20. Qaysi asar yurtimizdagi Baqtriya, Xorazm, So’g’d aholisi madaniyati haqida hisoblanadi? A)”Avesto” asari B)Behistun qoyatosh rasmlari S)”Tarixiy yilnomalar” D)”Geografiya” 21. Odamlar qaysi davrda urug’ jamoasiga o’tadilar? A)neolitda B)so’nggi paleolitda C)temir davrida D)ilk paleolitda 22. Qaysi davlatda qadimda dalalarga qullar va erkin yollanma ishchilar ishlov berganlar, shaharlar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi kichik-kichik yer ulushlariga ega bo’lganlar va o’z oilasini boqish uchun kambag’allar podsho va ibodatxona mulklarida ishlaganlar? A)Misrda B)Spartada C)Mesopotamiyada D)Hindistonda 23. Qaysi yunon hukmdori Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi joriy etadi? A)Solon B)Perikl C)Drakont D)Miltiad 24. Yunon-fors urushlaridagi eng yirik jang bo’lganidan qancha oldin Rim shahriga asos solinadi? A)374 yil B)274 yil C)314 yil D)276 yil
6-sinf Tarix Aralash Ichki Ishlar Akademiyasi
25. Qaysi xalqlarning janglarda otliq qo’shinlardan foydalanishi janglarda kuchli ahamiyat kasb etgan? A)Finikiyaliklar B)Xettlar C)Urartlar D)Mittanilikar 26. Qadimgi Xorazmda qaysi sohalarda yuksak natijalarga erishishgan? A)hunarmandchilik, savdo-sotiq, chorvachilik B)dehqonchilik, savdo-sotiq, hunarmndchilik C)savdo-sotiq, hunarmandchilik, binokorlik D)chorvachilik, savdo-sotiq, binokorlik 27. Kushon davlatida yashagan xalqlarning o’zaro madaniy va savdo-otiq munosabatlari tufayli O’rta Osiyoda qaysi yozuv keng tarqaladi? A)oromiy yozuvi B)kushon shaklli yozuvi C)yunon alifbosidagi kushon yozuvlari D)finikiya alifbosi