10-amaliy mashg’ulot: Mavzu



Yüklə 18,09 Kb.
tarix19.12.2022
ölçüsü18,09 Kb.
#121449
portal.guldu.uz-10-amaliy mashg`ulot


10-amaliy mashg’ulot:


Mavzu:Gap ustida ishlash darslari ishlanmasini tuzish
Maqsad:Talabalarga gap haqida umumiy tushuncha berish, boshlang’ich sinflarda gap ustida ishlash uslubiyati bilan tanishtirish, tuzilgan dars ishlanmalarini tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish.
Amaliy mashg’ulotni olib borish texnologiyasi
Kerakli jihozlar: jadval, darslik.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Nazariy ma’lumotlarni tahlil qilish.

  2. 1-3-sinf ona tili darsligida “Gap” mavzusini tahlil qiling.

3. Gap ustida ishlash darslari ishlanmasini tuzishni o`rganish

,,Gap" mavzusi barcha sinflarda o'rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O'quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi — gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklari, gapda so'zlarning bog'lanishi, gapning uyushiq bo'laklarini o'rganishga o'tadilar.
Gap ustida ishlashning boshlang'ich bosqichi savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan ciytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so'zlardan gap tuzib bo'lmaydi. Agar o'quvchilar gapning bosh bo'laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gap­ning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham savod o'rgatish davrida gapning bosh bo'laklari ustida kuzatish o'tkazgan ma'qul.
Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq ifodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi. Gapni o'rganish me'yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so'z birikmasi haqidagi tasavur aniqlanadi.
Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa ham, butun o'quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi.


Topshiriq: 1
1.1-sinf ona tili tasturida “Gap” mavzusi necha soat dars ajratilgan?
2. 1-sinf ona tili darsligidan mashq materiallini tahlil qiling.
3. 2-sinf ona tili tasturida “Gap” mavzusi necha soat dars ajratilgan?
4. 2-sinf ona tili darsligidan mashq materiallini tahlil qiling.
5.3-sinf ona tili tasturida “Gap” mavzusi necha soat dars ajratilgan?
6. 3-sinf ona tili darsligidan mashq materiallini tahlil qiling.
Topshiriq:2
Nazorat savollari:
1.Boshlang’ich sinflarda ,,Gap" mavzusi qanday o’rganiladi?
2. Gap ustida ishlashning boshlang'ich bosqichi qaysi davriga to'g'ri keladi?
3. Boshlang’ich sinflarda necha xil gap turlar io’rganiladi?
4.4-sinfda qanday gap turlari o’rganiladi?

Talabalar yozgan dars ishlanmasi tekshiriladai, tegishli xulosalar beriladi va talabalar baholanadi.


Adabiyotlar ro’yhati:
1. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o`qitish metodikasi. T., Nosir, 2009.
2.”Alifbe” R.Safarova va boshqalar “O’qituvchi” T-2020
3.”O’qish kitobi”. 1-sinf T.G’affarova va boshqalar “Sharf” T-2019
4. ” O’qish kitobi”. 2-sinf T.G’affarova va boshqalar “Sharf” T-2018
5” O’qish kitobi”. 3-sinf M.Umarova va boshqalar “O’qituvchi” T-2019
6” O’qish kitobi”. 4-sinf S.Matchonov va boshqalar “Yangiyol poligraf servis” T-2020
7."Оna tili darsliklari"1- 4-sinf. Т.: «O’qituvchi» 2018-2020.
Yüklə 18,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin