10-Mavzu: Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi



Yüklə 82,15 Kb.
səhifə1/17
tarix14.12.2023
ölçüsü82,15 Kb.
#140763
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
10-Mavzu Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi-fayllar.org


10-Mavzu: Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi

10-Mavzu: Elektron pedagogika asoslari
Mavzu rejasi:


  1. Elektron pedagogika – pedagogikaning zamonaviy tarmog‘i sifatida. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va ularni ta’lim jarayonida qo‘llashning didaktik imkoniyatlari. Axborot tizimlari, shaxsning ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari.


  2. Dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizimlar, foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish metodlari. Pedagogik-dasturiy vositalar yaratish prinsiplari.


  3. Ta’lim portallari. Masofaviy ta’lim. Elektron darslik. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib multimediali o‘quv kurslarini yaratish. Mediakompetentlik, pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini yaratish.


Tayanch tushunchalar: elektron pedagogika, AKT, kommunikatsiya texnologiyalari,dasturlar majmuasi, estetik talab, ergonomik talab, pedagogik dasturiy vositalar, masofaviy o`qitish, axborot texnologiyalari
10.1. Elektron pedagogika pedagogikaning zamonaviy tarmog‘i sifatida.
Elektron pedagogika pedagogikaning zamonaviy tarmog‘i sifatida pedagogik faoliyatida kerakli interaktiv o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, elektron dasturiy vositalarni yaratish qoidalari va texnologiyalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishini va o‘ziga kerakli fanlar bo‘yicha elektron interaktiv darsliklar mustaqil yaratish uchun amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Elektron pedagogikaning asosiy maqsadi shundan iboratki, zamonaviy AKT muhitda o’qitish-ta’lim jarayonini samarali tashkil etish. Elektron pedagogikaning predmeti pedagogik tizim hisoblanadi. Pedagogik tizim qo’yidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi, o’quvchi, ta’limning maqsad va vazifalari, o’qitish mazmuni, o’qitish shakl, usul va vositalari. Zamonaviy AKT ushbu barcha komponentlariga o’zini hissasini qo’shib kelmoqda.
Yillar davomida ta’lim berishning bir qancha usullari, texnologiyasi va dasturiy-texnik vositalari vujudga kelganki, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ba’zi bir ta’lim berish uslublari yosh bolalarning bilim olish jarayonini o‘rganish asosida tashkil etilgan bo‘lsa, boshqalari dars berish jarayonida ro’y beradigan muammolarni hisobga olgan holda tashkil etilgan. O‘qitish uslubiyatining yana boshqa birlari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, Suqrot uslubida, muloqot usulida yoki korporativ usulda tashkil qilingan. Undan so‘ng o‘qitishni maxsus ta’lim berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki fandan bilim olishlari mahsus usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi. Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant ro’lida bo‘lib, barcha ta’lim berish vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqalarida esa talabalarga to‘la erkinlik berilib, ularni demokratik tamoillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va o‘qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim jarayoni amalga oshirilar edi. Ammo hozirgi paytdagi ta’lim berish jarayoni asosan sinfda yoki mahsus jihozlangan xonalarda talabalar va o‘qituvchining o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, hozirgi davrdagi ta’lim berish jarayonini quyidagi asosiy jihatlar bilan ifodalash mumkin:
 O‘qituvchining faoliyati nafaqat ilmiy-amaliy asosda, balki ijodiy-artistik asosda ham amalga oshirilishi lozim;
 O‘qituvchining dars berish jarayonidagi ro’li ancha murakkab bo‘lib, uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. Oldingi davrlarda o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va amaliy bilimlar berish ham talab qilinadi;
 O‘qituvchilarga bo‘lgan talab ham sezilarli darajada oshdi va endi ular nafaqat ilmiy, balki ma’rifiy va amaliy bilimlarni ham puxta egallashlari zarur bo‘layapti;
 Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, informatsion texnologiya vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olish hamda kerakli bo‘lgan dasturiy-texnik vositalarni o‘zlashtirishni talab qilayapti;
 O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan barcha muammolar va ularni bartaraf tish hamda ta’lim sifatini oshirishning eng asosiy yo‘llaridan biri zamonaviy elektron pedagodikadan foydalanish zaruriyatini ifodalaydi.



Yüklə 82,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin