1. Yer va suv resurslaridan foydalanishda yangi va tejamkor



Yüklə 149,28 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü149,28 Kb.
#136769
AGRAR BOZOR berilgan (1)



13-varyant 
Savollar 
1.Yer va suv resurslaridan foydalanishda yangi va tejamkor 
texnologiyalardan samarali foydalanish qanday amalga oshiriladi? 
2.Talabning qanday turlari mavjud? 
3.Аgrar bozorni shakllanishi nimaga bogʼliq? 
4.Аgrar sohada sotish tarmoqlari va funksiyalari deganda nimani 
tushunasiz? 
5.Аgrar bozorni samarali tashkil etishda sotish tizimining oʼrni qanday? 
1. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldida doimo 
muammolar mavjud bo‘lgan. Ayrim muammolarning paydo bo‘lishiga 
insoniyatning o‘zi sababchi bo‘lgan bo‘lsa, ularning ba’zilari tabiat va 
jamiyat o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida yuzaga kelgan. Aynan 
shunday muammolarning asosiylaridan biri yer kurrasidagi mavjud tabiiy 
resurslardan samarali va oqilona foydalanishdir. 
Tabiiy resurslarning cheklanganligi kishilik jamiyati rivojlanishining 
har bir davrida mavjud bo‘lgan bo‘lsada, hech bir davrda hozirgi 
paytdagichalik dolzarb bo‘lmagan va bu jarayon jamiyat taraqqiyotining 
rivojlanish tendensiyasiga muvofiq tarzda kuchayib bormoqda. 
Tabiiy resurslar kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha davrlarida 
ishlab chiqarish omillarining muhim ko‘rinishi sifatida u yoki bu shaklda 
iste’mol qilinib kelinadi. Tabiiy resurslar tabiat elementlari bo‘lib, 
jamiyat iste’moli uchun foydalaniladigan tabiiy muhitning muhim 
tarkibiy qismi va tabiiy shart-sharoitlarning yalpi yig‘indisini ifodalaydi. 
Tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanib, ular davlat 
tomonidan muhofaza qilinadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida qayd etilganidek: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik 
va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy 


boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir». 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublikamiz 
hududidagi barcha tabiiy, yer osti boyliklari davlatimiz tasarrufiga o‘tdi. 
O‘zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ijtimoiy ishlab 
chiqarishga jalb etilmagan mineral xom-ashyo resurslari to‘plangan. 
O‘zbekistonda 95 turdagi mineral xom-ashyoni o‘zida mujassam etgan 
2700 ta kon aniqlangan. Amalda Mendeleev davriy jadvalidagi barcha 
elementlar respublikamizda mavjud. Mamlakatning umumiy xom-ashyo 
salohiyoti 3,3 trillion AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Mavjud 
konlardan har yili 5,5 mlrd. AQSh dollariga teng foydali qazilmalar qazib 
olinmoqda. 
Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashga 
qaratilgan muhim vosita - bu davlat tomonidan tabiiy resurslardan 
foydalanish bilan bog‘liq turli xil to‘lovlardir. Jahon amaliyotida tabiiy 
resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar tizimini bonuslar, rentals, 
royalti va soliqlar tashkil etadi. 
Rentals - tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarning 
ikkinchi ko‘rinishi hisoblanib, davlat tomonidan tabiiy resurslardan 
foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish vaqtida undiriladigan to‘lov 
hisoblanadi. Rentals kelishuv davri davomida yoki qazib olish 
boshlanishidan avval undiriladi.
 
Royalti tabiiy resurslardan foydalanuvchining yalpi daromadidan 
foiz ko‘rinishida undirilib, davlat tomonidan tabiiy resurslarning egasi 
sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotning qat’iy ulushi o‘zlashtiriladi. 
Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, royalti – bu mineral xom-
ashyoni qazib olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga 
nisbatan foiz hisobida bitim shartlariga muvofiq belgilangan va investor 
tomonidan pul shaklida yoki qazib olingan mineral xom- ashyoning bir 
qismi tarzida to‘lanadigan muntazam to‘lovlardir.
 


2. Talab tushunchasi. Talabning miqdoriy va qiymat bahosi. Talabni 
aniqlovchi omillar. Talab egri chizig‘i konsepsiyasi. Narx va daromad 
bo‘yicha talab elastikligi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talab va uni 
aniqlash. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabning o‘zgarishi. 
Talab Iste’molchilar ma’lum bir vaqt mobaynida turli mavjud narxlarni 
hisobga olib, o‘z did va xohishlariga qarab sotib olishlari mumkin 
bo‘lgan tovarlardir. Talab turli mumkin bo‘lgan narxlarda sotib olinishi 
mumkin bo‘lgan tovarlarlarning miqdori hisoblanadi. Talabni tablitsada 
osongina ifodalash mumkin. Grafada berilgan tablitsa don harid 
qilayotgan oddiy haridorni ehtimoliy talabini akslantiradi. Tablitsa 
muayyan haridorni donning turli hil narxlari va shu narxlarni har birida 
haridor sotib olishi mumkin bo‘lgan miqdorini orasidagi munosabatni 
aks ettiradi. 
3. Bozor iqtisodiyoti va agrar bozor tushunchasi va uning asosiy 
belgilari. 
Bozor iqtisodiyoti, shu jumladan agrar bozorning amal qilish mexanizmi 
ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda 
madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron 
iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan 
izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal 
qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. 
Xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining 
ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing 
umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti 
ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab 
chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, 
taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. 
Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining 
asosini tashkil etadi. 


Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlari 
quyidagilarda o‘z aksini topadi: 
ishlab chiqarishning mustaqilligi,
tadbirkorlikning erkinligi,
resurslarning erkin almashinuvi.
Bozor mexanizmi – o‘z tarkibiga resurslarni shakllantirish va 
taqsimlash, tovarlar va xizmatlar sifatini baholash, mahsulot yoki 
ko‘rsatilgan xizmatlarga baho shakllanishidagi iqtisodiy vositalar hamda 
ularni samarali boshqarish usullarni oladi. Bular quyidagilardan tashkil 
topgan: 
– bozorda ishtirok etuvchi sub’ektlar (sotuvchilar, xaridorlar, 
vositachilar)dan; 
– ob’ektlar (tovar va resurslar bozorini turlari, yer, ishchi kuchi, 
binolar)dan; 
– sub’ektlar orasidagi manfaatli ob’ektiv iqtisodiy aloqalar, baholar 
shakllanishi tizimi va boshqa vositalardan iborat bo‘ladi. 
Bozorda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli iqtisodiy 
aloqalar o‘z o‘rnida sotuvchi va iste’molchilarga aniq vazifalarni 
yuklaydi, ya’ni o‘zlariga ma’qul kelgan shartnomaga asosan, sotuvchi 
mahsulot yoki xizmatlarni sotish muddatlari hamda tovarni yetkazib 
berish majburiyatlarini olsa, xaridor esa o‘z navbatida, tovarni oldindan 
kelishilgan narxlarda sotib olish majburiyatini o‘z zimmasigi oladi. 
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul 
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan 
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga 
asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati 
yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy 
nazariyalarida bozor iqtisodiyotiga bozor xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy 
hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning 
tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb 
baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning 
hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va 


iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha 
sub’ektlarini qamrab oladi. 
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma 
ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli 
qog‘ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy 
sub’ektlari uchta guruhga bo‘linadi:
uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. 
Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi 
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish 
va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol 
qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab 
chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni 
sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun 
sarflanadi. 
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal 
qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun 
o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu 
kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish 
uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlarni 
etkazib beradi. 
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni 
tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari 
va muassasalari sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor 
iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar 
ajratib ko‘rsatiladi 
4. Agrar bozorni boshqarish va tartibga solish mexanizmlari.


Davlat agrar bozorda iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi 
va ayni vaqtda bozor tizimi faoliyat qilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bozor 
iqtisodiyotida davlatning roli uning vazifalarida ifodalanadi. Bular 
quyidagilar: 
• 
bozor iqtisodiyoti me’yorida faoliyat qilish uchun huquqiy asosni 
vujudga keltirish va takomillashtirish; 
• 
raqobatni himoya qilish; 
• 
daromad va boylikni oqilona qayta taqsimlash; 
• 
iqtisodiyotni tarkibiy yangilashni va muvozanatli iqtisodiy o‘sishni 
rag‘batlantirish; 
• 
bandlikni ta’minlash; 
• 
tashqi samarani tartibga solish. 
Tashqi samara ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti 
nafaqat ijobiy, balki salbiy naflilikka ega bo‘lgan ne’matlarni ham ishlab 
chiqaradi. Ulardan foydalanish yoki iste’mol qilish atrof muhit 
ifloslanishiga olib keladi yoki kishilar sog‘ligiga zarar etkazadi. Ijtimoiy 
tavsifdagi ne’matlar ham borki, ular faqat davlat tomonidan ishlab 
chiqarilib, butun jamiyat a’zolari yoki alohida kishilar guruhi bahramand 
bo‘lishi taqazo qilinadi. 
Har bir mamlakatning milliy manfaati bo‘lib, buni davlat ifodalaydi. 
Davlat esa fuqarolik jamiyatining umummilliy siyosiy instituti bo‘lib, 
uning asosiy vazifasi shu jamiyatni boshqarishdir. Jamiyatdagi turli 
manfaatlarni uyg‘unlashtirib, ularni yagona milliy manfaatga 
birlashtiruvchi kuch ham davlat hisoblanadi, chunki boshqa siyosiy 
institutlar, chunonchi partiyalar, jamoat tashkilotlari va uyushmalari 
faqat ularda birlashgan kishilar manfaatini ifoda etadiki, bu esa guruxiy, 
ya’ni jamoaviy manfaatlardir. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo‘nalishda kechadi. 
Birinchidan, iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etuvchi korxona va 
tashkilotlar milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida tovar va 
xizmatlar yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi. 


Ikkiichidan, davlat umumiy manfaatlarni ifodalovchi kuch sifatida milliy 
iqtisodiyotni tartiblashda ish¬tirok etadi. 
Davlatning turli muassasalari iste’molchi sifatida bozordan resurslar va 
iste’mol tovarlarni sotib olganda xaridor sifatida bozor aloqalarida 
ishtirok etadi. Davlat korxonalari bozorga o‘z tovar va xizmatlarini taklif 
etadi va bozordagi resurslarga talab bildiradi. Xar ikki holatda davlat 
bozor iqtisodiyotning sub’ekti vazifasini o‘taydi. Biroq, davlat bozorga 
nisbatan tashqi kuch sifatida ham maydonga chiqib butun iqtisodiyotni 
tartiblashda ishtirok etadi va bunda butun jamiyat nomidan ish ko‘radi. 
Davlat korxonalari va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarini 
hamda tovarlar va resurslar bozorini tartibga soladi. 
5. Davlatning agrar iqtisodiy siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan 
holda ma’lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar: 
1. Agrar tarmoqni barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash. Bu agrar 
tarmoq yalpi ichki mahsulotning bir maromda va yetarli sur’atlar bilan 
o‘sishiga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki u qanchalik tez o‘ssa, 
mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik ortadi. 
2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’min¬lash. Iqtisodiyot 
qanchalik mustaqil bo‘lsa, shunchalik mil¬liy manfaatlarga ko‘proq 
xizmat qiladi. 
3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy oqimlar uzluksizligini, 
ya’ni takror ishlab chiqarishning tuxtovsiz davom etishini, iqtisodiy 
falajlikka yo‘l qo‘yilmasligini bildiradi. 
4. Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’¬minlash. Bu 
mamlakatdagi pul muomalasining me’yorida borishiga erishish, uni 
iqtisodiy aloqalarning barqaror vositasiga aylantirish imkonini beradi. 


5. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borish. Bu 
iqtisodiyotning ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga 
ko‘maklashadi. 
6. Milliy agrar xo‘jalikning xalqaro integratsion jarayonlarda faol 
ishtirok etishini ta’minlash. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotida o‘z 
o‘rnini topishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning teng xuquqli 
ishtirokchisiga aylanishiga erishishga sharoit yaratadi. 
7. Agrar iqtisodiyotning istiqboldagi rivojlanishini ta’minlash, ya’ni 
uning uzoq davrda barqaror o‘sib borishiga sharoit hozirlash. Bular 
iqtisodiy siyosatiing strategik, ya’ni uzoq davrga muljallangan maqsadi 
hisoblanadi. Biroq uning kisqa davrdagi maqsadlari ham mavjud bo‘ladi. 
Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning 
barqarorligini ta’minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport 
salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishini ta’minlash, yangi tashqi 
bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Qisqa davrli maqsadlar strategik 
maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat kiladi. 
Davlat iqtisodiy siyosati belgilagan maqsadlariga mos keluvchi vositalar 
yordamida amalga oshiriladi. Birinchisi, tartibga solishning iqtisodiy 
vositalar bo‘lib, ularga soliqlar, subsidiyalar, hisob stavkalari, davlat 
buyurtmalari, investitsiyalari va transferlar, turli iqtisodiy sanksiyalar 
kiradi. Ikkinchisi, huquqiy vo¬sitalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va 
qoidalarini, uning davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab 
beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti xujjatlarni ishlab 
chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir. 
Uchinchisi, siyosiy-ma’muriy vositalar. Davlat oliy siyosiy institut 
hisoblanar ekan, uning qarorlari va buyrukdariga hamma itoat etishi 
kerak bo‘ladi. Ma’muriy usul yordamchi usul hisoblanadi, u bozor 
tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan holda qo‘llaniladi.
Davlat iqtisodiy siyosati doirasida turli maqsadli dasturlar ishlab 
chiqiladi va amalga oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga 
oshiriladigan chora-tadbirlar, ulardan qutiladigan natijalar va 
moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi. Dasturlar mil¬liy ikdisodiyot 
uchun ustuvor bo‘lgan muammolar, jumladan tangliqdan chiqish, oziq-
ovqat, energiya ta’minoti, texnologiyalarni yangilash, infratuzilmalarni 


rivojlantirish, eksport saloxiyatini oshirish, qoloq xududlarni 
rivojlantirish kabilarni qamrab oladi.
Davlatning bozor iqtisodiyotiga, shu jumladan agrar bozorga ta’siri 
iqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi. Bular 
pul-kredit, fiskal, investitsion, agrar, ijtimoiy, daromadlarni tartibga 
solish, tashqi iqtisodiy va global iqtisodiy siyosatdan iborat. 
Pul-kredit siyosati - bu davlatning monetar siyosati bo‘lib, u pul 
muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni 
ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul okimlarini boshqarib turishga qaratiladi. 
Uning maqsadi narxlarni va shunga mos ravishda milliy pul birligi xarid 
qobiliyatini ushlab turish, valyuta kursini barqarorlashtirish, oxir-
okibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishga 
qaratilgan. 
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat 
va narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu 
bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish 
kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni 
tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib 
kelishini ta’minlaydi. 
Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha 
vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun 
ularni quyidagi maxsus chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin. 

Yüklə 149,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin