeleev davriy jadvalidagi barcha
elementlar respublikamizda mavjud. Mamlakatning umumiy xom-ashyo
salohiyoti 3,3 trillion AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Mavjud
konlardan har yili 5,5 mlrd. AQSh dollariga teng foydali qazilmalar qazib
olinmoqda.
Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashga
qaratilgan muhim vosita - bu davlat tomonidan tabiiy resurslardan
foydalanish bilan bog‘liq turli xil to‘lovlardir. Jahon amaliyotida tabiiy
resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar tizimini bonuslar, rentals,
royalti va soliqlar tashkil etadi.
Rentals - tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarning
ikkinchi ko‘rinishi hisoblanib, davlat tomonidan tabiiy resurslardan
foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish vaqtida undiriladigan to‘lov
hisoblanadi. Rentals kelishuv davri davomida yoki qazib olish
boshlanishidan avval undiriladi.
Royalti tabiiy resurslardan foydalanuvchining yalpi daromadidan
foiz ko‘rinishida undirilib, davlat tomonidan tabiiy resurslarning egasi
sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotning qat’iy ulushi o‘zlashtiriladi.
Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, royalti – bu mineral xom-
ashyoni qazib olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga
nisbatan foiz hisobida bitim shartlariga muvofiq belgilangan va investor
tomonidan pul shaklida yoki qazib olingan mineral xom- ashyoning bir
qismi tarzida to‘lanadigan muntazam to‘lovlardir.
2. Talab tushunchasi. Talabning miqdoriy va qiymat bahosi. Talabni
aniqlovchi omillar. Talab egri chizig‘i konsepsiyasi. Narx va daromad
bo‘yicha talab elastikligi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talab va uni
aniqlash. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabning o‘zgarishi.
Talab Iste’molchilar ma’lum bir vaqt mobaynida turli mavjud narxlarni
hisobga olib, o‘z did va xohishlariga qarab sotib olishlari mumkin
bo‘lgan tovarlardir. Talab turli mumkin bo‘lgan narxlarda sotib olinishi
mumkin bo‘lgan tovarlarlarning miqdori hisoblanadi. Talabni tablitsada
osongina ifodalash mumkin. Grafada berilgan tablitsa don harid
qilayotgan oddiy haridorni ehtimoliy talabini akslantiradi. Tablitsa
muayyan haridorni donning turli hil narxlari va shu narxlarni har birida
haridor sotib olishi mumkin bo‘lgan miqdorini orasidagi munosabatni
aks ettiradi.
3. Bozor iqtisodiyoti va agrar bozor tushunchasi va uning asosiy
belgilari.
Bozor iqtisodiyoti, shu jumladan agrar bozorning amal qilish mexanizmi
ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda
madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron
iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan
izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal
qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining
ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing
umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti
ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab
chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash,
taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi.
Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining
asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlari
quyidagilarda o‘z aksini topadi:
ishlab chiqarishning mustaqilligi,
tadbirkorlikning erkinligi,
resurslarning erkin almashinuvi.
Bozor mexanizmi – o‘z tarkibiga resurslarni shakllantirish va
taqsimlash, tovarlar va xizmatlar sifatini baholash, mahsulot yoki
ko‘rsatilgan xizmatlarga baho shakllanishidagi iqtisodiy vositalar hamda
ularni samarali boshqarish usullarni oladi. Bular quyidagilardan tashkil
topgan:
– bozorda ishtirok etuvchi sub’ektlar (sotuvchilar, xaridorlar,
vositachilar)dan;
– ob’ektlar (tovar va resurslar bozorini turlari, yer, ishchi kuchi,
binolar)dan;
– sub’ektlar orasidagi manfaatli ob’ektiv iqtisodiy aloqalar, baholar
shakllanishi tizimi va boshqa vositalardan iborat bo‘ladi.
Bozorda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli iqtisodiy
aloqalar o‘z o‘rnida sotuvchi va iste’molchilarga aniq vazifalarni
yuklaydi, ya’ni o‘zlariga ma’qul kelgan shartnomaga asosan, sotuvchi
mahsulot yoki xizmatlarni sotish muddatlari hamda tovarni yetkazib
berish majburiyatlarini olsa, xaridor esa o‘z navbatida, tovarni oldindan
kelishilgan narxlarda sotib olish majburiyatini o‘z zimmasigi oladi.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga
asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati
yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy
nazariyalarida bozor iqtisodiyotiga bozor xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy
hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning
tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb
baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning
hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va
iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha
sub’ektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma
ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli
qog‘ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy
sub’ektlari uchta guruhga bo‘linadi:
uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol
qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab
chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni
sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun
sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal
qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun
o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu
kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish
uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlarni
etkazib beradi.
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni
tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari
va muassasalari sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor
iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar
ajratib ko‘rsatiladi
4. Agrar bozorni boshqarish va tartibga solish mexanizmlari.
Davlat agrar bozorda iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi
va ayni vaqtda bozor tizimi faoliyat qilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bozor
iqtisodiyotida davlatning roli uning vazifalarida ifodalanadi. Bular
quyidagilar:
•
bozor iqtisodiyoti me’yorida faoliyat qilish uchun huquqiy asosni
vujudga keltirish va takomillashtirish;
•
raqobatni himoya qilish;
•
daromad va boylikni oqilona qayta taqsimlash;
•
iqtisodiyotni tarkibiy yangilashni va muvozanatli iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirish;
•
bandlikni ta’minlash;
•
tashqi samarani tartibga solish.
Tashqi samara ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti
nafaqat ijobiy, balki salbiy naflilikka ega bo‘lgan ne’matlarni ham ishlab
chiqaradi. Ulardan foydalanish yoki iste’mol qilish atrof muhit
ifloslanishiga olib keladi yoki kishilar sog‘ligiga zarar etkazadi. Ijtimoiy
tavsifdagi ne’matlar ham borki, ular faqat davlat tomonidan ishlab
chiqarilib, butun jamiyat a’zolari yoki alohida kishilar guruhi bahramand
bo‘lishi taqazo qilinadi.
Har bir mamlakatning milliy manfaati bo‘lib, buni davlat ifodalaydi.
Davlat esa fuqarolik jamiyatining umummilliy siyosiy instituti bo‘lib,
uning asosiy vazifasi shu jamiyatni boshqarishdir. Jamiyatdagi turli
manfaatlarni uyg‘unlashtirib, ularni yagona milliy manfaatga
birlashtiruvchi kuch ham davlat hisoblanadi, chunki boshqa siyosiy
institutlar, chunonchi partiyalar, jamoat tashkilotlari va uyushmalari
faqat ularda birlashgan kishilar manfaatini ifoda etadiki, bu esa guruxiy,
ya’ni jamoaviy manfaatlardir.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo‘nalishda kechadi.
Birinchidan, iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etuvchi korxona va
tashkilotlar milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida tovar va
xizmatlar yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi.
Ikkiichidan, davlat umumiy manfaatlarni ifodalovchi kuch sifatida milliy
iqtisodiyotni tartiblashda ish¬tirok etadi.
Davlatning turli muassasalari iste’molchi sifatida bozordan resurslar va
iste’mol tovarlarni sotib olganda xaridor sifatida bozor aloqalarida
ishtirok etadi. Davlat korxonalari bozorga o‘z tovar va xizmatlarini taklif
etadi va bozordagi resurslarga talab bildiradi. Xar ikki holatda davlat
bozor iqtisodiyotning sub’ekti vazifasini o‘taydi. Biroq, davlat bozorga
nisbatan tashqi kuch sifatida ham maydonga chiqib butun iqtisodiyotni
tartiblashda ishtirok etadi va bunda butun jamiyat nomidan ish ko‘radi.
Davlat korxonalari va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarini
hamda tovarlar va resurslar bozorini tartibga soladi.
5. Davlatning agrar iqtisodiy siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan
holda ma’lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar:
1. Agrar tarmoqni barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash. Bu agrar
tarmoq yalpi ichki mahsulotning bir maromda va yetarli sur’atlar bilan
o‘sishiga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki u qanchalik tez o‘ssa,
mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik ortadi.
2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’min¬lash. Iqtisodiyot
qanchalik mustaqil bo‘lsa, shunchalik mil¬liy manfaatlarga ko‘proq
xizmat qiladi.
3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy oqimlar uzluksizligini,
ya’ni takror ishlab chiqarishning tuxtovsiz davom etishini, iqtisodiy
falajlikka yo‘l qo‘yilmasligini bildiradi.
4. Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’¬minlash. Bu
mamlakatdagi pul muomalasining me’yorida borishiga erishish, uni
iqtisodiy aloqalarning barqaror vositasiga aylantirish imkonini beradi.
5. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borish. Bu
iqtisodiyotning ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga
ko‘maklashadi.
6. Milliy agrar xo‘jalikning xalqaro integratsion jarayonlarda faol
ishtirok etishini ta’minlash. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotida o‘z
o‘rnini topishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning teng xuquqli
ishtirokchisiga aylanishiga erishishga sharoit yaratadi.
7. Agrar iqtisodiyotning istiqboldagi rivojlanishini ta’minlash, ya’ni
uning uzoq davrda barqaror o‘sib borishiga sharoit hozirlash. Bular
iqtisodiy siyosatiing strategik, ya’ni uzoq davrga muljallangan maqsadi
hisoblanadi. Biroq uning kisqa davrdagi maqsadlari ham mavjud bo‘ladi.
Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning
barqarorligini ta’minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport
salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishini ta’minlash, yangi tashqi
bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Qisqa davrli maqsadlar strategik
maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat kiladi.
Davlat iqtisodiy siyosati belgilagan maqsadlariga mos keluvchi vositalar
yordamida amalga oshiriladi. Birinchisi, tartibga solishning iqtisodiy
vositalar bo‘lib, ularga soliqlar, subsidiyalar, hisob stavkalari, davlat
buyurtmalari, investitsiyalari va transferlar, turli iqtisodiy sanksiyalar
kiradi. Ikkinchisi, huquqiy vo¬sitalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va
qoidalarini, uning davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab
beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti xujjatlarni ishlab
chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir.
Uchinchisi, siyosiy-ma’muriy vositalar. Davlat oliy siyosiy institut
hisoblanar ekan, uning qarorlari va buyrukdariga hamma itoat etishi
kerak bo‘ladi. Ma’muriy usul yordamchi usul hisoblanadi, u bozor
tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan holda qo‘llaniladi.
Davlat iqtisodiy siyosati doirasida turli maqsadli dasturlar ishlab
chiqiladi va amalga oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga
oshiriladigan chora-tadbirlar, ulardan qutiladigan natijalar va
moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi. Dasturlar mil¬liy ikdisodiyot
uchun ustuvor bo‘lgan muammolar, jumladan tangliqdan chiqish, oziq-
ovqat, energiya ta’minoti, texnologiyalarni yangilash, infratuzilmalarni
rivojlantirish, eksport saloxiyatini oshirish, qoloq xududlarni
rivojlantirish kabilarni qamrab oladi.
Davlatning bozor iqtisodiyotiga, shu jumladan agrar bozorga ta’siri
iqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi. Bular
pul-kredit, fiskal, investitsion, agrar, ijtimoiy, daromadlarni tartibga
solish, tashqi iqtisodiy va global iqtisodiy siyosatdan iborat.
Pul-kredit siyosati - bu davlatning monetar siyosati bo‘lib, u pul
muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni
ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul okimlarini boshqarib turishga qaratiladi.
Uning maqsadi narxlarni va shunga mos ravishda milliy pul birligi xarid
qobiliyatini ushlab turish, valyuta kursini barqarorlashtirish, oxir-
okibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishga
qaratilgan.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat
va narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu
bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish
kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni
tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib
kelishini ta’minlaydi.
Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha
vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun
ularni quyidagi maxsus chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |