10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Reja



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə5/6
tarix01.04.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#124671
1   2   3   4   5   6
10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Re

QIRG‘IZISTON Hukumat korrupsiyaning jamiyat va demokratik institutlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini tan olmoqda. Korrupsiyaning o‘sishiga huquqni muhofaza qilish organlarining samaradorligining pastligi, sud tizimi va ijro etuvchi organlarning kuchsizligi zamin yaratmoqda. Qirg‘izistonda korrupsiya huquqiy ong pastligi va jamiyat ongining yuqori darajada korrupsiyalanganligida o‘zini ko‘rsatmoqda va jamiyatda bu illatni keltirib chiqaradigan omillarga qarshi kurash olib borilmayapti. SHu bilan bir qatorda hukumatning korrupsiyani engib o‘tishga bo‘lgan urinishlarini ham aytib o‘tish lozim. Bu yo‘lda 2003 yil mart oyida Xavfsizlik Kengashi majlisida “Qirg‘iziston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi savol ko‘rib chiqilgan.
2004 yil oktyabr oyida Qirg‘iziston davlat rahbari Xavfzislik Kengashi majlisida so‘nggi so‘z o‘rnida “Qirg‘iziston Respublikasi antikorrupsion siyosatini amalga oshirilishi jarayoni to‘g‘risida” chiqish qilib, qo‘lga kiritilgan natijalar va shu bilan birga korrupsiyaning kichik ko‘rinishlari haqida aytib o‘tgan. Prezident chiqishida ta’kidlanganidek korrupsiyaning eng havfli ko‘rinishi bu huquqni muhofaza qilish, fiskal va sud organlaridagilardir.
Davlatda 2003 yil 6 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.
QOZOG‘ISTON Davlat hokimiyati korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘z siyosiy irodasini ko‘rsatdi. Qozog‘iston 2003 yildan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istambul Rejasi a’zosi hisoblanadi. 2005 yil oktyabr oyida Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurash uchun qonuniy-huquqiy va institutsional ba’zasining milliy tahlilini taqdim etdi. SHu bilan bir vaqtning o‘zida davlat jamoat tashkilotlari tomonidan alternativ dokladi (144 varaq) tayyorlanganligi uchinchi sektorning aktiv rolidan dalolatdir. Bu Qozog‘iston uchun alohida farqli hususiyatlardan biridir.
1998 yil 2 iyulda Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin