2. Elektr mashinalari ishlash prinsipi asosida yotuvchi tabiat qonunlari, qoidalari va hodisalari
«Elektr mashinalari» fanini o‘rganish «Elektrotexnika nazariy asoslari» fanida keltirilgan elektr va magnit hodisalarining fizik talqinlarini bilishga asoslangan. Shunga qaramay, «Elektr mashinalari» fanini o‘rganishga kirishdan avval, elektr mashinalari ishlash prinsipi asoslangan ba’zi qonun va qoidalarni, birinchi galda, elektromagnit induksiyasi qonunini fizik talqinini yodga olamiz.
Elektromagnit induksiyasi qonuni. Elektr mashinasi generator rejimida ishlash jarayonida mexanik energiyaning elektr energiyaga aylanadi. Bu jarayon elektromagnit induksiyasi qonuni asosida tushuntiriladi: agar magnit maydonida joylashgan o‘tkazgichga F kuch ta’sir etib (K.1-rasm,a), uni, masalan, chapdan o‘ngga magnit maydon induksiya vektori V ga perpendikulyar xarakatlantirilsa, u holda o‘tkazgichda EYUK induktivlanadi
, (K.1)
bunda, V – magnit maydon induksiyasi, Tl; l – o‘tkazgichning aktiv uzunligi, ya’ni magnit maydonda joylashgan uzunligi, m; v – o‘tkazgich xarakatining tezligi, m/s.
«O‘ng qo‘l» va «chap qo‘l» qoidalari. Yuqoridagi o‘tkazgichda induktivlangan EYUKning yo‘nalishini aniqlash uchun «o‘ng qo‘l» qoidasidan foydalanamiz (K.2-rasm,a). Bu qoidaga ko‘ra o‘tkazgich EYUKning yo‘nalishi biz tomondan ekaligini aniqlaymiz. Agar o‘tkazgich klemmalari tashqi rezistor R (iste’molchi)ga ulanib, berk kontur hosil qilsa, u holda EYUK ta’sirida o‘tkazgichda shu yo‘nalishda tok oqa boshlaydi. Shunday qilib, magnit maydonidagi o‘tkazgichni elementar generator deb qarash mumkin ekan.
Tok I ning magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasida o‘tkazgichga ta’sir etayotgan elektromagnit kuch hosil bo‘ladi
FEM = Blv . (K.2)
Bu FEM kuchning yo‘nalishini «chap qo‘l» qoidasi (K.2-rasm,b) yordamida aniqlash mumkin. Ko‘rilayotgan holatda bu kuch chapdan o‘ngga yo‘nalgandir, ya’ni o‘tkazgich xarakati fo‘nalishiga qarama-qarshidir. Shunday qilib, ko‘rilayotgan elementar generatorda FEM kuch xarakatlantiruvchi F kuchga nisbatan tormozlovchi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |