10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Reja


AVSTRALIYADA korrupsiyaga qarshi maxsus kurslar kurashadi



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə2/6
tarix01.04.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#124671
1   2   3   4   5   6
10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Re

AVSTRALIYADA korrupsiyaga qarshi maxsus kurslar kurashadi
Avstraliyada federal tuzilma yoki korrupsiyaga qarshi kurash organlarining markazlashtirilgan tizimi yo‘q. Hukumat tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish Avstraliya milliy jamoat tashkilotlari, parlament va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Har qanday fuqaro bunday komissiyaga shikoyat qilish yoki davlat mansabdor shaxsi tomonidan sodir etilgan korrupsiya harakati haqida xabar berish huquqiga ega.
Bu erda korrupsiyaga qarshi asosiy ta’lim dasturi Avstraliya Milliy universiteti (Kanberra) davlat siyosati fakultetida bo‘lib o‘tadigan “korrupsiya va unga qarshi kurash usullari” mavzuidagi maxsus kursdir. Trening davomida tinglovchilar korrupsiya hodisasiga turli yondashuvlar va uning namoyon bo‘lishiga qarshi kurash usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va maktablarning yuqori sinf o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar ham mavjud. Ushbu ta’lim dasturi global ta’lim markazi tomonidan taklif etilgan.
AVSTRIYADA o‘qituvchi sifatida adliya va ichki ishlar vazirlari taklif etiladi
Avstriyada ham korrupsiyaga qarshi kurash sohasida uch haftalik malaka oshirish kursi mavjud. O‘qituvchilar sifatida, qoida tariqasida, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, olimlar, psixologlar, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi mutaxassislar taklif etiladi.
Avstriya federal korrupsiyaga qarshi kurash byurosi xodimlari 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “korrupsiyaga qarshi trening” loyihasini ishlab chiqdilar. Boshlang‘ich loyiha shakli talabalar va ekspert-psixologlar, sotsiologlar, advokatlar, kriminologlar va o‘qituvchilarning fikrlari bilan to‘ldirildi. Loyiha talabalarni korrupsiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy jinoyatlar tushunchalari va korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari bilan tanishtirish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, talabalarga korrupsiya bilan to‘qnashuvda va fuqaroning ushbu hodisaga qarshi kurashishdagi roli to‘g‘risida xatti-harakatlar namoyish etiladi.
Treningning boshqa qismida maktab o‘quvchilariga o‘yinlar taklif etiladi: har bir o‘yin o‘quvchi tomonidan kartani tanlash asosida amalga oshiriladi, unga roli tushuntiriladi. Asosiy mavzulardan biri sifatida maktabdagi sovg‘alar mavzusiga to‘xtalib o‘tiladi. Trening so‘nggida talabalar treningning nazariy qismida o‘rganilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan so‘rovnomalarni oladilar. Ishtirokchilar korrupsiyani aniqlab olish­lari, uning sabablari va oqibatlarini, shu jumladan, huquqiy masalalarni tushuntirishlari va korrupsiyaga qarshi kurash byurosining faoliyati haqida gapirishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu treningning maqsadi yuqori sinf­dagi maktab o‘quvchilarining fuqarolik javobgarligini oshirish, inson huquqlari va jamoat burchlarini tushuntirishdan iborat. O‘tkazilgan trening yosh tomoshabinlar, ya’ni 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kengaytirilishi rejalashtirilgan.
AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARIDA davlat hokimiyati organlarini korrupsiyaning zararli ta’siridan saqlash zaruriyati AQSH hukumatini korrupsiyaga qarshi kurashni XIX asrdayoq davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashga majbur qilgan.
Pekinda bu yo‘nalishdagi ishlar faqat XX asrning o‘rtalariga kelib faol tus oldi. 1962 yil AQSH Kongressi saylab qo‘yiladigan mansabdor shaxslar, xususan Kongress palatalari a’zolarining xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqish masalasini muhokama qildi. 1965 yilda AQSH Prezidenti L.Jonson farmoyishiga binoan davlat hokimiyati organlariga davlat xizmatchilari o‘z vazifalarini qonunga muvofiq halol va sidqidildan bajarishi uchun ularning xulq-atvorini belgilaydigan axloq qoidalarini, xulq-atvor standartlarini o‘rnatish haqida topshiriq berildi. AQSH Prezidentining mazkur farmoyishi oliy martabali hukumat amaldorlariga o‘z “moliyaviy manfaatlari”ning holati haqida tegishli hukumat organiga vaqti-vaqti bilan ma’lumot berib turish majburiyatini yuklar edi. Ushbu farmoyish asosida Fukaro xizmati bo‘yicha komissiya moliyaviy deklaratsiya taqdim etishga majbur mansabdor shaxslar ro‘yhatini belgiladi. Bu deklaratsiyalarning mazmuni, toki bunga etarli asoslar mavjud ekan, oshkor etilishi mumkin emas edi.
Natijada AQSH Kongressi 1978 yilda “Hukumatdagi axloq to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Bu Qonunning vazifasi “davlat amaldorlari va muassasalari halolligini saqlash va bunga imkoniyat yaratish”dan iborat edi. AQSH Prezidenta J.Karter bu qonun hukumat amaldorlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatibgina qolmasdan, ularni halol bo‘lishga ham majbur etishiga, natijada jamiyatga davlat xizmatiga muayyan nomzod, shuningdek, u yoki bu davlat xizmatchisi halolmi-yo‘qligini baxolash imkoniyati berilishiga umid bildirdi.
AQSH qonunchiligi davlat xizmatchisining qo‘shimcha (asosiy vazifa uchun ish haqidan tashqari) daromad olish huquqini xam ancha cheklagan. Bunday daromad miqdori asosiy ish haqining 15% dan oshmasligi lozim. Bu cheklash Senat a’zolaridan tashqari, hokimiyat uchala tarmog‘ining barcha xizmatchilariga nisbatan tatbiq etiladi.
AQSH federal qonunchiligida davlat hokimiyati organlarini tark etgan sobiq davlat xizmatchilarining ish faoliyatini cheklaydigan normalar ham nazarda tutilgan. Masalan, davlat xizmatchisi xizmatni o‘tash davrida muayyan muammolarni hal qilishda hukumat mansabdor shaxsi sifatida shaxsan va katta vakolatlar bilan ishtirok etgan bo‘lsa, u iste’foga chiqqanidan keyin ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shunga o‘xshash muammolarni hal qilishda birovning manfaatlarini rasman va har qanday shaklda ifoda etishga haqli emas.
Sobiq davlat xizmatchisi iste’foga chiqqanidan keyin ikki yil mobaynida mazkur davlat xizmatchisi ijro etuvchi hokimiyat organida xizmat qilish davrining oxirgi bir yili davomida uning rasmiy vakolatlari qatoriga kirgan muayyan muammolarni ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hal qilishda vakillik faoliyatini amalga oshirishi mumkin emas.
Yuqori martabali davlat xizmatchisi iste’foga chiqqanidan keyin bir yil davomida o‘zi xizmat qilgan idora qarshisida har qanday masala yuzasidan birovning manfaatlarini ifoda etishi mumkin emas. Ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qonun davlat xizmatchilariga muayyan rasmiy qarorlar qabul qilinishi yoki choralar ko‘rilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslardan “biron-bir qimmatga ega bulgan narsalar” qabul qilishni ta’qiqlaydi. Biroq qonun axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan idoralarga “bu qoidalardan oqilona istisnolar qilish”ga ruxsat beradi.
Chet davlatlardan sovg‘alar olish Konstitutsiyaga muvofiq qat’iyan man etilgan bo‘lsa-da, amaldagi huquqiy normalarda bu qoidani istisno etadigan holatlar nazarda tutilgan. CHet davlatlarning vakillaridan sovg‘a va mukofotlar olish shartlarini tartibga soluvchi qoidalar belgilangan. Davlat xizmatchisi chet davlat vakilidan sovg‘a qabul qilishga haqlidir, basharti bu sovg‘a suvenir tariqasida yoki extirom yuzasidan taklif qilingan va “minimal qiymat”dan ortiq bo‘lmasa. Davlat xizmatchisi sovg‘a qabul qilishga haqli, basharti, mazkur sovg‘a AQSHning fan va tibbiyot sohasidagi aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashsa, sovg‘ani qabul qilishdan bosh tortish uni tortiq qilgan shaxsni xafa qilish, bu AQSHning xalqaro munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa.
AQSHda 1976 yildayoq «Quyosh nuridagi hukumat to‘g‘risida» (“Government in the Sunshine Act”) nomlangan Qonuni qabul qilingan.
Qonun davlat organlarida yanada shaffoflikni ta’minlash maqsadini e’lon qilib, federal hukumat, Kongress, federal komissiyalar va boshqa qonun bilan tuzilgan federal organlar (agentliklar)ga jamoatchilik ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ochiq majlislarni o‘tkazish majburiyatini mustahkamlagan.
Barcha shaxslarning mazkur huquqdan foydalanishi uchun Qonunda u yoki bu organlarning o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan yig‘ilish haqida oldindan xabardor qilishi zarurligi belgilangan. Ushbu maqsadda mazkur Qonunga asosan davlat organlari belgilangan yig‘ilishdan bir hafta oldin yig‘ilish sanasi, vaqti va joyi, muhokama mavzusi, shuningdek kun tartibining tafsilotlari va boshqa masalalarni aniqlash uchun mas’ul mansabdor shaxsning nomi va aloqa ma’lumotlarini Federal Reestrda e’lon qilishi shartligi belgilangan. Davlat boshqaruvi organlarining yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqi bugungi kunda aksariyat davlatlar qonunlarida ham e’tirof etilgan.
Qo‘shma SHtatlarda korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilgan:poraxo‘rlik olingan poraning uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Qonunchilikka ko‘ra, banklar rahbarlarining ularning faoliyatini tekshiruvchi nazoratchilarga pul «sovg‘a» qilishlari taqiqlangan bo‘lib, buning uchun ularni jinoiy javobgarlik kutadi. Xuddi shunday javobgarlik tekshiruvchilar uchun ham taalluqli. Mansabdor biror shaxsdan muammosini ijobiy hal qilib berish uchun sovg‘a olsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Davlat idoralari xodimlari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlari sezilganida tegishli organlarga xabar berishlari shart. Bundan tashqari, davlat xizmatchilari topgan daromadlari haqida deklaratsiya to‘ldirishga majbur.
Amerikaning boshlang‘ich va o‘rta maktablarida ijtimoiy etika bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
AQSH rasmiy axloqiy idorasi o‘z veb-saytida ijro etuvchi organlarda xodimlar uchun zarur axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish haqida ma’lumot beradi. Deyarli barcha AQSH federal organlarida muntazam ravishda (odatda yiliga bir marta) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi.
Ko‘pgina idoralarda suiiste’mollikni aniqlash uchun ichki nazorat xizmati (Internal Revenue Service) kabi maxsus bo‘linmalar tashkil etilgan bo‘lib, doimiy ravishda rasmiy muvofiqlik masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishlaydi, ularga yordam yoki maslahat uchun murojaat qilinadi. Agar rasmiy shaxs noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa-da, buning uchun ichki nazorat xizmati xodimi tomonidan oldindan ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, u jazolanmaydi. Ushbu qoida bexosdan xatoga yo‘l qo‘yadigan halol xodimlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIda korrupsiyaga qarshi kurash qonunlari o‘zgacha jazoni nazarda tutadi. Bu erda korrupsiyachilarning shunchaki qo‘li chopib tashlanadi.

Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin