multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada o‘quv materialining multimedia, giperment, ovoz, elektron doska shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi, o‘quvchilarga berilayotgan o‘quv materialini chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish, dars mavzusi bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi;
multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada berilayotgan ma’lumotlarning harakati, rang, tovush va jonli tasvirlar bilan uyg‘unligi mavzuni o‘rganishda monotonlik (bir xillik) ga chek qo‘yadi;
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida interfaol tizim vujudga kelib, bevosita aloqa o‘rnatilishi natijasida o‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarning faolligiga qarab ularni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi;
multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada o‘qish darajasi va sur’atini o‘rganuvchining o‘zi tanlash imkoniyati o‘qitishni individuallashtirish imkonini beradi;
multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan test topshiriqlari va o‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar o‘quvchini o‘z – o‘zini tez va samarali baholashga va zaruriyatga qarab, tuzatishlar kiritishga imkon beradi;
olingan bilimlar o‘quvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi