10-Mavzu: Asliyatga qaytish. Umr – ulug’ sinov, imkoniyat. (4 soat) Reja



Yüklə 61,53 Kb.
səhifə8/8
tarix09.05.2022
ölçüsü61,53 Kb.
#115662
1   2   3   4   5   6   7   8
10-mavzu

Ibn Sino

Nafosat va go‘zallik dunyosi shu qadar xilma-xil, rango-rang, ehtirosli va sehrliki, unda moddiy va ma’naviy joziba uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Insonning nafosat olamini anglashga intilishi atrof-voqelikni anglashga intilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Nafosat olamini yaratish bilan bir qatorda uni anglash, idrok etish, o‘zlashtirishmaqsadi, ya’ni nafosat olamini tadqiq va tahlil etish zaruriati paydo bo‘ladi.

Sharqda etika (axloqshunoslik) «Ilmi adab», estetika (nafosat-shunoslik) esa «Ilmi badi’a», «Ilmi husniya» deb yuritilgan.

Tilimizda «go‘zal», «chiroyli» degan so‘zlar bor. Chiroyli narsa ko‘z bilan ko‘riladi. Go‘zallikni esa ham ko‘z bilan ko‘riladi, ham dil bilan his qilinadi, ong bilan idrok etiladi.

Donishmandlar tashqi va ichki go‘zallik mutanosibligiga alohida ahamiyat berganlar. Ya’ni, kishining tashqi qiyofasi bilan birga uning botiniy olami - xulqi, fe’1-atvori, mehnatsevarligi, ezgulikka intilishi va boshqa jihatlari go‘zallik xislatlari bilan muvofiq, uyg‘un bo‘lsagina ular mukammal go‘zallik sifatini oladi.

Insonning hayotini ma’noli qiladigan naisalar tabiatdagi go‘zallik, bilim va san’atdir. Ba’zan ariq bo‘yida o‘sib yotgan sada-rayhondan bahra olish ham hayotimizga qandaydir bir ma’no bag‘ishlaganday bo‘ladi, ro‘yi zamindagi tiriklik, umrboqiylik haqida fikrlar silsilasini uyg‘otadi.



Sharqda hayotga munosabat axloqiylik va komillik falsafasi asosigaqurilgan. Bu falsafaga ko‘ra inson baxt-u saodat va ezgulik sari intilishi, shu tamoyillarzaminida hayol kechirishi lozim, chunki unda boshqa jonzotlarda bo‘lmagan yuksak insoniy imkoniyat, xislat-borliqni anglash, tushunish qobiliyati mavjud.
Yüklə 61,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin