1. Yo`lovchi to`g`ri chiziq bo`ylab 64 m masofani o`tdi va to`xtab, ortga 12 m masofani yurdi. Yo`lovchining bosib o`tgan yo`li va ko`chishini toping (m) A) 76; 52 B) 52; 76 C) 20; 18 D) 20; 15 2



Yüklə 40,5 Kb.
tarix08.10.2023
ölçüsü40,5 Kb.
#129852
Test 10,11


1. Yo`lovchi to`g`ri chiziq bo`ylab 64 m masofani o`tdi va to`xtab, ortga 12 m masofani yurdi. Yo`lovchining bosib o`tgan yo`li va ko`chishini toping (m) A) 76; 52 B) 52; 76 C) 20; 18 D) 20; 15
2. Mexanikaning bosh masalasi jismning..... aniqlashdan iborat. A) hajmini B) tezligini C) ixtiyoriy vaqtdagi koordinatasini D) zichligini
3. Ikkita jism o`zaro qarama-qarshi yo`nalishda 10 m/s va 20 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Jismlarning o`zaro nisbiy tezligini toping (m/s) A) 10 B) 20 C) 30 D) 25
4. Mashina 20 m/s tezlik bilan harakatlanib 20 sekundda qancha masofani o`tadi.(km) A) 0,4 B) 400 C) 4 D) 1
5. Poyezd 30 sekund davomida 72 km/h tezlik bilan harakatlanib qancha masofani o`tadi (m) ? A) 60 B) 600 C) 2160 D) 1,5
6. 600 m/min tezlik necha m/s ga teng ? A) 0,001 B) 0,01 C) 1 D) 10
7. 20 km lik masofani 2 soatda bosib o`tgan yo`lovchi 3 soatda qancha yo`l yuradi(m) ? A) 30000 B) 30 C) 10 D) 3
8. Mashinaning bosib o`tadigan yo`li 3 marta ortib, harakat tezligi 2 marta ortsa, uning harakat vaqti qanday o`zgaradi? A) 1,5% ortadi B) 1,5% kamayadi C) 50% ortadi D) T.J.Y
9. Uzunligi 200 m va tezligi 10 m/s bo`lgan poyezddagi pasajir, poyezdning tuneldan 100 s da o`tganini aniqladi. Tunel uzunligini aniqlang (km). A) 0,8 B) 1,2 C) 0,9 D) 1
10. Oqim tezligi 3m/s bo`lgan daryoda qayiq suvga nisbatan 5m/s tezlikda harakatlanib kengligi 400 m bo`lgan daryoni qayiq qanday eng qisqa vaqtda bosib o`ta oladi (s) ? A) 80 B) 110 C) 120 D) 100
11. Ikkita jism bir nuqtadan bir vaqtda o`zaro tik yo`nalishda 6 m/s va 8 m/s tezliklar bilan harakat boshladi. Necha sekunddan keyin ular orasidagi masofa 1km ni tashkil etadi? A) 200 B) 150 C) 100 D) 10
12. Harbiy reaktiv samolyot 10 s da tezligini 450 km/h dan 900 km/h gacha oshirdi. Tezlanishini aniqlang ( ) A) 12,5 B) 13,5 C) 10 D) 15
13. Tinch turgan avtomobil 0,6 tezlanish bilan harakatlana boshlab, 6 m/s tezlikka erishguncha qancha vaqt sarflaydi? A) 12,5 B) 10 C) 13 D) 15
14. 72 km/h tezlikda ketayotgan avtomobil keskin to`rmozlanib 10 s da to`xtadi. Avtomobil tezlanishini toping( ) A) -7,2 B) 7,2 C) -2 D) 2
15. 3 tezlanish bilan harakatlanayotgan jism o`z tezligini 36 km/h dan 72 km/h gacha oshirdi. Jismning bosib o`tgan yo`lini toping(m) A) 70 B) 50 C) 40 D) 100
16. Tinch holatdan 2 tezlanish bilan harakat boshlagan jism 2 sekundda qancha masofani o`tadi (m) ? A) 2 B) 5 C) 3 D) 4
17. Jism tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat qilib , 5 s da 25 m masofani bosib o`tdi. Harakat boshlagandan qancha vaqt o`tgach 400 m masofani bosib o`tadi(s) A) 10 B) 5 C) 15 D) 20
18. Gorizantal sirtdagi yog`och bo`lagiga 5 m/s boshlang`ich tezlik berildi. Uning tezlanishi -1 bo`lsa, 5s da qancha masofani o`tadi (m) ? A) 0,125 B) 125 C)12,5 D) 1,25
19. Ikkita avtomobil qarama-qarshiyo`nalishda 54 km/h va 36 km/h tezliklar bilan harakat qilmoqda. Agar ular orasidagi boshlang`ich masofa 100 m bo`lsa, qancha vaqtdan keyin avtomobillar bir-biri bilan uchrashadi (s)? A) 2 B) 5 C) 3 D) 4
20. Muz ustidagi shaybaga 10 m/s tezlik berilganda, u -2 tezlanish bilan harkatlanadi. Shaybaning 6 sekundda bosib o`tgan yo`lini toping (m) A) 24 B) 2,5 C) 25 D) 0,25
21. Ikkita avtomobil bir joydan bir vaqtda va bir yo`nalishda harakat boshladi. Birinchi avtomobil 72 km/h tezlik bilan tekis, ikkinchisi esa 2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan. Ikkinchi avtomobil qancha vaqt o`tgach birinchisini quvib yetadi (s)? A) 20 B)10 C) 15 D) 20
22. 10 m/s boshlang`ich tezlik bilan tik pastga tashlangan jismning tezligi qancha vaqtdan so`ng 4 marta ortadi(s)? A) 1 B) 4 C) 3 D) 2
23. 80 m balandlikdan erkin tushayotgan jism yerdan qanday balandlikda 30 m/s tezlikka erishadi (m)? A) 35 B) 45 C) 30 D) 50
24. Erkin tashlangan jism oxirgi 90 m ni 2 sekundda o`tdi. Tushish balandligini toping (m) A) 162 B)155 C) 151,25 D) 180
25. 50 m/s tezlik bilan tepaga otilgan jism qancha vaqtdan so`ng 10 m/s tezlikka erishadi (s)? A) 7; 9 B) 4; 8 C) 2; 4 D) 2; 8
26. 40 m/s tezlik bilan tepaga otilgan jismning tezligi qanday balandlikda 4 marta kamayadi (m) ? A) 75 B) 70 C) 80 D) 65
27. Avtomobil vaqtning birinchi yarmida 54 km/h, qolgan yarmida esa 72 km/h tezlikda harakatlandi. Butun harakat davomidagi o`rtacha tezlikni toping (m/s) A) 17,5 B) 17 C) 18 D) 18,5
28. Jism tik yuqoriga 40 m/s tezlik bilan otildi. Jismning 7 s dagi o`tgan yo`li va ko`chishini toping (m) A) 130; 120 B) 150; 125 C) 125; 35 D) 100; 110
29. Poezd yo`lning uchdan ikki qismini 10 m/s tezlikda, qolgan qismini esa 20 m/s tezlikda o`tdi. O`rtacha tezlikni toping (m/s). A)12 B) 10 C) 14 D) 16
30. Otliq birinchi 40 min da 5 km yo`l bosdi. Keyingi 1soatda 10 km/h tezlik bilan yurdi. Otliqning butun yo`l davomidagi o`rtacha tezligini toping (m/s). A) 2 B) 3,5 C) 4 D) 2,5
Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin